Latent (yashirin) tuberkulyoz bo‘yicha skrining tekshiruvlari soni har yili 1 milliontaga, bemorlarni davolash qamrovi 21 ming nafargacha yetkaziladi. Mutaxassislar tomonidan o‘smirlar va kattalar rentgenologik, bolalar esa immunologik tekshiruvdan o‘tkaziladi.
Jahon miqyosida dorilarga moslashuvchan sil bilan kasallangan bemorlarning davolash samaradorligi 85 foiz, O‘zbekistonda esa 91 foizga teng. SSVning ma’lum qilishicha, mamlakatda xavf guruhiga kiruvchi aholi orasida kasallanish 2 marotaba, xastalik tufayli o‘lim holatlari 6 marotabaga kamaydi.
USAID tuberkulyozga qarshi kurashda yordam berish uchun Jizzax viloyatidagi tibbiyot muassasalariga qariyb $75 minglik asbob-uskunalar topshirdi. Ilgari boshqa viloyatlarga ham xuddi shunday jihozlar berilgandi.
24 mart — Butunjahon silga qarshi kurash kunida USAID Sog‘liqni saqlash vazirligiga 16 ta GeneXpert diagnostika uskunasini sovg‘a qildi. Ushbu tizimlar bir kun ichida sil kasalligini diagnostika qilish imkonini beradi, boshqa muqobillari esa natijalarni 80 kunda chiqarib beradi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting