O‘zbekistonda kasbiy ta’limning barcha darajalari bo‘yicha kadrlar tayyorlaydigan yagona texnikumlar tarmog‘i tashkil etiladi. 2025/2026 o‘quv yilidan belgilangan texnikumlarda xalqaro ta’lim dasturlari joriy qilinadi. Texnikumlarning direktor va direktor o‘rinbosari ochiq tanlov asosida tanlanadi.
Texnikumlarni a’lo baholarga bitirganlar xalqaro klassifikatorga mos keluvchi diplom oladi. Ular oliygohda ikkinchi yoki uchinchi kursdan boshlab shartnoma asosida o‘qishni davom ettirishi mumkin bo‘ladi. Prezident maktablari agentligi huzurida Olimpiadalarga tayyorlash markazi tashkil etiladi.
O‘zbekistonda 2024-yilda chet tilini bilish bo‘yicha xalqaro imtihondan yuqori ball olganlarga nafaqat imtihon xarajati, balki olti oylik o‘qish puli ham to‘lab beriladi. Shuningdek, maktablardagi bo‘sh sinf xonalari chet tili repetitorlari va o‘quv markazlari uchun ijara asosida bepul ajratiladi.
Yangi o‘quv yilidan kollej-texnikumning 1−2 kursida ta’lim tizimi va uni baholash oliygohlar bilan tenglashadi. Texnikumlarda ham oliygohlarda tan olinadigan “kredit tizimi” yaratiladi. 2 yil yetarli “kredit” to‘plaganlar “2+2” yoki “2+3” dasturi asosida OTMning 2 yoki 3-kurslarida ta’limni davom ettiradi.
Davlat dasturi loyihasida kollej va texnikumlarga o‘quvchilarni qabul qilishni bir yilda ikki marta tashkil etish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, texnikumlarda mutaxassislik yo‘nalishidan kelib chiqib davlat granti ajratishni joriy etish orqali umumiy davlat granti ulushni 50 foizga yetkazilishi belgilangan.
O‘zbekistonda 149 ta kollejga kirish uchun 59 460 ta️, 194 ta texnikum uchun 80 178 ta kvota ajratildi. Hujjatlar ️kasb.edu.uz elektron platformasi orqali qabul qilinadi. Hujjat qabuli esa 15 avgustga qadar uzaytirildi.
Prezident 2023 yildan boshlab texnikumdan oliygohga imtihonsiz kirish mexanizmi bekor qilinishini ta’kidladi. OTMlardagi kamida 60 ta yo‘nalish texnikumlarga o‘tkaziladi. Shuningdek, 1 yanvardan ilmiy darajasi bor texnikum o‘qituvchilarining ish haqi oliygoh pedagoglarinikiga tenglashtiriladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev texnikumlar bo‘yicha dastur ishlab chiqish topshirig‘ini berdi. Bunda agrar sohadagi barcha texnikumlar Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimiga o‘tkazilib, ulardagi o‘quv dasturlar, metodologiya, darsliklar va amaliyot tizimi butkul qayta ko‘rib chiqiladi.
20 noyabrdan 30 noyabrgacha kollej va texnikumlarga kirish imtihonlari o‘tkaziladi. 195 mingdan ortiq abituriyent uchun test sinovlari, 50 ming nafar abituriyent uchun esa yozma imtihon o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
O‘zbekistonda o‘rmon xo‘jaligi texnikumi tashkil etiladi. Texnikumda kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim bosqichlarida oliy ta’limning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bilan integratsiyalashgan dasturlar asosida kadrlar tayyorlanadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting