«tramp» tegli maqolalar


Rossiya Saudiya Arabistoni va BAAni Putin va Trampning ehtimoliy uchrashuvi manzili sifatida ko‘rmoqda — Reuters
3 fevral 2025, 18:48

Rossiya Saudiya Arabistoni va BAAni Putin va Trampning ehtimoliy uchrashuvi manzili sifatida ko‘rmoqda — Reuters

Saudiya Arabistoni va BAA Rossiya tomonidan Donald Tramp va Vladimir Putin o‘rtasidagi uchrashuv uchun ehtimoliy joy sifatida ko‘rilmoqda, deb yozdi Reuters. Ikki davlat ham Putinni hibsga olish uchun order bergan Xalqaro jinoiy sud a’zosi emas.

Vashingtondagi aviahalokatda hech kim omon qolmadi — Tramp
30 yanvar 2025, 22:27

Vashingtondagi aviahalokatda hech kim omon qolmadi — Tramp

Vashingtonda yo‘lovchi samolyoti va harbiy vertolyot to‘qnashuvi oqibatida hech kim omon qolmadi, deb tasdiqlagan AQSh prezidenti Donald Tramp hodisani “dahshatli miqyosdagi fojia” deb atadi. Samolyot bortida 64 kishi (60 yo‘lovchi va to‘rt ekipaj a’zosi) bor edi.

TikTok AQShda bloklangach, bir necha soatdan so‘ng yana ishlay boshladi
20 yanvar 2025, 14:56

TikTok AQShda bloklangach, bir necha soatdan so‘ng yana ishlay boshladi

Yuklatilgan talabni bajarmagach, TikTok AQShda bloklandi va App Store hamda Google Play`dan olib tashlandi. Biroq Trampning platformani saqlab qolish haqidagi bayonotidan so‘ng kompaniya ishini qayta tikladi. Foydalanuvchilarga esa “Trampning harakatlari tufayli TikTok AQShga qaytdi!” degan xabar yo‘llandi.

Bitkoin kursi tarixda birinchi marta 80 ming dollardan oshdi
11 noyabr 2024, 11:48

Bitkoin kursi tarixda birinchi marta 80 ming dollardan oshdi

Donald Trampning AQSh prezidentlik saylovidagi g‘alabasi fonida bitkoin kursi o‘sishda davom etmoqda. 11-noyabr kuni kriptovalyuta kursi 81 ming dollardan yuqoriga ko‘tarildi. Tramp o‘zining saylov kampaniyasi davomida AQShni “sayyoraning kripto poytaxtiga” aylantirishga va’da bergandi.

WSJ: Tramp jamoasi Ukrainaning NATOga kirishini kamida 20 yilga muzlatishni taklif qildi
7 noyabr 2024, 13:24

WSJ: Tramp jamoasi Ukrainaning NATOga kirishini kamida 20 yilga muzlatishni taklif qildi

Donald Tramp jamoasi Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lish rejalaridan kamida 20 yilga voz kechmoqchi, deb yozadi WSJ. Bu Rossiya-Ukraina urushini tugatish bo‘yicha takliflarning bir qismidir. AQSh, shuningdek, Rossiyaning kelgusi tajovuzlarini to‘xtatish uchun Ukrainaga qurol berishni davom ettirishi mumkin.

Trampning respublikachilardan asosiy raqibi sifatida ko‘rilgan Ron Desantis prezidentlik kurashidan chiqdi
22 yanvar 2024, 11:56

Trampning respublikachilardan asosiy raqibi sifatida ko‘rilgan Ron Desantis prezidentlik kurashidan chiqdi

2023-yilda respublikachilar partiyasidan nomzodlik uchun kurashda Donald Trampga asosiy raqobatchi deb ko‘rilgan Ron Desantis prezidentlik kampaniyasini to‘xtatdi. Florida gubernatori o‘z tarafdorlarini Trampga ovoz berishga chaqirdi.

Jahon yangiliklari dayjesti
29 oktabr 2021, 22:10

Jahon yangiliklari dayjesti

Jo Baydenning Rim papasi bilan uchrashgani, Ilon Masking insoniyatni Marsga o‘z hisobidan olib bormoqchi ekani, AQShning Tramp siyosatidan jabr chekkan migrantlarga 1 mlrd dollardan pul to‘lamoqchiligi, Finlyandiyada gazetaning uch jurnalisti davlat sirlarini oshkor qilishda ayblanayotgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Jahon yangiliklari dayjesti
21 oktabr 2021, 21:59

Jahon yangiliklari dayjesti

Lukashenkoning Belarus konstitutsiyasi avtoritar xarakterga egaligini ta’kidlagani, Janubiy Koreya o‘zining ilk kosmik raketasini fazoga uchirgani, Latviyada 15 noyabrgacha lokdaun joriy qilingani, Donald Tramp o‘zining shaxsiy ijtimoiy tarmog‘ini yaratayotgani, Turk lirasi rekord darajada qadrsizlangani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Jahon yangiliklari dayjesti
22 fevral 2021, 21:27

Jahon yangiliklari dayjesti

Yaponiya bosh vazirining o‘g‘li rasmiylar bilan ovqatlangani uchun kechirim so‘ragani, Boeing’ning aviakompaniyalarga 777 laynerida parvozlarni to‘xtatib qo‘yishni maslahat bergani, AQSHda koronavirusdan vafot etganlar soni 500 mingdan oshgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Tramp o‘z mag‘lubiyatini to‘liq tan oldi
8 yanvar 2021, 12:14

Tramp o‘z mag‘lubiyatini to‘liq tan oldi

Donald Tramp saylovlar natijalarini qayta ko‘rib chiqilishiga erisha olmaganini tan oldi va asosiy e’tiborini hukumatni Jo Baydenga opshirishga qaratishini ta’kidladi. U Kongress binosiga hujum uyushtirganlarni qoralab, aybdorlar qonun oldida javob berishini ta’kidladi.

Tramp hokimiyatni Baydenga o‘tkazishga ko‘rsatma berdi
24 noyabr 2020, 11:59

Tramp hokimiyatni Baydenga o‘tkazishga ko‘rsatma berdi

AQSH prezidenti Donald Tramp o‘z shtabiga hukumatni topshirish bo‘yicha ko‘rsatma berganini aytdi. GSA rahbari Emili Myorfi Jo Bayden shtabiga AQSH ma’muriyati uning g‘alabasini tan olishga tayyor ekanligini anglatuvchi murojaat yubordi.

Jahon yangiliklari dayjesti
20 noyabr 2020, 21:19

Jahon yangiliklari dayjesti

Donald Trampning qizi Ivankaga nisbatan tergov ishlari, Armaniston poytaxtida bosh vazirga qarshi namoyishlar, Seulda koronavirusning uchinchi to‘lqini boshlangani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Sud Trampning saylovlar bo‘yicha da’vosini qabul qildi
13 noyabr 2020, 14:12

Sud Trampning saylovlar bo‘yicha da’vosini qabul qildi

Pensilvaniya apellyatsiya sudi pochta orqali yuborilgan ovozlarni hisoblash bo‘yicha amaldagi prezident Donald Trampning da’vosini qabul qildi. Unga ko‘ra, Pensilvaniya shtatida o‘n minglab saylov byulletenlarida keltirilgan saylovchilar o‘zlarini tasdiqlamaganlari sababli byulletenlar rad etildi.

AQSH prezidentlik saylovlarida Jo Bayden yetakchilik qilmoqda
5 noyabr 2020, 12:05

AQSH prezidentlik saylovlarida Jo Bayden yetakchilik qilmoqda

AQSH prezidentlik saylovlarida Jo Bayden eng muhim Viskonsin va Michigan shtatlarida g‘olib bo‘ldi. Donald Tramp ushbu shtatlardagi ovozlarni hisoblash bo‘yicha shikoyat qilmoqchi. Jo Bayden g‘alaba qozonishi uchun saylovchilar kollegiyasining yana 6 ta ovozini olishi kifoya. 4 ta shtatdagi natijalar e’lon qilinishi kutilmoqda.

Jahon yangiliklari dayjesti
20 oktabr 2020, 20:23

Jahon yangiliklari dayjesti

BAA va Isroil o‘rtasidagi vizasiz rejim, koronavirusga qarshi antitanalarni ishlab chiqarishni to‘xtatadigan omillar, Gretsiya va Turkiya chegarasida devor qurilishi va boshqa yangiliklar — “Gazeta.uz"ning jahon yangiliklari dayjestida.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting