Avgust oxirida xalqaro aeroportda noqonuniy olib o‘tilgani sabab 57 dona timsoh bolalari va 10 dona buqalamun hayvonot bog‘iga vaqtincha topshirildi. Hozirda ulardan 1 bosh timsohcha va 6 bosh buqalamun nobud bo‘ldi. Bojxona organlari holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atdi.
Avgust oxirida aeroportdan noqonuniy tarzda plastmassa idishda olib o‘tishga urinilgan 57 ta timsoh bolasining sog‘ligiga jiddiy zarar yetkazilgan, deya ma’lum qildi Toshkent hayvonot bog‘i. Hozirda ular go‘sht, baliq bilan boqilmoqda, ularning bo‘yi va vazni o‘lchab ko‘rildi.
30 avgust kuni Misr davlatidan uchib kelgan fuqaro 56 ta timsoh bolasini, 31 avgust kuni esa Misrdan kelgan boshqa fuqarolar plastmassa idishlarda 10 ta buqalamunni xalqaro aeroportdagi bojxonadan o‘tkazmoqchi bo‘ldi. Tashish va saqlash qoidalariga rioya qilinmagani sababli ularning ayrimlari og‘ir ahvolda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting