«toshkent metropoliteni» tegli maqolalar


Metropoliten «O‘zbekiston temir yo‘llari» tarkibidan chiqariladi
18 oktabr 2021, 10:28

Metropoliten «O‘zbekiston temir yo‘llari» tarkibidan chiqariladi

«Toshkent metropoliteni» kompaniyasi «O‘zbekiston temir yo‘llari» tarkibidan chiqariladi va Transport vazirligi tizimiga o‘tkaziladi. Metro temir yo‘llar tizimiga 2016 yilda o‘tkazilgan edi, undan oldin «Toshshahartransxizmat» tarkibiga kirardi.

“Olmazor” — “Sergeli” metro yo‘nalishida poyezdlar qatnovi vaqtincha to‘xtatiladi
23 sentabr 2021, 14:16

“Olmazor” — “Sergeli” metro yo‘nalishida poyezdlar qatnovi vaqtincha to‘xtatiladi

“Olmazor” — “Sergeli” yo‘nalishida poyezdlar qatnovi 25 sentabr soat 21:00 dan 26 sentabr soat 07:00 gacha vaqtincha to‘xtatiladi. Metropoliten yo‘lovchilari ushbu yo‘nalishda yo‘lga qo‘yiladigan avtobuslardan yo‘l kira xaqqisiz foydalanishi mumkin.

Toshkent metrosida yangi jadval joriy etilmoqda (yangilandi)
26 avgust 2021, 11:23

Toshkent metrosida yangi jadval joriy etilmoqda (yangilandi)

Poytaxt metrosining barcha liniyalari 30 avgustdan boshlab soat 05:00 dan 00:00 gacha ishlaydi. Shuningdek, metro yo‘nalishlarida kunning ayrim vaqtlarida poyezdlar qatnovi bo‘yicha yangi jadval joriy etiladi.

Toshkent metropoliteni 63,3 mln yevroga Rossiyada ishlab chiqarilgan 10 ta poyezd sotib oladi
13 iyul 2021, 20:17

Toshkent metropoliteni 63,3 mln yevroga Rossiyada ishlab chiqarilgan 10 ta poyezd sotib oladi

Toshkent metropoliteni uchun Rossiyada ishlab chiqarilgan 10 ta poyezd sotib olishga 63,3 mln yevro yo‘naltirilmoqda. Byudjetdan 8,7 mln yevro ajratilsa, qolgan mablag‘lar kreditlar hisobidan qoplanadi.

Toshkent elektr ta’minotidagi nosozlik sabab 3 ta metro bekatida svet o‘chdi
7 iyul 2021, 15:20

Toshkent elektr ta’minotidagi nosozlik sabab 3 ta metro bekatida svet o‘chdi

7 iyul kuni Toshkent shahar elektor taminoti tizimida yuzaga kelgan nosozlik sababli metropolitenining “Chilonzor”, “Yunusobod”, “O‘zbekiston” yo‘nalishlaridagi bekatlarida svet o‘chdi. Ma’lum qilinishicha, bu holatda poyezdlar harakati to‘xtamagan.

Yer osti metrosi qurilishida qariyb 900 mln so‘m talon-toroj qilingan — Transport prokuraturasi
5 iyul 2021, 13:34

Yer osti metrosi qurilishida qariyb 900 mln so‘m talon-toroj qilingan — Transport prokuraturasi

Toshkent metrosidagi nosozliklar ortidan Transport prokuraturasi metropoliten faoliyatini o‘rganib, inson omiliga bog‘liq bo‘lgan 650 ta kamchilikni aniqladi. Metrodagi muammolarni hal etish uchun davlat byudjetidan mablag‘ ajratilgani aytildi. Qolaversa, «Toshkent metropoliteni» yo‘lovchilar sonini oshirib, kunlik daromadni 560 mln so‘mga chiqarish, reklamadan tushadigan daromadni esa 6 oyda 4,1 mlrd so‘mga yetkazishni reja qilayapti.

Rahmonbek Usmonov Toshkent metropoliteniga rahbar etib tayinlandi
12 iyun 2021, 17:00

Rahmonbek Usmonov Toshkent metropoliteniga rahbar etib tayinlandi

Toshkentning sobiq hokimi va transport vazirining sobiq o‘rinbosari Rahmonbek Usmonov “O‘zbekiston temir yo‘llari” boshqaruvi raisi o‘rinbosari — Toshkent metropoliteni boshlig‘i etib tayinlandi.

Toshkent metropoliteni vaqt ko‘rsatuvchi tablosidagi «nojo‘ya yozuv» yuzasidan izoh berdi
15 aprel 2021, 12:00

Toshkent metropoliteni vaqt ko‘rsatuvchi tablosidagi «nojo‘ya yozuv» yuzasidan izoh berdi

Toshkent metropoliteni metro stansiyasidagi vaqt ko‘rsatuvchi tablosidagi «nojo‘ya yozuv» elektron soat darchasiga qilingan kiberhujum natijasida paydo bo‘ldi, deya xabar berdi Toshkent metropoliteni.

Metro eshigi ochiq holda harakatlanishiga sabab bo‘lgan uch xodim ishdan bo‘shatildi
10 aprel 2021, 21:35

Metro eshigi ochiq holda harakatlanishiga sabab bo‘lgan uch xodim ishdan bo‘shatildi

Metro poyezdi eshigi ochiq holda harakatlanishi ortidan olib borilgan o‘rganishlardan so‘ng harakat tarkibining mashinisti, elektr-chilangari va katta ustasi ishdan bo‘shatildi. Eletkrodepo rahbari o‘rinbosari oyligining 40 foizi miqdorida jarimaga tortildi, deya xabar qildi «Toshkent metropoliteni».

Metropoliten harakat vaqtida vagonlardan birining eshigi ochiq qolganini o‘rganishni boshladi
10 aprel 2021, 12:58

Metropoliten harakat vaqtida vagonlardan birining eshigi ochiq qolganini o‘rganishni boshladi

«Toshkent metropoliteni» vagonlardan birining eshigi yopilmay qolgani uchun kechirim so‘rab, xizmat tekshiruvi boshlanganini ma’lum qildi.

Toshkent metropoliteni «O‘zbekiston temir yo‘llari» tarkibidan chiqariladi
19 fevral 2021, 12:11

Toshkent metropoliteni «O‘zbekiston temir yo‘llari» tarkibidan chiqariladi

Toshkent metropoliteni «O‘zbekiston temir yo‘llari» tarkibidan chiqariladi. Shuningdek, Transport vazirligi Toshkent shahar transport boshqarmasi negizida Toshkent shahar transport bosh boshqarmasini tashkil etish rejalashtirilgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting