Tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlari yanada kuchaytiriladi. Qonun bilan tintuv o‘tkazish to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish hamda uni ko‘rib chiqish asoslari belgilandi.
Jizzaxda tergov jarayonlarida gumondordan qo‘shib yozish holatlarini ko‘rsatmaslik hamda tanishlari orqali tergov jarayonlarida yengillik yaratib berish evaziga 400 mln so‘m talab qilgan shaxs ushlandi. Qashqadaryoda esa noqonuniy ravishda qum qazib olishga ko‘z yumish evaziga pul talab qilgan mansabdor qo‘lga olindi.
Turkiya hukumati zilzilalar oqibatida binolarning qulashiga aloqador pudratchilar, ish boshqaruvchilar va boshqalardan iborat 612 nafar kishiga nisbatan tergov boshladi. Vayron bo‘lgan binolarning ko‘pchiligi sifatsiz materiallar va usullardan foydalangan holda qurilgani aytilmoqda.
Bosh prokuror matbuot kotibi «Gazeta.uz»ga ma’lum qilishicha, bloger Abduqodir Mo‘minovning tergov paytida vafot etgani haqidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi, «u tirik va sog‘lom». Blogerning sobiq advokati ham tergovchi bilan gaplashgani va Mo‘minovning sog‘-salomatligini tasdiqladi.
DXX tezkor tadbir o‘tkazib, Qashqadaryoda jami 99 gektar yerni noqonuniy sotmoqchi bo‘lgan fermer xo‘jaligi rahbarlari va xodimini qo‘lga oldi. Sirdaryoda ham muqaddam sudlangan shaxs bog‘ yaratish uchun berilgan yerni 30 ming dollarga sotmoqchiligi ma’lum bo‘ldi. Hozir ushbu shaxslarga jinoyat ishi ochildi.
Prezident tintuv o‘tkazish, telefon so‘zlashuvini eshitish va mulkni xatlashga sanksiyani prokurordan sudga o‘tkazilishini ma’lum qildi. Shuningdek, u odil sudlovni ta’minlashda himoyachiga berilgan huquqlar ham qayta ko‘rib chiqilib, yetmaydigan vakolatlar berilishini aytdi.
Nukusdagi namoyishlar fakti bo‘yicha O‘zbekiston Bosh prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 159-moddasi 4-qismi (hokimiyatni bosib olish yoki konstitutsiyaviy tuzumni ag‘darib tashlash maqsadida fitna uyushtirish) va boshqa moddalar bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Tergov va surishtiruv vaqtida shaxsga nisbatan har qanday qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy muomala hamda jazo turlarini qo‘llash natijasida yetkazilgan zararni davlat to‘lab beradi. Fuqarolik kodeksiga bu borada tegishli qo‘shimcha kiritildi.
Prezident qarori bilan 1 maydan surishtiruv va dastlabki tergov organlari faoliyatini raqamlashtirish va ishni sudga qadar yuritish bo‘yicha «Elektron surishtiruv va dastlabki tergov» axborot tizimi joriy etiladi. Tizimdagi jismoniy va yuridik shaxslarga oid ma’lumotlar surishtiruv va tergov organlarining so‘roviga ko‘ra taqdim etiladi.
Samarqand viloyatidagi MTM mudirasi bolani kaltaklayotgani aks etgan videolavha bo‘yicha tergov ishlari boshlandi. Mudiraning izoh berishiga ko‘ra, u bola haqoratli so‘zlarni aytgani uchun qiziqqonlik qilgan.
Prezident sud-tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Hujjatda, jumladan, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tomonidan fuqarolarni qiynash, ularga nisbatan shafqatsiz va kamsituvchi muomalada bo‘lish, ushlangan shaxsning huquqlarini poymol qilishning oldini olishga alohida urg‘u qaratildi.
Soxa mutaxassislaridan iborat 30 kishilik komissiya tekshiruvidan so‘ng «Sardoba» suv ombori to‘g‘onining o‘pirilish sabablari aniqlandi. Loyihalash, qurish va ekspluatatsiya qilish jarayonlarida qatnashgan 9 nafar mansabdor shaxs jinoiy javobgarlikka tortilib, qamoqqa olingan. Hozirda qurilishga sarflangan mablag‘larning asosliligi o‘rganilmoqda. Dastlabki tergov muddati 5 oyga uzaytirildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting