«universitet» tegli maqolalar


Farg‘ona viloyatidagi ayrim oliygohlar negizida uchta yangi universitet tashkil etiladi
29 yanvar 2025, 15:46

Farg‘ona viloyatidagi ayrim oliygohlar negizida uchta yangi universitet tashkil etiladi

Farg‘ona politexnika instituti va TATU Farg‘ona filiali negizida Farg‘ona davlat texnika universiteti tashkil qilinadi. Yana uchta oliygoh negizida esa Qo‘qon davlat universiteti ochiladi.

Qarshi davlat texnika universiteti tashkil etiladi
12 dekabr 2024, 12:10

Qarshi davlat texnika universiteti tashkil etiladi

Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, TATU Qarshi filiali va TKTI Shahrisabz filiali negizida Qarshi davlat texnika universiteti tashkil etiladi. Mazkur oliygohlar talabalari o‘qishini yangi OTMda davom ettiradi.

O‘zbekistonda Yaponiya bilan hamkorlikda xalqaro universitet ochiladi
30 oktabr 2024, 20:07

O‘zbekistonda Yaponiya bilan hamkorlikda xalqaro universitet ochiladi

O‘zbekistonda Yaponiyaning Sukuba universiteti ko‘magida yangi xalqaro universitet ochilishi mumkin. Universitet rektori Nagata Kyosuke vazirliklar rahbarlari bilan uchrashuvda yangi universitet uchun qo‘shma ta’lim dasturlarini ishlab chiqish va o‘qitishga yangi texnologiyalarni joriy etish masalalarini muhokama qildi.

Toshkentdagi metro yaqinida joylashgan OTMlarda darslarning boshlanish vaqtlari e’lon qilindi
30 avgust 2024, 10:52

Toshkentdagi metro yaqinida joylashgan OTMlarda darslarning boshlanish vaqtlari e’lon qilindi

Toshkent shahridagi metro bekatlariga yaqin 27 ta OTMda dars jarayonining boshlanish vaqti belgilandi. Grafik metropolitenda yo‘lovchi oqimini to‘g‘ri taqsimlash, talabalarning o‘z vaqtida darslarga yetib borishi uchun qulaylik yaratish maqsadida tuzilgan.

Saudiya Arabistonining Qirol Abdulaziz universiteti bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi
19 avgust 2022, 16:59

Saudiya Arabistonining Qirol Abdulaziz universiteti bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekistonda Qirol Abdulaziz universiteti bilan hamkorlikda yangi markaz tashkil etiladi. Batafsil muhokamalar universitet delegatsiyasining oktabr oyida Toshkentda o‘tkaziladigan InnoWeek-2022 doirasidagi tashrifi chog‘ida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilmoqda.

Navoiy va Samarqandda 2 ta universitet tashkil etildi
4 aprel 2022, 10:10

Navoiy va Samarqandda 2 ta universitet tashkil etildi

Prezident qarori bilan Navoiy davlat konchilik instituti Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti etib qayta tashkil etildi. Samarqandda esa veterinariya meditsinasi instituti negizida yangi Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti ochildi.

Irrigatsiya instituti Milliy tadqiqot universitetiga aylantirildi
13 dekabr 2021, 15:38

Irrigatsiya instituti Milliy tadqiqot universitetiga aylantirildi

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti shu nomdagi Milliy tadqiqot universitetiga aylantirildi. Yangi yildan boshlab universitet o‘z-o‘zini moliyalashtirish tizimiga o‘tadi va 2022/2023 o‘quv yilidan to‘liq ilmiy va tashkiliy, boshqaruv mustaqilligiga ega bo‘ladi. Universitet ishini esa Boshqaruv kengashi muvofiqlashtiradi.

5 ta OTM vaqtinchalik masofaviy ta’limga o‘tdi
21 aprel 2021, 19:35

5 ta OTM vaqtinchalik masofaviy ta’limga o‘tdi

Samarqand davlat universiteti, Jismoniy tarbiya universiteti, Jahon tillari universiteti, Sharqshunoslik universiteti va Samarqand chet tillar instituti masofaviy ta’lim tizimiga o‘tdi. O‘qituvchi va talabalar orasida COVID-19 infeksiyasi aniqlanmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting