Buxoroda to‘yi bo‘lgan voyaga yetmaganlarning ota-onalari jarimaga tortildi. Bolalar ombudsmani nikoh yoshi talabining buzilishi bolaning ta’lim olish, sog‘lig‘ini saqlash hamda jismoniy kamol topish huquqlariga mutlaqo zidligini aytdi. Yil boshidan buyon sudlar tomonidan bu bo‘yicha 125 ga yaqin ish ko‘rib chiqilgan.
Qo‘qon shahrida kitobxon ikki yosh o‘z nikoh to‘yini “Amiri” kutubxonasida o‘tkazdi. “Bo‘lajak turmush o‘rtog‘imni shu kutubxonada uchratganman”, — deydi kuyov. Tadbirda shahar hokimi ham ishtirok etdi.
Namangandagi to‘yda kuyov o‘zi arabcha libos, jumladan kelin burqa kiygani uchun emas, balki diniy mazmundagi videolarni Telegram`da tarqatgani uchun jarimaga tortildi, deb ma’lum qildi Adliya vazirligi. Avvalroq IIVning mazkur xabaridagi tushunarsiz talqin sabab tarmoqlarda muhokamalar yuzaga kelgandi.
«Uylanishga sarf bo‘ladigan pulning hisobi chiqdi. Miqdorini aytmay, qo‘rqib ketasiz. Faqat bir narsani aytishim mumkin: hozir 25 daman. Sovxozda mexanizatorman, maoshim tuzuk. Tejamkorlik bilan jamg‘arsam, pulni to‘plash uchun yana 19 yil-u 9 oy kerak ekan […] Demak, 45 yoshimda nikoh to‘yimiz bo‘larkan».
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining «Gazeta.uz»ga ma’lum qilishicha, ijtimoy tarmoqlarda keng tarqalgan kuyov kelinni urgan to‘y shu yilning 6 iyunida Surxondaryoda bo‘lgan. Kuyovga mayda bezorilik bo‘yicha ma’muriy ish qo‘zg‘atildi. Er-xotin va ularning ota-onalari bilan «profilaktik suhbat» o‘tkazilgani aytildi.
20 sentabrdan to‘yxonalarda oilaviy tantana, to‘y, ma’raka va marosimlarni o‘tkazish 100 kishidan ko‘p bo‘lmagan hamda sanitariya va gigiyena talablariga qatiy rioya etgan holda o‘tkazilishiga ruxsat berildi.
Andijon viloyati hokimligi ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘lgan, go‘yo hokim Shuhrat Abdurahmonovning qizining to‘yida olinganligi tasvirlangan foto va video lavhalarga munosabat bildirdi. Hokimlikning so‘zlariga ko‘ra, chindan ham viloyat hokimi qizining to‘yi bo‘lgan, ammo tarmoqlarda tarqalgan aksariyat fotosuratlar hokimga aloqador emas.
Respublika maxsus komissiyasi 30 sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishi natijalariga ko‘ra, 1 oktyabrdan boshlab to‘yxonalarda to‘y o‘tkazishga ruxsat berilganligi haqida ma’lum qildi. Biroq bu xabar hech qaysi rasmiy manbalarda e’lon qilinmagan edi.
Tashkent City`da to‘y qilgan estrada xonandasi Voxidjon Isoqov MJTKning 54-moddasiga binoan BHMning 5 baravari miqdorida jarimaga tortildi. Ushbu miqdor moddaning 1-qismi bo‘yicha, ya’ni jamoat joylarida niqobsiz bo‘lgani uchun tayinlanadi. Pandemiya boshlanganidan beri O‘zbekistonda karantin qoidalarini buzgani uchun 619 mingdan ortiq fuqaro javobgarlikka tortildi.
«O‘tgan safar, oilaviy tadbirlarni 30 kishi ishtirokida o‘tkazishga ruxsat berganimizda, ko‘p joylarda, ayniqsa Toshkentda 70, 100, 150 kishigacha to‘plandi», — dedi Shavkat Mirziyoyev. Prezident to‘y va boshqa tadbirlarni o‘tkazishda qoidalarga rioya qilish zarurligini ta’kidladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting