Rossiya Qurolli kuchlari generali Igor Kirillovni o‘ldirishda gumonlangan O‘zbekiston fuqarosi Moskvada ushlandi. Tergov qo‘mitasi uni Ukraina 100 ming dollar evaziga yollaganini bildirdi. Ilgari Kirillov Ukraina harbiylariga qarshi taqiqlangan kimyoviy qurol ishlatishga buyruq bergani aytiladi.
Pokistonda Balujiston provinsiyasidagi temiryo‘l vokzalida bomba portladi. Kamida 25 kishi halok bo‘lgan, 40 dan ortiq kishi jarohatlangan. Hodisa uchun javobgarlikni qo‘zg‘olonchi guruh — Balujiston ozodlik armiyasi o‘z zimmasiga oldi.
Turkiyaning Turkish Aerospace aviakompaniyasi bosh qarorgohi yaqinida terakt sodir bo‘ldi, besh kishi halok bo‘ldi, 22 kishi yaralandi.
Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Rossiya prezidenti bilan uchrashuvda “Krokus”dagi terakt tojik xalqi imijiga jiddiy zarba bo‘lganini bildirdi. Rahmon terrorizmning millati va dini yo‘qligini, bu global muammo ekanini ta’kidladi.
Tojikiston tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muxriddin Minskda bo‘lib o‘tgan MDH tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishida “Krokus”dagi teraktda gumonlanayotganlarning qiynoqqa solinishini qoraladi. “Bu yo‘l bilan olingan iqrorlarning bahosi hammaga yaxshi ma’lum”, — dedi u.
2022-yilda Toshkent shahrida terakt sodir etmoqchi bo‘lgan jinoiy guruhning 4 a’zosi ushlanib, 10 yildan 15 yilgacha qamalgan. Ular xalqaro terrorchilik tashkilotining o‘zbekistonlik vakili bilan tanishib, Isroilning O‘zbekistondagi elchixonasi, shuningdek, aeroportda terakt qilmoqchi bo‘lgan.
Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi Rossiya xavfsizlik kuchlari bilan birgalikda ISHID va “Krokus siti holl” konsert zaliga hujum qilganlarga aloqadorlikda gumon qilingan to‘qqiz nafar shaxsni qo‘lga oldi. Teraktda jarohatlanganlar soni 380 nafardan ortdi.
Markaziy Osiyodan kelgan muhojirlar Moskva yaqinidagi “Krokus”da terakt sodir etishda ayblanayotgani fonida Rossiyada muhojirlarga qarshi choralar, xususan, viza rejimini joriy etish, huquqbuzarlik uchun deportatsiya qilish hamda patentlar bo‘yicha cheklovlar muhokamasi avj oldi.
Anqarada Turkiya Ichki ishlar vazirligi binosi oldida terakt sodir etildi. Mamlakat IIV rahbari Ali Yerlikaya bir xudkush o‘zini portlatib yuborgani, ikkinchisi esa “zararsizlantirilganini” ma’lum qildi.
AQShda terakt uyushtirgan o‘zbekistonlik Sayfullo Soipov umrbod ozodlikdan mahrum qilindi. U 2017 yilda Nyu-Yorkda yuk mashinasida 8 nafar insonni bosib ketib o‘ldirgan va o‘nlab odamlarni jiddiy jarohatlagandi.
O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi Afg‘onistondagi «Jihodiya» madrasasida amalga oshirilgan terrorchilik harakatini keskin qoralab, bayonot berdi. Hodisa oqibatida 35 kishi halok bo‘lgani aytilmoqda.
Dunyoda koronavirusga chalinganlar sonining 400 mlndan oshgani, Fransiya, Germaniya va Polshaning Rossiyani Ukraina chegarasidagi keskinlikni pasaytirishga chaqirgani, Suriyaning AQSh nazorati ostidagi hududlarida 18 kishining teraktlar oqibatida halok bo‘lgani, Yevropada ko‘plab davlatlarning koronavirus cheklovlarini bekor qilayotgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz» ning jahon yangiliklari dayjestida.
Shanba kuni Afg‘oniston poytaxti Qobuldagi qizlar maktabi yaqinida portlash ro‘y berdi. Oqibatda 63 kishi vafot etdi, 150 dan ortig‘i jarohatlandi. Afg‘oniston hukumati hujumda «Tolibon»ni ayblamoqda, ammo ular hujumga aloqador emasliklarini aytishmoqda.
Bog‘doddagi bozorda sodir etilgan ikkita portlash natijasida halok bo‘lganlar 32, jarohatlanganlar soni esa 110 nafarga yetdi. Xudkushlardan biri o‘zini yomon his etayotgandek ko‘rsatib, atrofiga odam to‘plagan.
Noma’lum shaxslar guruhi Avstriya poytaxti Venada hujum uyushtirdi. Hozirgi ma’lumotlarga ko‘ra, 4 kishi vafot etgan, 18 kishi jiddiy jarohat olgan. Hujumchilardan biri qo‘lga olish paytida o‘ldirildi, qolganlari qochishga muvaffaq bo‘ldi. Mamlakat kansleri ushbu hujumlarni «terakt» deb atadi.
Turkiya sudi 2017 yilda Istanbulda terakt uyushitirib, 39 kishini o‘ldirgan o‘zbekistonlik Abdulqodir Masharipovga 40 ta umrbod qamoq jazosi belgiladi. Qo‘shimcha tarzda, u yana 1368 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Masharipovda muddatdan avval ozodlikka chiqish huquqi bo‘lmaydi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting