Srechko Katanets futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyligidan ketdi. Uning sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar sababli O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan tuzilgan shartnoma bekor qilindi.
Davlat xavfsizlik xizmatining sobiq rahbari Abdusalom Azizov O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti lavozimini tark etdi. Ravshan Ermatov O‘FA rahbari vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
O‘FAning yil yakunlariga bag‘ishlangan kongressida Abbosbek Fayzullayev “Yilning eng yaxshi futbolchisi”, Husniddin Nishonov “Yilning eng yaxshi futzalchisi” va Diyora Habibullayeva “Yilning eng yaxshi ayol futbolchisi” deb e’tirof etildi. Timur Kapadze esa yilning eng yaxshi murabbiyi deb topildi.
O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatovning otasi, hakamlik va nazoratchilik faoliyati bilan o‘zbek futboli rivojiga hissa qo‘shgan Sayfiddin Ermatov 71 yoshida vafot etdi. U 1982-yilda tug‘ilgan futbolchilardan iborat O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi ham bo‘lgan.
O‘zbekistonning Parij-2024 Olimpiya o‘yinlariga boradigan tarkibidan 23 nafar futbolchi joy oldi, ularning soni bittaga kamayishi mumkin. Shuningdek, tarkibda 3 nafar 23 yoshdan katta futbolchi — Eldor Shomurodov, Oston O‘runov va Husniddin Aliqulovlar bor.
JCH-2026 saralash bosqichi doirasidagi O‘zbekiston — Gonkong o‘yini yakunlanganidan keyin maydonga yugurib chiqqan futbol muxlislari javobgarlikka tortildi. Osiyo futbol konfederatsiyasi holat uchun O‘FAni jarimaga tortdi.
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanetsning fikricha, uning futbolchilari JCH-2026 saralash o‘yinlarida Gonkongga qarshi yaxshi o‘yin ko‘rsatishdi. Futbolchi Eldor Shomurodov maydonning sifatsizligini qayd etib, OFKdan hamma uchun yagona talabni belgilashni so‘radi.
Championat.Asia O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi buxgalteri 350 ming dollarni o‘zlashtirib, Turkiyaga uchib ketgani haqida xabar berdi. O‘FA ushbu holatni o‘rganayotganini bildirdi va “hali tasdig‘ini topmagan ma’lumotlarni” tarqatmaslikni so‘radi.
Osiyo Futbol konfederatsiyasi Tartib-intizom qo‘mitasi O‘zbekiston U-20 yoshlar terma jamoasi futbolchisi Shaxriyor Jabborovning doping testida “taqiqlangan modda aniqlangani” sababli uni vaqtincha diskvalifikatsiya qildi.
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi tarixda ilk bor FIFA va UEFA shafeligidagi barcha turnirlardan chetlashtirilgan Rossiya bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi, shuningdek, Qozog‘iston terma jamoasi bilan ham uchrashadi.
«Lokomotiv» PFK futbolchisi Kaxi Maxaradze va erkin agent Yevgeniy Kochnev 2 gruziyalik bilan kelishib, totalizator hamda kelishilgan o‘yinlarda ishtirok etgani uchun O‘FA ikki futbolchini o‘yinlardan 5 va 3 yilga chetlashtirdi. Ular jarima ham to‘laydi.
Adliya vazirligi O‘zbekiston futbol hakamlari markazini ro‘yxatdan o‘tkazdi. Markaz mamlakat hududida futbol musobaqalarini boshqaruvchi hakamlar faoliyatini nazorat qilish va ularni tayyorlash bilan shug‘ullanadi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasining sobiq futbolchisi Odil Ahmedov O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi vitse-prezidenti etib saylandi. Shuningdek, u O‘FA Ijroiya qo‘mitasining a’zoligiga ham tasdiqlandi.
DXX raisi Abdusalom Azizov O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti lavozimiga qayta saylandi. Ravshan Ermatov birinchi vitse-prezident etib saylandi.
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasiga sloveniyalik mutaxassis Srechko Katanets murabiiylik qiladi. U bilan shartnoma 2025 yilga qadar mo‘ljallangan.
O‘FA kongressida O‘zbekiston terma jamoasining Jahon chempionatiga chiqa olmagani sabablari muhokama qilindi. O‘FA rahbariyati terma jamoa mag‘lubiyatini alohida ko‘rib chiqib, hisobot berishini ma’lum qildi.
O‘FA rahbari Abdusalom Azizov futbolda ko‘p narsa yo‘qotilgani, ayrim insonlar buni biznes qilib yuborganini ta’kidladi. Shuningdek, O‘FA rahbari boshqa futbol klublarining maoshlarini ham ochiqlashi haqida aytib o‘tdi.Mana, kecha «Paxtakor» klubi maoshlarini ochiqladik, boshqa klublarning ham maoshlarini ochiqlaymiz", — deya ma’lum qildi u.
«Nasaf» futbol klubi 50 million so‘mga jarimaga tortildi. Bunga klub 2020 yil futbol mavsumida hakamlarni o‘z tomoniga moddiy manfaatdor qilish evaziga og‘dirishga uringanligi sabab etib ko‘rsatildi.
O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan 2021 yilgi futbol uchrashuvlarida VAR tizimidan foydalanish ruxsat berildi.
2022 yilda O‘zbekistonda U-23 Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi. Avval bu musobaqani Xitoy o‘tkazishi kerak edi, ammo turli muammolarga ko‘ra bundan voz kechdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting