Prezident Zomin tumanida Xitoyning “Mingyuan” kompaniyasi bilan hamkorlikda qurilayotgan texnoparkdagi ilk investitsiya loyihalari qurilishiga start berdi. Maxsus zonani infratuzilma bilan ta’minlash bo‘yicha manzilli dastur tasdiqlanib, 160 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirildi.
Shavkat Mirziyoyev Toshkent investitsiya forumi doirasida Xitoyning CAMCE, Goldwind, China Southern Power Grid va Holley Group kabi yirik kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashdi. Unda Toshkent viloyatida texnopark qurish va loyihaga Xitoy kompaniyalarini jalb qilish yuzasidan kelishuvga erishildi.
Texnoparkka tashrif buyurgan Aleksandr Lukashenkoga korxonalarda ishlab chiqarilayotgan maishiy texnika, elektron hisoblagichlar, lift va eskalatorlar, sanoat qozonxonalari ko‘rsatildi. Davlat rahbarlari tajriba almashishni kengaytirish zarurligini ta’kidladi. Foto.
Rossiya hamkorligida Chirchiq va Jizzax viloyatida ochilgan texnoparklarni O‘zbekistonning yana uchta viloyatida qurish rejalashtirilmoqda, dedi Rossiya sanoat va savdo vaziri Denis Manturov. O‘zbekiston o‘zaro hisob-kitoblarni milliy valyutalarda faollashtirishga tayyor, dedi bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev.
Nukus shahrida «InnoWeek-2022» doirasida yoshlar texnoparki ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Texnoparkni tashkil etish va uni texnik ta’minlash uchun Innovatsion rivojlanish vazirligi qariyb 9 mlrd so‘m yo‘naltirdi.
Qoraqalpog‘istonda 30 gektar maydonda «Nukus texnoparki» maxsus sanoat zonasi tashkil etiladi. Energiya tejamkor ekologik xavfsiz ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etish texnopark faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘ladi. Unga mahalliy va xorijiy investorlar jalb etiladi.
O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va Tatariston prezidenti Rustam Minnixanov «Chirchiq» kimyo-industrial texnoparkining ochilish marosimida qatnashishdi. Texnopark Qozondagi «Ximgrad» texnopolisi bilan hamkorlikda tashkil etilgan.
Toshkent hokimiyati tashkil etgan «Texnopark» kompaniyasi kir yuvish mashinalari va tijoriy muzlatkichlar, mis quvurlari, sanoat suv isitkichlari, HPL-panel va boshqalarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 23 aprel kuni xorijiy mamlakatlar elchilarini qabul qilgach, Toshkentdagi bir qator ob’ektlar, jumladan, Elektr energiyasini hisobga olishni avtomatlashtirish markazi va Texnoparkdagi yangi korxonalarni borib ko‘rdi. Undan keyin esa Yashnobod tumanidagi Parvoz mahallasi aholisi bilan suhbatlashdi. «Toshkent namuna bo‘lishi kerak», — dedi prezident. «Gazeta.uz» fotoreportaji.
Texnopark kompaniyasining matbuot kotibi Nargiz Shoislamova ushbu kompaniya tomonidan ishlab chiqarilayotgan Osten aqlli gaz hisoblagichlari haqida ma’lumot berdi (reklama huquqlari asosida).
«Texnopark» kompaniyasi elektron suv hisoblagichlarini ishlab chiqarishi mumkin. Loyiha qiymati 77,7 mlrd so‘mni tashkil etadi. Hokimlik tomonidan tashkil etilgan kompaniya aqlli gaz hisoblagichlari, kir yuvish mashinalari, muzlatgichlar, liftlar va boshqa texnika vositalarini ishlab chiqaradi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Yashnobod tumanidagi texnoparkga tashrif buyurib, u yerdagi yangi inshootlarni ko‘zdan kechirdi. 2021 yilda bu yerda yana turli xil mahsulotlar ishlab chiqaradigan to‘qqizta korxona ishga tushirilishi kutilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting