Toshkentliklar 1947-yildan trolleybuslardan foydalana boshlagan. Poytaxt bu transport turi bilan 2010-yil 30-aprelida xayrlashgandi. Hozir esa bir vaqtlar trolleybuslar yurgan yo‘llarda elektrobuslar harakatlanmoqda. “Gazeta.uz” ayni bir joyda yurgan trolleybus va elektrobuslar suratlarini jamladi.
Hukumatning tramvay va trolleybus transportida yo‘lovchilarni tashish tizimi samaradorligini oshirish to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi. Unda xodimlarning malakasini oshirish, yo‘lkira haqini to‘lashning avtomatlashtirish va boshqalar ko‘zda tutilgan.
Urganch-Xiva-Urganch yo‘nalishidagi trolleybus harakati tiklandi. Qatnov yuqori kuchlanishli elektr simlari va transformatorlarida ta’mirlash ishlari olib borilgani hamda elektr energiyasi bo‘yicha yuzaga kelgan muammolar sababli 20-noyabrda to‘xtatilgandi.
Urganch va Xiva o‘rtasidagi trolleybus liniyasi nafaqat O‘zbekistondagi yagona ushbu turdagi jamoat transporti tizimi, balki dunyodagi ikkita shaharlararo liniyadan biri hisoblanadi. Noyabrdan boshlab kompaniyaning elektr energiyasidan qarzdorligi sababli mazkur yo‘nalishda mashinalar harakati to‘xtatilgan. «Gazeta.uz» respublikadagi eng yosh trolleybus tizimi hamda mamlakatning boshqa shaharlarida allaqachon tugatilgan tizimlar haqida hikoya qiladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting