«tashrif» tegli maqolalar


Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonga bordi
30 mart 2023, 11:08

Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonga bordi

30 mart kuni O‘zbekiston prezidenti hududlar rivoji va aholi hayoti bilan tanishish maqsadida Qoraqalpog‘istonga bordi. Tashrif davomida yangi korxonalar ishga tushirilishi, yoshlar bilan muloqot qilish ham rejalashtirilgan.

Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoga tashrif buyuradi
13 mart 2023, 10:23

Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoga tashrif buyuradi

13 mart kuni prezident Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatiga tashrif buyuradi. Davlat rahbari xalq deputatlari viloyat kengashi sessiyasida ishtirok etadi, sanoat va qishloq xo‘jaligi bilan tanishadi, harbiy maskanlarda ham bo‘ladi.

Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryoga jo‘nab ketdi
24 fevral 2023, 09:54

Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryoga jo‘nab ketdi

24 fevral kuni prezident Shavkat Mirziyoyev ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi bilan tanishish maqsadida Qashqadaryoga jo‘nab ketdi.

Shavkat Mirziyoyev Misrga boradi
19 fevral 2023, 16:57

Shavkat Mirziyoyev Misrga boradi

Shavkat Mirziyoyev 20−21 fevral kunlari Misr Arab Respublikasida bo‘ladi. Oliy darajadagi muzokaralarda siyosiy, iqtisodiy, madaniy va ta’lim sohalarida hamkorlik masalalari o‘rin olgan.

Prezident davlat tashrifi bilan Qirg‘izistonga boradi
24 yanvar 2023, 12:26

Prezident davlat tashrifi bilan Qirg‘izistonga boradi

Shavkat Mirziyoyev 26−27 yanvar kunlari davlat tashrifi bilan Qirg‘izistonda bo‘ladi. O‘zaro savdoni ko‘paytirish, sanoat kooperatsiyasi dasturlarini qo‘llab-quvvatlash va mintaqaviy infratuzilma loyihalarini ilgari surishga alohida e’tibor qaratiladi.

Qasim-Jomart Toqayev davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keladi
19 dekabr 2022, 17:25

Qasim-Jomart Toqayev davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keladi

Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev 21−22 dekabr kunlari davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘ladi. Tashrif dasturiga muvofiq, oliy darajadagi muzokaralarda ikki tomonlama va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar muhokama qilinadi.

Shavkat Mirziyoyev dekabrda Qirg‘izistonga boradi
24 noyabr 2022, 16:06

Shavkat Mirziyoyev dekabrda Qirg‘izistonga boradi

Shavkat Mirziyoyev kelgusi oyda Qirg‘izistonga tashrif buyuradi. Prezident matbuot xizmati qayd etishicha, «erishilgan kelishuvlar asosida chegara masalalari hal qilingani misli ko‘rilmagan yutug‘ bo‘ldi».

Ozarbayjon prezidenti O‘zbekistonga tashrif buyuradi
16 iyun 2022, 21:44

Ozarbayjon prezidenti O‘zbekistonga tashrif buyuradi

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevning 21−22 iyun kunlari rasmiy tashrif bilan Toshkentga kelishi kutilmoqda.

Foto: Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon Xorazmga bordi
3 iyun 2022, 16:26

Foto: Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon Xorazmga bordi

Tojikiston prezidentining O‘zbekistonga tashrifining ikkinchi kunida Emomali Rahmon va Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatiga tashrif buyurdi. Davlatlar yetakchilari Urganchdagi qishloq xo‘jaligi texnikalarini ishlab chiqaruvchi qo‘shma korxona faoliyati bilan tanishdi (foto).

YeXHT rahbari O‘zbekistonga tashrif buyuradi
31 may 2022, 23:43

YeXHT rahbari O‘zbekistonga tashrif buyuradi

YeXHTning amaldagi raisi, Polsha tashqi ishlar vaziri Zbignev Rau O‘zbekistonga tashrif buyuradi. U prezident, Tashqi ishlar vazirligi rahbariyati va parlament palatalari rahbarlari bilan uchrashadi.

«Bundan ko‘ra uyimni yoqib yuborsa yaxshi edi». Farg‘onalik fermer tuman hokimi ustidan arz qilib, prezidentga murojaat yo‘lladi
12 may 2022, 12:14

«Bundan ko‘ra uyimni yoqib yuborsa yaxshi edi». Farg‘onalik fermer tuman hokimi ustidan arz qilib, prezidentga murojaat yo‘lladi

Prezidentning Farg‘onaga tashrifi arafasida fermer Iqboljon Meliboyev Buvayda tumani hokimi ustidan shikoyat qilib, videomurojaat yo‘lladi. Buni yoritgan farg‘onalik jurnalistga bosim o‘tkazilgani va ishdan bo‘shash haqida ariza so‘ralgani aytildi. Farg‘ona viloyati hokimligi vaziyatni o‘rganishni boshladi. Jamoatchilik faollari esa mazkur holatni keskin qoralab, «fermer va jurnalistdan qo‘llarni tortishni» talab qilmoqda.

Shavkat Mirziyoyev martda Pokistonga borishi kutilmoqda
22 fevral 2022, 19:15

Shavkat Mirziyoyev martda Pokistonga borishi kutilmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev mart oyida Pokistonga tashrif buyurishi kutilmoqda. Pokiston bosh vazirining maslahatchisi Abdul Razoq Dovudning so‘zlariga ko‘ra, tashrif chog‘ida ikki davlat o‘rtasida imtiyozli savdo to‘g‘risidagi kelishuv imzolanadi. Qolaversa, martdan Lahordan Toshkentga muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish reja qilingan.

Shavkat Mirziyoyev Samarqandga jo‘nab ketdi
10 fevral 2022, 11:02

Shavkat Mirziyoyev Samarqandga jo‘nab ketdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev hududlar rivoji bilan yaqindan tanishish maqsadida Samarqand viloyatiga jo‘nab ketdi. Tashrif doirasida yangi inshootlar qurilishi bilan tanishish rejalashtirilgan.

Shavkat Mirziyoyev Navoiyga yo‘l oldi
27 avgust 2021, 11:09

Shavkat Mirziyoyev Navoiyga yo‘l oldi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Navoiy viloyatiga jo‘nab ketdi. Davlat rahbari u yerda quyosh fotoelektr stansiyasi va kimyo sanoati korxonalarining ishga tushirish tadbirlarida ishtirok etib, aholi bilan muloqot qiladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting