«tashqi savdo aylanmasi» tegli maqolalar


O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi pandemiyadan oldingi darajadan oshdi
23 dekabr 2021, 15:15

O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi pandemiyadan oldingi darajadan oshdi

11 oy yakunlariga ko‘ra, tashqi savdo aylanmasi pandemiyagacha bo‘lgan darajadan oshib, qariyb 38 mlrd dollarni tashkil etdi. Eksportning yarmidan ko‘pi oltin, rangli metallar va to‘qimachilik mahsulotlariga to‘g‘ri keladi. Rossiya bir necha yildan beri ilk marta Xitoyni O‘zbekistonning import bo‘yicha hamkorlarining birinchi qatoridan siqib chiqardi.

O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 32,6 mlrd dollarga yetdi. Passiv balans o‘sib bormoqda
22 noyabr 2021, 19:13

O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 32,6 mlrd dollarga yetdi. Passiv balans o‘sib bormoqda

Yanvar-oktabr holatiga O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 32,6 mlrd dollarni tashkil etib, o‘n oylik davrda 7,8 mlrd dollarlik passiv tashqi savdo balansi kuzatildi. Tashqi savdo aylanmasi hajmi 2020 yilning mos davriga nisbatan 8,5 foizga oshganiga qaramay, 2019 yildagi ko‘rsatkichga (34,3 mlrd dollar) yetib kelganicha yo‘q.

2022 yilda YAIM 5,9 foizga o‘sishi prognoz qilinmoqda
11 noyabr 2021, 18:10

2022 yilda YAIM 5,9 foizga o‘sishi prognoz qilinmoqda

2022 yilda O‘zbekiston iqtisodiy o‘sish sur’ati 5,9 foizni tashkil etib, YAIM hajmi qariyb 840 trln so‘mga yetishi ko‘zda tutilmoqda. Tashqi savdo aylanmasi 46,3 mlrd dollarni tashkil etishi prognoz qilingan. Bundan tashqari, inflyatsiya darajasi 2022 yilda 9 foiz atrofida bo‘lishi kutilmoqda.

O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 28 mlrd dollardan oshdi
18 oktabr 2021, 19:01

O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 28 mlrd dollardan oshdi

Yanvar-sentabr oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 28,2 mlrd dollarga teng bo‘ldi. Tashqi savdo saldosi 7,6 mlrd dollarni tashkil etdi. Uchinchi chorakda import hajmida eksport hajmiga qaraganda jadalroq o‘sish kuzatildi.

O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 25 mlrd dollarga yetdi. Passiv balans o‘sishda davom etmoqda
17 sentabr 2021, 12:01

O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 25 mlrd dollarga yetdi. Passiv balans o‘sishda davom etmoqda

Statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, yanvar-avgust oylarida O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 25 mlrd dollarni tashkil etdi. Tashqi savdoda 6,4 mlrd dollar miqdorida passiv balans kuzatildi.

O‘zbekistonning Afg‘onistondagi iqtisodiy loyihalari va mamlakatlar o‘rtasidagi savdo ko‘rsatkichlari
25 avgust 2021, 16:24

O‘zbekistonning Afg‘onistondagi iqtisodiy loyihalari va mamlakatlar o‘rtasidagi savdo ko‘rsatkichlari

Afg‘oniston O‘zbekiston uchun eng yirik savdo bozorlaridan biri hisoblanadi. 2020 yilda O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi tashqi savdo aylanmasi 779 mln dollarni, 2021 yilning yanvar-iyun oylarida — 351,9 mln dollarni tashkil qilgan. «Gazeta.uz» ikki davlat o‘rtasidagi import va eksport tarkibi hamda O‘zbekistonning Afg‘onistondagi loyihalari haqida ma’lumotlar taqdim etadi.

Tashqi savdo aylanmasi o‘smoqda, biroq hozircha pandemiyagacha bo‘lgan darajaga yetmadi
24 iyul 2021, 19:23

Tashqi savdo aylanmasi o‘smoqda, biroq hozircha pandemiyagacha bo‘lgan darajaga yetmadi

O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi hozircha pandemiyagacha bo‘lgan darajaga yetgani yo‘q, biroq o‘sishda davom etmoqda. 2021 yilning birinchi yarmi yakunlariga ko‘ra, tashqi savdo hajmi 13,6 foizga o‘sib, 18 mlrd dollarga yetdi. Tashqi iqtisodiy faoliyat bo‘yicha 10 ta hamkor davlatlar ro‘yxatiga Ukraina ham kirdi.

Yanvar-aprel oylarida O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi qanday o‘zgardi
21 may 2021, 21:56

Yanvar-aprel oylarida O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi qanday o‘zgardi

To‘rt oy davomida tashqi savdo aylanmasi 3,5 foizga kamayib, 10,3 mlrd dollarni tashkil etdi. Eksport 19,1 foizga — 3,5 mlrd dollargacha qisqardi, biroq oltin hisobga olinmagan eksport hajmi 26,7 foizga o‘sdi. Import 7 foizga — 4,7 foizgacha o‘sdi. O‘zbekiston rangli metallar, to‘qimachilik mahsulotlari va avtomobillar eksportini hamda oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar importini keskin oshirdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting