Nyu Yorkning markaziy ko‘chalarida tig‘iz vaqtlarda yo‘l haqi to‘lash joriy etildi. Hali AQShning hech bir shahrida bunday qoida kiritilmagandi. Manhettenga kirish narxi — kuniga 9 dollar. Shahar hukumati shu tariqa tirbandlikka qarshi kurashmoqchi va jamoat transportini rivojlantirish uchun mablag‘ yig‘moqchi.
Toshkent shahri hokimi Shavkat Umurzoqov yo‘llarni yaxshilash uchun 500 mln dollarlik loyiha ishlab chiqilgani, shuningdek, bekatlar va tirbandlikni keltirib chiqarayotgan 30 ta eng katta chorrahani tartibga solish rejasi borligini bildirdi. Hokim odamlarni mikromobillikka o‘rgatish muhimligini ham ta’kidladi.
Dushanba va seshanba kunlari Toshkentning bir qator ko‘chalarida uzun tirbandliklar kuzatildi. Bunga yo‘l chiziqlarining yangilanishi sabab bo‘ldi. Biroq bu haqda oldindan ommaviy e’lon qilinmadi. Haydovchilar aylanma yo‘llarni topishga majbur bo‘lishdi.
«Gazeta.uz» Toshkentning transport bosh rejasini ishlab chiqish uchun xorijlik mutaxassislar jalb etilgani haqda yozgandi. Suhbatning ikkinchi qismida jamoat transporti bo‘yicha ekspert Vladimir Valdin poytaxtda tirbandliklarni kamaytirish va jamoat transportini bepul qilish mumkinligiga to‘xtaldi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting