Qashqadaryo viloyatida 19 yoshli ayol egizak farzand tuqqanidan so‘ng 8 kun o‘tib, ahvoli yomonlashib, reanimatsion davo tadbirlariga qaramasdan vafot etdi.
Sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov homilador ayollarga davlat tomonidan dori-darmon uchun yetarli mablag‘ ajratilayotgan bo‘lsa-da, ularga ro‘yxat yozib berilayotganini va tug‘ilishlarning aksariyati kesarcha kesish yo‘li bilan bo‘layotganini tanqid qildi.
Ko‘kdala tumanidagi tug‘ruqxonada elektr yo‘qligi sabab chaqaloqlar va ularning onalari sovuqda qolgani aytilmoqda. «Hech bo‘lmasa, shifoxonaga „svet“ beringlar», — deydi ayollar. Biroq tuman hokimligi isitishda uzilish bo‘lmaganni aytib, generatorni ishga tushirmagan xodimlarga chora ko‘rilganini ma’lum qildi.
Tarmoqlarda Namanganning Chortoq tumanidagi tug‘ruqxonalardan birida 10 dan ortiq ayol bir bo‘limda (aslida 3 nafardan ko‘p bo‘lishi mumkin emas) chaqalog‘i bilan yotgani aks etgan video tarqaldi. Natijada SSV mazkur holatga o‘z vaqtida chora ko‘rmagan tibbiyot birlashmasi rahbarini ishdan bo‘shatdi.
Tarmoqlarda Yangibozor tumanida 24 yoshli ayol shifokorlarning aybi bilan vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat SSBga ko‘ra, ayol tug‘ruq jarayonidagi operatsiyadan keyin viloyat tez tibbiy yordam markaziga o‘tkazilgan. Ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay, o‘sha yerda vafot etgan.
Toshkent shahridagi 1-sonli tug‘ruqxonada Yangiyo‘l tumanida ro‘yxatda bo‘lgan homilador ayolni qabul qilishmadi. Vaziyat o‘rganilgach, poytaxt sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari va tug‘ruqxona kompleksining bosh shifokori ishdan bo‘shatildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting