Dushanba kuni ertalab Ohangaron tumanida Cobalt va Isuzu avtobusi to‘qnashib ketdi. Birozdan so‘ng avtoulovlarda qisqa tutashuv sabab yong‘in chiqdi. Hodisa oqibatida vafot etganlar yo‘q, yong‘in o‘chirildi.
14−15 avgust kunlari Afg‘onistonning 22 ta harbiy samolyoti va 24 ta harbiiy vertolyoti O‘zbekiston havo hududiga kirgan va Termiz xalqaro aeroportiga majburiy qo‘ndirilgan. 15 avgustda Afg‘onistonning Embraer 314 harbiy samolyoti uni kuzatib borayotgan O‘zbekiston HHKning «MIG-29» samolyoti bilan to‘qnashib, har ikki samolyot Surxondaryo viloyati hududiga qulagan. Ularning uchuvchilari parashyut orqali yerga tushishgan.
Isroil va falastinliklar o‘rtasida aprel oyidan buyon davom etayotgan to‘qnashuvlar oqibatida 300 dan ortiq kishi jabrlandi. Falastinda 20 kishining o‘limi qayd etilgan. Dushanba kuni kechasi G‘azo sektoridan Isroilga 200 ta raketa zarbalari berildi. BMT bosh kotibi mazkur mojaroni tegishli rezolyutsiyalar, xalqaro huquq va ikki tomonlama kelishuvlar asosida hal etishga chaqirdi.
Tojikiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi chegara hududida nizoli vaziyat yuzaga kelib, ikkala tomon mahalliy aholisi bir-biriga tosh otdi. Umumiy 11 kishi jarohatlanganligi aytilmoqda. Tomonlar nizo kelib chiqishida bir-birlarini ayblashmoqda. Qirg‘izistonning 3 ta qishlog‘ida favqulodda vaziyat joriy etildi.
Samarqandda DAF yuk mashinasi va Lacetti to‘qnashuvi oqibatida yengil avtomobil haydovchisi va yo‘lovchisi hodisa joyida vafot etdi.
Qashqadaryo viloyatida Orlando yengil avtomobili “Yo‘l bering” yo‘l belgisiga va svetoforning taqiqlovchi chirog‘iga amal qilmagani sababli DAF yuk avtomashinasi bilan to‘qnashdi. YTH oqibatida ikki kishi voqea joyida vafot etdi va olti nafari esa olgan tan jarohatlari sababli kasalxonaga yotqizildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting