Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonga kelgan Turkiy davlatlar tashkiloti oqsoqollar kengashi raisi, Turkiyaning sobiq bosh vaziri Binali Yildirimni qabul qildi. Ular TDT doirasidagi tadbirlarga tayyorgarlik va ularni o‘tkazish masalalarini muhokama qildi.
O‘zbekiston ishtirokidagi Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) doirasida tashkil etilgan Turkiy investitsiya jamg‘armasining kapitali 600 mln dollarga oshiriladi. Bu hududda kichik va o‘rta biznesni, shuningdek, infratuzilma va savdo loyihalarini moliyalashtirishni kengaytirishga qaratilgan.
TDT sammitida Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev tashkilotning Raqamlashtirish markazini tashkil etish taklifini ilgari surdi. Tuzilma savdo, transport, suv resurslaridan foydalanish, axborot xavfsizligi va boshqa tarmoqlar uchun zarur raqamli yechimlarni ishlab chiqish imkonini beradi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting