Sharof Rashidov tumanida 27 yoshli yigit xalqaro terrorchilik tashkilotlarining materiallarini tarqatib va moliyaviy qo‘llab-quvvatlab kelgani aniqlandi. Sud hukmi bilan u 8 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi.
Prezident va BMT Terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi rahbari Toshkentda yoshlarni ekstremizm va terrorizm g‘oyalari ta’siridan himoya qilish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar, shuningdek, yosh mutaxassislarning tashkilot institutlarida stajirovka o‘tashini tashkil etish masalalarini muhokama qildi.
Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Rossiya prezidenti bilan uchrashuvda “Krokus”dagi terakt tojik xalqi imijiga jiddiy zarba bo‘lganini bildirdi. Rahmon terrorizmning millati va dini yo‘qligini, bu global muammo ekanini ta’kidladi.
O‘zDJTUning 19 yoshli talabasi Isroilning Toshkentdagi elchixonasi binosiga kerosin shishasini uloqtirib, o‘t qo‘ymoqchi bo‘ldi. Sud uni 5 yilga ozodlikdan mahrum qildi.
Mart oyida Turkiyada o‘zbekistonlik fuqaro ISHIDga aloqadorlikda gumonlanib, qo‘lga olingandi. Biroq ayblov tasdiqlanmagach, u qo‘yib yuborildi. Turkiyadagi bosh konsulxona ijtimoiy tarmoqlardagi ekstremistik kanallarga kirmaslik, mutaassiblik ruhidagi nashida va ma’ruzalarni saqlamaslikni tavsiya qildi.
2022-yilda Toshkent shahrida terakt sodir etmoqchi bo‘lgan jinoiy guruhning 4 a’zosi ushlanib, 10 yildan 15 yilgacha qamalgan. Ular xalqaro terrorchilik tashkilotining o‘zbekistonlik vakili bilan tanishib, Isroilning O‘zbekistondagi elchixonasi, shuningdek, aeroportda terakt qilmoqchi bo‘lgan.
24 yoshli jizzaxlik yigit Suriyadagi terrorchilar safida jang qilib, jiddiy jarohatlangani ortidan O‘zbekistonga deport qilingandi. Unga 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
“Jihodchilar” diniy-ekstremistik oqimiga aloqadorligi uchun to‘qqiz yil qidiruvda bo‘lgan fuqaro 6,5 yilga ozodlikdan mahrum etildi. U mart oyida Turkiya politsiyasi tomonidan qo‘lga olinib, O‘zbekistonga ekstraditsiya qilingandi.
Janubiy Koreyada 29 yoshli o‘zbekistonlik erkak “Imom al-Buxoriy katibasi” terrorchilik tashkiloti bilan aloqa o‘rnatib, uni moliyalashtirib kelganlikda gumon qilinmoqda. IIV tergov harakatlarini olib bormoqda.
Germaniyada Markaziy Osiyo davlatlarining yetti nafar fuqarosi terrorchilik guruhi tuzishda gumonlanib qo‘lga olindi. Niderlandiyada ham teraktlar tayyorlashda gumon qilinayotgan Tojikiston va Qirg‘izistonning yana ikki fuqarosi ushlangan.
BMT hisobotida aytilishicha, “Tolibon” bir qator terroristik guruhlar bilan aloqada va terrorizm tahdidi Afg‘onistonda ham, mintaqada ham kuchaymoqda. “Tolibon” rahbariyati ichida ham kelishmovchiliklar bor. “Tolibon” bu hisobotni “asossiz va noxolis” deb atadi.
IIV «xalqaro terrorchilik tashkilotlari ta’sirida» 2021 yili Suriyaga borib, u yerda jangovar tayyorgarlikdan o‘tgan ikki fuqaro qo‘lga olinib, O‘zbekistonga qaytarilganini ma’lum qildi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, ular «O‘zbekistonga qarshi o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etganlikda» ayblanmoqda.
Xorazmda Suriyadagi terroristik tashkilot safiga qo‘shilmoqchi bo‘lgan 23 yoshli ayol ushlandi. U o‘zining tanishlariga diniy da’vatlar qilib, qo‘poruvchilik aks etgan videoroliklarni tarqatib kelgani aytilmoqda. Ayolga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hibsga olindi.
Dushanbeda chegara xavfsizligi va chegara nazorati sohasida hamkorlikka bag‘ishlangan konferensiya o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi yaqin munosabatlar mintaqadagi umumiy tahdidlarga qarshi birgalikda kurashish imkonini berishini ta’kidladi.
AQSh prezidenti Jo Bayden «Al-Qoida» yetakchisi Ayman az-Zavohiriy Afg‘oniston poytaxti Kobulda o‘tkazilgan aksilterror operatsiyasi chog‘ida o‘ldirilganini ma’lum qildi. Shu bilan birga, uning oila a’zolari jabrlanmagan, tinch aholi orasida qurbonlar yo‘q.
O‘zbekistonda yil boshidan buyon Suriyadagi «Islom davlati» va «Tavxid va jihod katibasi» terrorchilik tashkilotlarga aloqador 4 ta yashirin, 10 ta «virtual» guruh hamda 250 nafar ekstremistik guruh a’zolari aniqlanib, ular faoliyatiga chek qo‘yildi.
O‘zbekiston TIV Afg‘onistonning Kobul, Mozori-Sharif va Qunduz shaharlarida sodir etilgan terrorchilik harakatlarini qoralab bayonot berdi. O‘zbekiston tomoni halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi.
DXX ISHID safida jangovor harakatlarda ishtirok etganlikda gumonlanayotgan fuqaroni O‘zbekistonga olib keldi. Uning hali ham «jihod» qilish borasidagi qarashlaridan voz kechmagani aytilmoqda.
Bosh prokuratura matbuot kotibi Denovdagi portlash bo‘yicha terakt versiyasini rad etdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, portlashga taxminan bino ichida bir necha soat davomida gaz sizib chiqishi sabab bo‘lgan. Chaqnash oqibatida 65 ta uy zarar ko‘rgani, 6 ta xonadon yashash uchun xavfli holatga kelib qolgani aytilmoqda. Viloyat hokimi To‘ra Bobolov yetkazilgan zarar davlat tomonidan to‘liq qoplab berilishiga ishontirmoqda.
2016 — 2020 yillar hamda 2021 yilning 1-yarmi davomida 62 nafar O‘zbekiston fuqarosi terrorizmni moliyalashtirish uchun sudlangan. Ularning aksariyati terroristik tashkilot, ularning vakillari yoki unga aloqador shaxslarga pul mablag‘larini taqdim etish yoki ularning hisob raqamlariga pul ko‘chirish bilan shug‘ullangan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting