O‘zbekistonda 2024-yilda “103” xizmatiga 2713 ta yolg‘on chaqiriq kelib tushdi. Eng ko‘p yolg‘on chaqiriq Samarqand, Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlarida kuzatilgan. Bunday chaqiriqlar o‘tgan yilga nisbatan 792 taga kamaygan.
Respublika tez tibbiy yordam markazi yanvar-sentabr oylarida 9,9 millionta chaqiriq qabul qildi. Ularning eng ko‘pi Farg‘ona vodiysi va Toshkentda, eng kami esa Jizzax, Buxoro hamda Xorazm viloyatida qayd etildi. Chaqiruvlarning 2,5 milliontasida bemorlar surunkali kasalliklardan shikoyat qilgan.
Toshkent viloyatida bemor kasalliklar tarixi haqida so‘ragan tez tibbiy yordam shifokorining yuziga musht tushirdi. Jabrlanuvchida bosh miya yopiq jarohati, miya chayqalishi va o‘ng tomon pastki lab sohasi jarohati aniqlangan.
Toshkentning Chilonzor tumanida svetoforning qizil chirog‘i yongan vaqtda qoidani buzib, “Tez yordam” mashinasiga yo‘l bergan Cobalt haydovchisining uyiga jarima xati bordi. Holat o‘rganilib, fuqaroga yozilgan jarima bekor qilindi. Haydovchi shahar IIBB tomonidan taqdirlandi.
2024-yilning dastlabki 3 oyi davomida “Tez yordam” xizmatiga 3,1 millionta murojaat kelib tushgan. Ularning 812 247 tasi surunkali kasalliklar, 19 114 tasi esa tug‘ruqlar uchun chaqirilgan.
Respublika tez tibbiy yordam markazining Qoraqalpog‘iston, shuningdek, Toshkent, Samarqand, Jizzax va Farg‘ona viloyatlaridagi filiallariga 70 ta Volkswagen Caddy avtomashinalari berildi.
O‘zbekistonda 2023-yil davomida tez tibbiy yordam xizmatiga 13 mln 522 mingta qo‘ng‘iroq kelib tushdi. Bu 2022-yilgidan yarim milliontaga ko‘p degani. Eng ko‘p murojaat Farg‘ona vodiysi va Toshkent shahridan bo‘ldi. Avvalroq SSV qo‘ng‘iroqlarning 3,5 mingtasi yolg‘on chaqiriq ekanini bildirgandi.
O‘zbekistonda 2023-yil davomida tez yordam xizmatiga jami 3505 ta yolg‘on chaqiriq kelib tushdi. Ularning eng ko‘pi Toshkent, Farg‘ona va Qashqadaryo viloyatlariga to‘g‘ri keladi. Avvalroq bunday chaqiriqlar uchun chaqiruv xarajati miqdorida jarimaga tortish taklif etilgandi.
Jizzax Auto zavodi Sog‘liqni saqlash vazirligiga tez yordam avtomobillarininng navbatdagi partiyasini — 108 ta Volkswagen Caddy mashinasini topshirdi. Rejalashtirilgan 1000 dona avtomobildan 700 tasi respublika tez tibbiy yordam xizmati ehtiyojlari uchun xizmat qilmoqda, deyiladi “O‘zavtosanoat” xabarida.
O‘zbekistonda 2023-yilning yanvar-iyun oylarida tez tibbiy yordam xizmatiga 1752 marta yolg‘on chaqiriq kelib tushdi. Murojaatlarning eng ko‘pi Toshkent, Farg‘ona va Qashqadaryo viloyatlariga to‘g‘ri keldi.
Quvasoyda Qo‘riqlash boshqarmasi va tez yordam mashinalari o‘rtasida YTH sodir bo‘ldi. Oqibatda ikki fuqaro yengil va o‘rta darajadagi tan jarohati oldi. Holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv boshlandi.
Surxondaryo viloyatida feldsherlar sinov tariqasida “tez yordam” chaqiruviga skuterlarda ham bormoqda. Bunda tirbandliklar va harakatlanish qiyin bo‘lgan joylarda oson yura olish maqsad qilingan. Ular ahvoli og‘ir bo‘lmagan bemorlarga birinchi yordamni ko‘rsatib qaytadi.
Asaka tumanida 30 yashar shoshilinch tibbiy yordam shifokori bemorning eri va sheriklari tomonidan kaltaklandi. Bunga erning rashk qilishi sabab bo‘lgani aytilmoqda. Holat huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan nazoratga olingan.
Toshkent shahar IIBB tez yordam dispetcherini haqoratlab, unga tahdid qilgan shaxsga nisbatan ma’muriy bayonnoma tuzilganini ma’lum qildi. Erkak onasiga ayol shifokor jo‘natilishini talab qilgan, bo‘sh ayol shifokorlar brigadasi bo‘lmagani sababli erkak shifokorlar yuborilgandi.
Dushanba kuni erta tongda Sergeli tumanida tez yordam mashinasi haydovchisi kaltaklandi. Aniqlanishicha, bemorning yaqini feldsherga yaxshi qaramagani uchun kuch ishlatmoqchi bo‘lgan, haydovchi esa uni himoya qilmoqchi bo‘lgan. Hozirda holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
O‘zbekiston Turkmanistonga 20 ta Volkswagen Caddy «Tez yordam» mashinasi sovg‘a qildi. O‘z navbatida, Turkmanistondan suyultirilgan gaz partiyasi yetib keldi va uni ehtiyojmand oilalar o‘rtasida taqsimlash rejalashtirilgan.
Toshkent viloyatida 24 yoshli fuqaro «Tez yordam» xodimini kaltakladi. U chaqiruvga ayol hamshira kelmagani uchun janjal ko‘targan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov ishlari olib borilmoqda.
Sog‘liqni saqlash vazirligi hududlarga tez tibbiy yordam xizmati uchun 110 ta Volkswagen Caddy mashinasini topshirdi. Shu paytga qadar «103» xizmatida 2938 dona avtomobil xizmat ko‘rsatib kelgan.
2022 yil davomida «Tez yordam» xizmatiga 13 milliondan ortiq murojaat kelib tushgan, 1,1 million kishi kasalxonaga yotqizilgan. 2021 yilda bu chaqiriqlar soni 12,5 millionni tashkil etgandi.
Sud tez yordam haydovchisini yolg‘on ma’lumot tarqatganlikda aybdor deb topdi, biroq u javobgarlikka tortilmadi va ogohlantirish berildi. Avvalroq haydovchilar ularga kelgan jarimalar oyliklaridan ushlab qolinayotganini aytib, videomurojaat yo‘llagandi. IIV esa jarimalar bekor qilinishini bildirgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting