Qashqadaryoda davlat organiga tegishli xizmat mashinasini davlat raqamisiz boshqargan haydovchi jarimaga tortildi. Avtomobil jarima maydonchasiga qo‘yildi.
Qashqadaryo viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari xizmat mashinasi ekanligi aytilayotgan Trailblazer haydovchisi YPX xodimlari ko‘z o‘ngida uchta yo‘l harakati qoidasini buzdi. Video internetda e’lon qilinganidan so‘ng, avtomobil jarima maydonchasiga qo‘yilgan. Mashina oynalari ham ruxsatsiz qoraytirilgani ma’lum bo‘ldi.
Surxondaryo viloyati Boysun tumani hokimi farmoyishi bilan texnik nosoz Captiva-2 xizmat avtomobili bepul tarzda tuman prokuraturasiga o‘tkazildi. Shundan so‘ng, hokimlik 398 mln so‘mlik Trailblazer mashinasini xarid qilish uchun shartnoma tuzgan. Biroq, hukumat qarori bilan tuman hokimlariga 270 mln so‘mgacha bo‘lgan xizmat avtomobilini xarid qilishga ruxsat etilgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting