Turkiyaning O‘zbekistondagi elchisi sifatida 2021-yil martdan beri ishlab kelgan Olgan Bekar mamlakatdagi o‘z diplomatik missiyasini yakunlamoqda.
Toshkent hokimi Shavkat Umurzoqov va Turkiya elchisi Olgan Bekar poytaxt ko‘chalaridan biriga Turkiyaning birinchi prezidenti Mustafo Kamol Otaturk nomini berish, turk maktabini kengaytirish va turk bog‘i barpo etish masalalarini muhokama qildi. Otaturk ko‘chasini qayta tiklash rejalari 2022-yilda boshlangandi.
2023-yil 6-fevral: bu sanada Turkiya kuchli zilzilalardan larzaga keldi va ofat 53,5 ming kishining o‘limiga sabab bo‘ldi. Hodisa 14 millionga yaqin inson hayotiga bevosita ta’sir ko‘rsatdi. “Gazeta.uz” kun munosabati bilan fojiani yodga oladi, oradan ikki yil o‘tgach, nimalar o‘zgarganiga nazar soladi.
Anqaradagi vazirlar uchrashuvi yakunida O‘zbekiston, Ozarbayjon va Turkiya bir-birining suverenitetiga tahdidlarga qarshi birgalikda kurashish va savdoni soddalashtirish choralarini ko‘rish niyatida ekanini ta’kidladi. O‘zbekistonga O‘rta koridor orqali yuklarni tashishda yordam berishga tayyorlik bildirildi.
Turkiyada qalbaki spirtli ichimlik iste’mol qilish oqibatida vafot etgan o‘zbekistonliklar soni 23 nafarga yetdi. Ularning orasida ikki nafar ayol ham bo‘lgan.
Turkiyaning Bolu muzofotidagi yong‘in oqibatida halok bo‘lganlar soni 76 kishiga yetdi, 52 kishi jarohat oldi. Ish doirasida 9 kishi, jumladan, mehmonxona egasi ham qo‘lga olindi. Mamlakatda bir kunlik milliy motam e’lon qilingan.
O‘zbekiston prezidenti Turkiyaning Bolu provinsiyasidagi kurort mehmonxonasida yong‘in chiqqani va kamida 66 kishi halok bo‘lgani yuzasidan mamlakat yetakchisiga ta’ziya yo‘lladi.
Turkiyada tog‘-chang‘i kurortidagi mehmonxonada chiqqan yong‘in qurbonlari soni 66 taga yetdi, 51 kishi jarohatlangani ma’lum bo‘ldi. Tergov doirasida 4 kishi, jumladan, biznes egasi ham qo‘lga olingan.
Turkiyadagi Kartalkaya tog‘-chang‘i kurortida mehmonxonada yong‘in chiqishi oqibatda 10 kishi halok bo‘ldi, 32 kishi jarohatlandi. Hodisa vaqtida binoda 234 nafar mehmon bo‘lgan. Yong‘in sababi hozircha noma’lum.
Toshkent xalqaro aeroportida ikki qizni Turkiyaga fohishalikka yubormoqchi bo‘lgan ayol ushlandi. U 21 yoshli qizlarni aldab, katta pul topishga ishontirgan.
Odam savdosida ayblanib qidiruvda bo‘lgan 34 yoshli ayol Turkiyadan O‘zbekistonga deport qilindi. U fuqarolarning hujjatlarini olib qo‘ygan va shahvoniy maqsadlarda sotib yuborgan.
Turkiyada qalbaki spirtli ichimlik iste’mol qilish oqibatida yana 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi. Vafot etganlarning umumiy soni 17 taga yetdi, 5 kishi bo‘lsa Istanbulda jonlantirish bo‘limida qolmoqda.
Turkiyada qalbaki spirtli ichimlik iste’moli oqibatida yana 4 nafar O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi. Shunday qilib, vafot etganlar soni 14 tani tashkil etmoqda. Shuningdek, Istanbuldagi shifoxonalarda 3 o‘zbekistonlik jonlantirish bo‘limida yotibdi.
Turkiyaning IC İçtaş İnşaat kompaniyasi O‘zbekistondagi pulli avtomobil yo‘llari qurilishida ishtirok etmoqchi. Bu borada Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi bilan anglashuv memorandumi imzolandi. Loyihani 2027−2030-yillarda amalga oshirish rejalashtirilgan.
Turkiyada qalbaki alkogoldan zaharlanish oqibatida vafot etgan o‘zbekistonliklar soni oshdi. Istanbuldagi bosh konsulxona 11 kishi halok bo‘lgani haqida xabar berdi, ammo keyinroq so‘nggi qurbon haqidagi xabar o‘chirib tashlandi.
Turkiyaning Istanbul shahrida 35−40 yosh atrofidagi 6 nafar O‘zbekiston fuqarosi qalbaki spirtli ichimlik iste’moli oqibatida zaharlandi va vafot etdi. Bosh konsulxona mamlakatdagi o‘zbekistonliklarga murojaat qildi.
Turkiyaning Tekirdag‘ viloyatidagi bolalar uyida bo‘lgan 15 yoshli bola buvisi hamrohligida vatanga qaytarildi. Unga muassasadan qochgani uchun qidiruv, buvisiga esa uni “tashkillashtirgani” uchun ayb e’lon qilingan. Istanbuldagi bosh konsulxona va tegishli tashkilotlar ko‘magida ayblovlarni rad etishga erishilgan.
O‘g‘rilikda ayblanib qidiruvda bo‘lgan 26 yoshli ayol Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi. Undan jabr ko‘rgan fuqarolardan konsullik yoki IIVga murojaat qilish so‘raldi.
AQSh Turkiya kuchlarining Suriya chegarasida to‘planayotgani va Anqaraning Suriya kurdlari yerlariga bostirib kirishi ehtimolidan xavotirda, deb yozdi WSJ. Harbiylar va artilleriyani ko‘paytirish Bashar Asad rejimi qulaganidan keyin boshlandi.
Migratsiya agentligi va Kalyon Insaat turk qurilish kompaniyasi 1410 nafar O‘zbekiston fuqarosini Turkiyadagi yirik loyihalarga ishga joylashtirishga kelishib oldi. Dastlabki 20 mutaxassis ishga kirishish uchun Istanbulga jo‘nab ketdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting