Tesla va SpaceX asoschisi, milliarder Ilon Mask uzoq davom etgan murosasiz fikrlardan so‘ng Twitter`ni sotib oldi. Tadbirkor dastlab aprel oyida kompaniyaga ega chiqish istagini bildirgandi.
Toshkentning ayrim hududlarida bir necha kundan buyon elektr energiyasi va suv yo‘qligi haqida ijtimoiy tarmoqlarda turli fikrlar bildirilmoqda. Ulardan eng qiziqarlilarini «Gazeta.uz» yig‘ib chiqdi.
Toshkentning «Paxtakor» futbol klubi 2020 yilda eng ko‘p zarar ko‘rgan 10 ta davlat korxonalari reytingiga kirdi. Klub o‘tgan yilda 82,7 mlrd so‘m zarar ko‘rgan. Twitter tarmog‘ida ushbu holat yuzasidan turli xil fikrlar bildirildi. «Paxtakor» futbol klubi oxirgi yillarda davlat byudjetidan mablag‘ olmaganligini ta’kidladi.
Toshkent metropolitenining «Novza» bekati yaqinida poyezd vagoni texnik nosozlik oqibatida to‘xtab qoldi. Twitter tarmog‘ida ushbu holat yuzasidan turli xil fikrlar bildirildi. «Gazeta.uz» ushbu tvitlardan eng qiziqlarini to‘pladi.
Samarqand viloyati Nurobod tumanidagi mahalla aholisi norozilik sababli deyarli 1500 bosh qo‘yni tuman hokimligi binosiga haydab keldi. Twitter tarmog‘ida ushbu holat yuzasidan turli xil fikrlar bildirildi. «Gazeta.uz» ushbu tvitlardan eng qiziqlarini to‘pladi.
O‘zbekistonda koronavirusga chalinish holatlari so‘nggi kunlarda sezilarda ravishda oshdi. Jumladan, 14 mart kuni jami 111 ta, 15 mart kuni 65 ta yangi holat qayd etilgan. Shu sabab cheklovlar qisman qayta tiklana boshladi. Twitter tarmog‘i foydalanuvchilari esa bunga o‘z munosabatini bildirdi. Xushnudbek Xudoyberdiyev «erta-indin 650 mingta vaksina kelishini» aytgan bo‘lsa, boshqa bir foydalanuvchi buni «vaksinani sotishga tayyorgarlik shekilli», deya hazilga yo‘ygan.
Oliy ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov talabalar muammolarini o‘rganish uchun «talababay» ishlash yo‘lga qo‘yilganini ma’lum qildi. Shundan so‘ng, Twitter tarmog‘ida «bay» qo‘shimchasini qo‘shgan holda turli xil tvitlar yozildi. «Gazeta.uz» ushbu tvitlardan eng qiziqlarini to‘pladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting