O‘tgan besh oy ichida poytaxt ko‘chalarida avtobuslar ishtirokida haydovchilari aybi bilan 35 ta YTH sodir bo‘lgan. Ularning 21 tasi avtobus ichida yo‘lovchilarning yiqilib, jarohat olishi bilan bog‘liq. Avariyalardan biri esa fuqaro o‘limiga olib kelgan.
Ramazon hayiti nishonlanishi munosabati bilan, Toshkent shahrida 13 may kuni jamoat transportlari yo‘nalishlar bo‘yicha soat 4:00 dan ish boshlaydi.
Toshkentda 11 may kuni Xristian dini «Ota-onalarni xotirlash» tadbirlari o‘tkazilishi munosabati bilan bir kunlik avtobus yo‘nalishlari tashkil etiladi
Toshkentda yo‘lovchi avtobusi bekat yonida turgan ikki piyodani urib yubordi. Yengil tan jarohati olgan piyodalar shifoxonaga yetkazilib, tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Toshshahartransxizmat aholidan velosiped yo‘llarini rivojlantirish va velosiped almashishni rivojlantirish bo‘yicha takliflari bilan o‘rtoqlashishini so‘radi. Mamlakatda hukumat qarori bilan velosipedchilar uchun xavfsiz muhit yaratish, velosiped marshrutlarining milliy tarmog‘ini rivojlantirish, Fransiya tajribasini o‘rganish va boshqa tadbirlar rejalashtirilgan.
1 yanvardan boshlab, Toshkent shahar jamoat transportlaridan foydalanishda naqd pul orqali to‘lov qilish tizimi o‘rniga, yagona transport kartasi joriy etilishi rejalashtirilmoqda. Bundan tashqari qog‘oz shaklidagi oylik yo‘l chiptalari ham bekor qilinadi.
Transport vazirligi Toshkent shahri uchun 300 dona elektrobus sotib olishni taklif qildi. 3 yil davomida xarid qilinadigan transportlarning umumiy qiymati 1 trln so‘m atrofida bo‘ladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting