BMTning Afg‘onistonga yordam missiyasi “Tolibon” hokimiyatga kelganidan beri ag‘darilgan afg‘on hukumati amaldorlari va askarlarining kamida 218 ta holatda sudsiz qatl etilganini qayd etdi.
Tashqi ishlar vaziri v. b. Vladimir Norov Moskvada bo‘lib o‘tgan davra suhbatida «Tolibon» harakati delegatsiyasi 25−26 iyul kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadigan Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiyada ishtirok etishini ma’lum qildi.
AQSh Rossiyadan xavfsizlik choralari bo‘yicha javobni qabul qilgani, Donbassda sukunat rejimini buzish holatlari keskin oshgani, Turkmaniston prezidentligiga ikkinchi nomzodning ma’lum qilingani, Belgiyada to‘rt kunlik ish haftasiga o‘tilishi mumkinligi va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
«Tolibon» harakatining muvaqqat hukumati avvalgi tuzum qulashi chog‘ida O‘zbekiston va Tojikistonga olib ketilgan vertolyotlarni qaytarish bo‘yicha muzokaralarni boshladi. Sobiq afg‘on uchuvchilari va rasmiylari qo‘shni davlatlarga 40 dan ortiq vertolyotni olib qochganligi aytilmoqda.
O‘zbekiston TIV rahbari Abdulaziz Kamilov «Italiya — Markaziy Osiyo» shaklidagi ikkinchi vazirlar uchrashuvida jahon hamjamiyatini Afg‘onistonga nisbatan sanksiyalarni bekor qilishga, qolaversa, muzlatilgan xalqaro aktivlarni qaytarish va mamlakat bank tizimini tiklashda ko‘maklashishga chaqirdi.
Toliblar O‘zbekistonni Afg‘oniston hukumati qulaganidan keyin afg‘on uchuvchilari mamlakatni tark etgan samolyot va vertolyotlarni qaytarishga chaqirdi. Avgust o‘rtalarida Afg‘onistonning 22 ta harbiy samolyot hamda 24 ta harbiy vertolyoti Termiz xalqaro aeroportiga majburiy ravishda qo‘ndirilgan edi.
«Tolibon» birinchi marta Tojikistonga tahdid qildi. Avvalroq, Tojikiston hukumati qarshilik ko‘rsatilayotgan so‘nggi hudud — Panjsher viloyati toliblar tomonidan bostirilayotganini qoralagan edi. Ular, shuningdek, «bu mamlakatda zulm va ta’qiblar natijasida tuzilgan boshqa Afg‘oniston hukumatini» tan olmasliklarini bildirishdi. Ikki davlat chegarasidagi vaziyat og‘irlashmoqda.
«Tolibon» harakati Afg‘onistonning vaqtinchalik hukumati tarkibini e’lon qildi. Bosh vazir vazifasini bajaruvchi etib Hasan Oxund, harakat rahbariyati kengashi rahbari, bosh vazir o‘rinbosari lavozimiga Abdul G‘ani Baradar tayinlandi.
Panjsher viloyatidagi toliblarga qarshilik kuchlarining yetakchisi Ahmad Mas’ud Rossiyaning RBK nashriga intervyu berdi. U o‘zi bilan birga qancha jangchilar borligi, uning tarafdorlari kimlar ekanligi, qo‘shni va boshqa xorij davlatlaridan harbiy ko‘mak olayotgani yoki yo‘qligi hamda G‘ani rejimi nima sababdan bunchalik tez qulagani haqida fikr bildirdi. Qolaversa, Rossiya o‘z manfaatini ko‘zlagan holda toliblarga bosim o‘tkazishi lozimligini ta’kidladi. «Gazeta.uz» intervyuning tarjimasini taqdim qiladi.
«Tolibon» Afg‘onistonni boshqaradigan 12 kishilik kengash tashkil etishni rejalashtirmoqda.
«Tolibon» hukumat amaldorlariga umumiy amnistiya e’lon qildi va afg‘onlarni ishga qaytishga chaqirdi. TOLOnews telekanali ayol teleboshlovchi va muxbirlar ishtirokidagi ko‘rsatuvlarni uzatishda davom etmoqda.
Kelib chiqishi o‘zbek bo‘lgan afg‘onistonlik marshal Abdul-Rashid Do‘stum «Tolibon» nazoratiga o‘tgan Mozori-Sharifdan O‘zbekiston tomonga qochib ketdi, deb xabar tarqatmoqda xorij OAVlari. Mazkur ma’lumot hozircha rasman tasdiqlangani yo‘q.
«Tolibon» harakati vakillari Al-Jazeera telekanali efirida «Afg‘onistonda urush tuguganligi» haqida e’lon qildi. Shuningdek, ular «harakat har bir qadamini mas’uliyat bilan bosishini va barcha tomonlar bilan tinch munosabatlarni saqlash niyatida» ekanligini ta’kidlashmoqda. Toliblar boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmasligini qayd etdi.
60 dan ortiq mamlakatlar qo‘shma bayonot bilan chiqib, chet elliklar va mamlakatni tark etmoqchi bo‘lgan afg‘on fuqarolarini xavfsiz chiqib ketishini ta’minlashga chaqirdi.
Ashraf G‘ani qon to‘kilishining oldini olish maqsadida Afg‘onistonni tark etdi. OAVlar xabariga ko‘ra, davlat rahbari Tojikiston orqali Ummonga yetib borgan. Biroq, New York Times u ayoli va ikki nafar yordamchisi bilan O‘zbekistonga yo‘l olganiga ishontirmoqda. Prezident saroyini qo‘lga kiritgan «Tolibon» harakati a’zolari esa Afg‘oniston Islom amirligi tuzilganini e’lon qilishni ko‘zlayapti.
«Tolibon» harakati a’zolari Kobulga kirdi. OAV Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani iste’foga chiqishi ehtimoli haqida xabar qilmoqda. Afg‘oniston TIV rahbari hokimiyatning tinch yo‘l bilan o‘tishini ma’lum qildi.
Afg‘oniston shimolidagi strategik ahamiyatga ega bo‘lgan Qunduz shahri «Tolibon» harakati vakillari tomonidan egallandi. Shahardagi janglar oqibatida halok bo‘lganlar orasida tinch aholi qurbonlari, ayollar va bolalar borligi aytilmoqda. Juma kuni harakat vakillari Zaranj va Shibarganni egallashgan.
Shanba kuni Afg‘onistonning 31 ta viloyatida komendantlik soati e’lon qilindi. IIV rasmiy vakili ushbu qaror «Tolibon» harakatini cheklash maqsadida qabul qilinganini aytmoqda. Hozirda 10 dan ortiq tumanlarda hukumat harbiylari va toliblar o‘rtasida faol to‘qnashuvlar davom etmoqda.
O‘zbekiston prezidenti Toshkentda o‘tgan xalqaro konferensiya davomida Afg‘oniston o‘zining eng yangi tarixidagi muhim burilish davrini boshdan kechirayotganini aytdi. U shuningdek, afg‘on xalqi umummilliy murosaga erishish yo‘lida o‘zaro kelishuvlarga tayyor ekanini namoyish etishiga ishonch bildirdi.
«Tolibon» harakati vakillari Kobulda bo‘lib o‘tgan konferensiyada Afg‘oniston hukumatiga uch oylik muddatga o‘t ochishni to‘xtatish taklifi bilan murojaat qildi. Buning evaziga ular ilgari qo‘lga olingan harakatning 7000 jangarilarini ozod etishni talab qilishgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting