O‘zbekiston prezidenti AQShning Vashington shahridagi aeroportda aviahalokat yuz berishi oqibatida bir necha o‘nlab insonlar halok bo‘lgani yuzasidan Donald Trampga ta’ziya yo‘lladi.
O‘zbekiston prezidenti Turkiyaning Bolu provinsiyasidagi kurort mehmonxonasida yong‘in chiqqani va kamida 66 kishi halok bo‘lgani yuzasidan mamlakat yetakchisiga ta’ziya yo‘lladi.
O‘zbekiston prezidenti Xitoy janubi-g‘arbidagi kuchli zilzila oqibatida yuzga yaqin inson halok bo‘lgani yuzasidan mamlakat raisi Si Szinpinga ta’ziya yo‘lladi. U qurbonlar oila a’zolariga hamdardlik bildirib, jabrlanganlar tezroq shifo topishini tiladi.
Germaniyaning Magdeburg shahrida Rojdestvo yarmarkasiga tashrif buyurganlar ustiga mashina haydaldi. Ikki kishidan 11 kishigacha halok bo‘ldi, 200 dan ortiq inson jarohat olgani aytilmoqda. Gumonlanuvchi qo‘lga olindi. Shavkat Mirziyoyev voqea yuzasidan Germaniya prezidentiga ta’ziya yo‘lladi.
Shavkat Mirziyoyev Hindistonda diniy yig‘indagi tiqilinch oqibatida 120 dan ortiq odam halok bo‘lgani munosabati bilan mamlakat prezidenti va bosh vaziriga ta’ziya yo‘lladi.
O‘zbekiston prezidenti Moskvadagi terakt munosabati bilan Rossiya prezidentiga ta’ziya yo‘lladi. Maktubda mamlakat tinch aholiga qarshi terrorchilik harakatini keskin qoralashi qayd etildi.
“Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha ayblanuvchilardan biri sud majlisidagi nutqini marhum 65 nafar bolaning oila a’zolariga hamdardlik bildirishdan boshladi. U pora oldi-berdisida vositachilik qilganini tan oldi va hind ishlab chiqaruvchisidan boshlig‘iga 33 ming dollarni qanday yetkazib berganini aytib berdi.
Taniqli qilichboz, O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasi bosh hakami Aida Xasanova 39 yoshida vafot etdi. Bir kun oldin u xususiy klinikada kosmetologik jarrohlik amaliyotini o‘tkazgan, shundan so‘ng ahvoli og‘irlashgan.
Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedovning onasi vafoti munosabati bilan Turkmaniston Xalq Maslahati raisi va Turkmaniston prezidentiga hamdardlik bildirdi.
O‘zbekiston prezidenti Istanbul shahrida yuz bergan portlash oqibatida insonlar qurbon bo‘lgani va jiddiy jarohat olgani munosabati bilan Rejep Tayyip Erdo‘g‘anga ta’ziya bildirdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Seul shahrida sodir bo‘lgan tiqilinchda eng kamida 153 kishi halok bo‘lgani munosabati bilan Janubiy Koreya prezidentiga ta’ziya yo‘lladi. O‘zbekiston TIV hodisa sabab yana bir o‘zbekistonlik jarohat bilan shifoxonaga yotqizilganini ma’lum qildi.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, xonanda Ravshan Namozov 61 yoshida uzoq davom etgan kasallikdan so‘ng vafot etdi. U «Chipradalli», «Kovushim», «Yor-yor yoron-ey», «Biyo-biyo», «Xayol», «Mana shunaqa» kabi qo‘shiqlari bilan tanilgan.
Taniqli sport jurnalisti, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiyi Axbor Imomxo‘jayev 86 yoshda hayotdan ko‘z yumdi.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan shifokor, akademik Turg‘unpo‘lat Daminov 81 yoshida vafot etdi. Prezident Shavkat Mirziyoyev uning oila a’zolariga ta’ziya izhor etdi. Turg‘unpo‘lat Daminov ko‘p yillar davomida Toshkent davlat tibbiyot instituti rektori sifatida faoliyat yuritgan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev qo‘shni mamlakatdagi fojiali voqealar va ularning natijasida ko‘plab harbiylar va aholi vakillari nobud bo‘lgani hamda ko‘rilgan katta talofatlar munosabati bilan Qozog‘iston xalqi va prezidentiga ta’ziya izhor etdi.
AQShning Nyu-York shahrida Svetlana Rashidova — Sharof Rashidovning qizi 70 yoshida vafot etdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston rahbari Qasim-Jomart Toqayevga Qarag‘anda viloyatidagi konda yuz bergan portlash oqibatida olti kishi halok bo‘lgani munosabati bilan hamdardlik bildirdi.
Shavkat Mirziyoyev 71 yoshida olamdan o‘tgan muftiy Usmonxon Alimovning xonadoniga tashrif buyurib, uning yaqinlariga ta’ziya izxor etdi. «Hammamiz uchun katta yo‘qotish bo‘ldi. Ulug‘ inson edilar», — dedi prezident.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Abdurahim Qurbonov 47 yoshida koronavirus infeksiyasi asoratlari oqibatida vafot etdi.
Taniqli haykaltarosh Yakov Iosifovich Shapiro 83 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. U Toshkentdagi Maksim Gorkiy, Shota Rustaveli, Hamid Olimjon haykallari, bir qator arxitektura-haykaltaroshlik ansambllari, xususan, «Kosmonavtlar» metro stansiyasidagi kompozitsiya va boshqa yodgorliklar ijodkori hisoblanadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting