Toshkentdagi Xalqaro jaz festivalining barcha konsertlarini ochiq havoda o‘tkazish tashabbusi shahar ahliga o‘zining ijobiy ma’noda yashirin jihatlarini kashf etish imkonini berdi. Bunday tadbirlar nimasi bilan muhim va qanday qilib ularni yanada yaxshiroq qilish mumkin — Sabina Bakayeva shu haqda mushohada yuritadi.
Toshkentda, nihoyat, ko‘chalar o‘rtasida avtobus yo‘laklari tashkil etiladi. Unda 5 ta seksiyali 32 va 35 metrli avtobuslar harakatlanishi rejalashtirilgan, dedi Transport vazirligi vakili. Infratuzilma yukini kamaytirish uchun poytaxtga kiraverishda 12 ta yangi ekspress yo‘nalishni yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilgan.
Toshkent endi odamlar yo mashinalar shahri emas, balki o‘lim shahri. Ko‘chada yo‘l harakatining barcha ishtirokchilarini xavf kutadi. Aholi hayotini saqlaydigan poytaxtni qurish vaqti keldi, deb yozadi so‘nggi ikki kunda turli transport vositalarida bir necha YTHlar guvohi va ishtirokchisiga aylangan Sabina Bakayeva.
Urbanist Iskandar Soliyev Respublika bolalar kutubxonasi yonidagi chorrahani rekonstruksiya qilish konseptini taklif etdi. “Avval piyodalarga, keyin velosiped va samokatlar, so‘ngra avtomobillarga ustuvorlik beriladi. Aslida ham shunday bo‘lishi kerak”, — dedi u. Hozir chorrahada mashinalar gavjum.
Toshkentda 12 ta yangi yo‘l o‘tkazgich qurish rejalashtirilmoqda. Bunga xalqning o‘nlab trillion so‘m mablag‘lari sarflanadi. Ko‘prik va tunnellar ulkan maydonlarni egallab, shaharni parchalab tashlaydi va kattaroq transport muammolarini keltirib chiqaradi. Buni yangi qurilgan yo‘l o‘tkazgichlar misolida ko‘rsatamiz.
Prezident matbuot xizmati “Gazeta.uz”ning shahar markazida yo‘l o‘tkazgichlar qurib bo‘lmasligi haqidagi maqolasiga munosabat bildirdi. “Agarda shunday loyiha bo‘lsa, uni ishlab chiqishga eng yaxshi mutaxassislar jalb qilinadi va jamoatchilik fikri inobatga olinadi”, — dedi prezident matbuot kotibi.
Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev mamlakat poytaxtining ichimlik suvi taqchilligi, issiqlik ta’minoti, kanalizatsiya va “bir xil ko‘rinishdagi quti binolar bilan to‘ldirilgan” me’moriy ko‘rinishi bilan bog‘liq muammolarini sanab o‘tdi. Bularning aksariyati Toshkentga ham taalluqli.
Jazirama yoz kunlari ochiq suv havzalarida cho‘milishning paytiligiga qaramay, so‘nggi yillarda Toshkentda fuqarolar uchun birorta ham suv havzasi barpo etilmadi, borlari ham yo‘q qilindi. XX asr shaharsozlari qanday qilib Toshkent iqlimiga mos obyektlar qurgan va nima uchun suv havzalarini qaytarish kerak?
Toshkentda chim ustida yurish va maysalar ustida dam olishga haligacha sovetcha ruhda javob beriladi: “Mumkin emas”. Lekin baribir shaharda bunga ruxsat berilgan joylar paydo bo‘lmoqda. “Gazeta.uz” maysa ustida dam olish mumkin bo‘lgan joylarni qidirib, poytaxtni aylanib chiqdi. Biz o‘zimiz bilan mashhur arxitektor Kristofer Aleksandrning “Shablonlar tili” kitobini ham oldik — undagi g‘oyalar rasmiylar odamlarga maysazorda dam olishni nima uchun taqiqlamasligi kerakligini tushunishga yordam beradi.
«Gazeta.uz» tanqidiga uchragan Navoiy ko‘chasini rekonstruksiya qilish loyihasi rossiyalik ekspertlar Arkadiy Gershman va Aleksandr Devyatkin ishtirokida qayta ko‘rib chiqildi. Asosiy tamoyillar — piyodalar xavfsizligi va jamoat transportining ustuvorligi etib belgilandi. Ilk marotaba rasmiylar tomonidan 50 km/soat tezlik shahar uchun eng maqbul deb tan olindi. Hokimiyat yangilanayotgan barcha ko‘chalarda bir xil usullardan foydalanishga va’da bermoqda.
5 yil oldin Toshkent tramvayining 115 yillik tarixi o‘z nihoyasiga yetdi. Tramvay liniyalarining yopilishidan oldin poytaxt qanday ko‘rinishda edi va bugun ularning o‘rnida nimalar paydo bo‘lgan — “Gazeta.uz"ning maxsus fotojamlanmasida.
Rossiyaning SIMETRA transport kompaniyasi Samarqand transport tizimini barqaror rivojlantirish rejasini ishlab chiqadi. Jamoat transporti bo‘yicha mutaxassis Vladimir Valdin «Gazeta.uz»ga bergan intervyusida bosh reja nimaligi, barcha postsovet shaharlarining umumiy muammolari, Samarqand va Toshkentdagi jamoat transporti bilan bog‘liq vaziyat haqida gapirib berdi.
Avtomashina g‘ildiraklari ostida qolib, halok bo‘layotgan bolalar haqidagi xabarlar kam emas. Ko‘plar bu kabi yo‘l transaport hodisalarida faqat haydovchilar va farzandlariga «ko‘z-quloq» bo‘lmagan ota-onalarni ayblashadi. Ammo yo‘llardagi o‘limning yuqori darajasi — bu noto‘g‘ri qurilgan muhit natijasidir. Turar joylardagi hovlilar qanday bo‘lishi kerak va halokatli yo‘l transport hodisalarini qanday kamaytirish mumkin?
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting