Sentabr boshida Qizilqum cho‘llarida “Stixiya” elektron musiqa festivali bo‘lib o‘tdi. Bu yilgi tadbir o‘zida 10 dan ortiq davlatdan kelgan 2 mingdan ortiq ixlosmandlarni jamladi. Tashkilotchilarning so‘zlariga ko‘ra, Stixiya 2024-yilda yana Mo‘ynoqqa qaytadi. “Gazeta.uz” fotoreportaji.
Qiziltepa tumanidagi To‘dako‘l suv havzasi hududida 48 dona baliqni noqonuniy ovlagan fuqarolar aniqlandi. Ularga nisbatan 18 mln so‘m jarima hamda hayvonot dunyosiga yetkazilgan 11 mln so‘mdan ortiq zarar miqdori hisoblandi.
To‘dako‘l suv havzasida qora niqobdagi nazoratchi inspektorlar va baliqchilar o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga keldi. Viloyat IIB formadagi shaxslar «Ichki ishlar xodimi emasligi va egnidagi libosi, vazirlik shevroni hamda rezina tayoqlarni qayerdan olgani» o‘rganilayotganini ma’lum qildi. Holat yuzasidan JKning bezorilik moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi va To‘dako‘l ko‘lida rekreatsion ko‘llar hududi tashkil etiladi. Mazkur hududda ekoturistik obyektlar, ovchilik va suvda dam olish hududlari, 1200 o‘ringa mo‘ljallangan avtoturargoh hamda savdo hududi quriladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting