Ukrainada ayni paytda 4300 nafar O‘zbekiston fuqarosi bo‘lib turibdi, ular ro‘yxati yanada aniqlashtirilmoqda, deya xabar qildi TIV. Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, jabrlanganlar orasida o‘zbekistonliklar yo‘q.
Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Rostov-na-Donu va Krasnodar aeroportlari yopilgani munosabati bilan ushbu shaharlarga parvozlarni bekor qildi.
NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg NATO Ukrainada alyans kuchlarini joylashtirish niyatida emasligini ma’lum qildi. Shu bilan birga, NATO davlatlari alyansning mudofaa rejalarini amalga oshirishga qaror qilgani bildirdi.
Ukraina Qurolli kuchlari rus qo‘shinlarining yettinchi samolyoti urib tushirilganini ma’lum qildi. Shuningdek, hujumlar oqibatida 40 dan ortiq ukrain askarlari halok bo‘lgani, o‘nlab kishilar yaralanganini aytilmoqda. Kiyevda esa kuchli portlashlar eshitilgani xabar qilindi. Ukraina atrofidagi vaziyat bo‘yicha boshqa yangi xabarlar.
Ukrainada hujumlar natijasida kamida 40 nafar harbiy xizmatchining halok bo‘lgani, 10 dan ziyod kishining jarohatlangani ma’lum qilindi. Jumladan, Kiyev viloyatining Brovari shahridagi harbiy shaharchaga uyushtirilgan aviahujum natijasida bir kishi qurbon bo‘ldi, olti kishi jarohatlandi, Sumi viloyatida esa avtomobil o‘qqa tutilishi natijasida bolali ayol jarohatlandi.
Ukraina Oliy Radasi mamlakatda harbiy holat e’lon qilishga ovoz berdi. Ayni paytda Kiyev va boshqa shaharlarda bombapanohlar ochilgan. Ukrainadagi vaziyat.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting