Ertalab Toshkent aholisi shaharning ayrim hududlarida quyuq tutunning guvohi bo‘ldi. IQAir reytingida O‘zbekiston poytaxti yana havo ifloslanishi bo‘yicha jahon yetakchilari qatoriga kirdi. 1-martdan aholini havo ifloslanishi haqida xabardor qilish tizimi ishga tushishi kerak edi, biroq u hozircha e’lon qilinmadi.
Toshkentdagi “Kosmonavtlar” metro bekatiga yaqin hududni quyuq tutun qopladi. Videolarda tutun yer ostidan chiqayotganini ko‘rish mumkin. Metropoliten va “HET” bunga elektr kabellaridagi qisqa tutashuv sabab bo‘lganini ma’lum qildi.
Chorshanba oqshomida Toshkentni tutun va kuchli kuyindi hidi qamrab oldi. Rasmiylar hozircha vaziyatga izoh bergani yo‘q. Aholining taxminicha, tutun shahar tashqarisidagi dalalardan bostirib kelmoqda.
Chiroqchi tumandagi Xo‘ja Abdujabbor qishlog‘ida yer ostidan olov va tutun chiqayotgani haqidagi xabarlarga Qashqadaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi munosabat bildirdi. Dastlabki o‘rganishlarga ko‘ra, ushbu holat yer ostida qolib ketgan qamishlar qizishi va chirishi natijasida yuzaga kelgan. Holat geologlar yordamida o‘rganilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting