Amudaryo ustidan o‘tuvchi yangi ko‘prikda Urganch — Qo‘ng‘irot yo‘nalishida poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Qatnovlar 20-yanvardan boshlanishi kutilmoqda.
Urganchlik 41 yoshli shaxs kelgusida sotish maqsadida o‘z uyida 2,9 mlrd so‘mlik 64 452 dona noqonuniy dori vositalarni saqlab kelgani ma’lum bo‘ldi. Hozirda fuqaro ustidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, tergov ketmoqda. Uning aybi tasdiqlansa, fuqaro 5−8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.
Yandex Go taksi xizmati Xorazm viloyatining Urganch va Xiva shaharlarida ish boshladi. Sayohatlar uchun yo‘l haqi naqd yoki ilovaga bog‘langan karta orqali to‘lanadi, minimal narx 2500 so‘mdan boshlanadi.
Urganch tumanida gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, 3,3 mlrd so‘mlik 2 mln 249 ming metr kub gazni yashirin ravishda o‘g‘irlagan parrandachilik fermasi aniqlandi.
Shavkat Mirziyoyev Urganchdan Termiz, vodiy viloyatlari, Samarqand, Buxoro hamda Sankt-Peterburg, Madrid, Frankfurt, Pekin va Urumchiga aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishini ma’lum qildi. Shuningdek, Urganchdan Xiva va Xonqaga elektrobus qatnovi tashkil etiladi.
Ijtimoiy tarmoqlarda otasi urgan bolaning yuzi va boshida ko‘karish hamda chandiqlar borligi aks etgan video tarqaldi. IIV voqea Urganch shahrida bo‘lganini va holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruvlar boshlanganini ma’lum qildi.
4-dekabr kuni ertalab Urganchni qalin tuman qopladi. Bunday ob-havo tufayli ikkita aviareys kechiktirildi. Soat 10 ga kelib, tuman tarqadi. Fotograf Azamat Matkarimov tongda tumanli shaharni aylandi.
Ijtimoiy tarmoqlarda bir guruh aholi noma’lum shaxsni voyaga yetmagan qizga tegajog‘lik qilish va uni o‘g‘irlashda uringanlikda ayblayotgan video tarqaldi. Xorazm viloyati IIB xabariga ko‘ra, gumonlanuvchi 43 yoshli erkak bo‘lib, u ruhiy-asab kasalliklar dispanserida ro‘yxatga olingan.
Urganch shahri IIO FMB boshligʻi YTH oqibatida vafot etdi. Mashina yoʻlning qatnov qismidan chiqib ketib, beton ustunga urilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.
Hukumat qarori bilan Termiz davlat pedagogika institutiga Azizbek Xasanov rektor bo‘ldi. Urganch davlat pedagogika institutini esa Feruza Madraximova boshqaradi.
Urganch shahrining sobiq hokimi Shuhrat Abdullayev mansab soxtakorligi va yer berish tartibini buzish bilan aybdor deb topilib, 3 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.
Xorazm viloyatining Urganch shahri va tumanlarida erta tongda chang aralash kuchli shamol kuzatildi. Ayrim tumanlarning elektr ta’minotida uzilishlar yuzaga keldi.
YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzade Xorazmdagi mehribonlik uyi qizlarining jinsiy ekspluatatsiya qilingani haqidagi xabarlardan xavotirini bildirdi. U bolalarni jinsiy zo‘ravonlikdan himoyalash va muqobil parvarish standartlarini yaxshilash uchun harakat qilishga chaqirdi.
Qishki ta’til kunlari uzaytirilishi munosabati bilan Toshkent-Termiz va Toshkent-Urgancha yo‘nalishida 21−22 yanvar kunlari qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi.
Urganchda «Chorvanasl» markazi mutaxassisi fuqaroning 50 gektar yerini yangi fermer xo‘jaligi tarkibida qayta rasmiylashtirib berish evaziga $60 ming olganida ushlandi. Voqeaga aloqador tuman hokimi o‘rinbosari ham $43 ming pora bilan qo‘lga olindi. Gumondorlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Urganchda Jaloliddin Manguberdi yodgorlik majmuasi ochildi. 25 mertrlik haykalda sarkarda «tulpor jilovini mahkam tutib, yurt himoyasiga otlanib turgani tasvirlangan». Uning oldida Qur’oni karim oyatlari, sarkardaning shajarasi yozilgan, og‘irligi 32 kg, balandligi 30 sm bo‘lgan bitiktosh nusxasi o‘rnatilgan.
O‘zbekistonda 9 ta yangi muzey tashkil etiladi, ulardan 7 tasi Samarqanddagi «Muzeylar kvadrati»da joylashadi. Qo‘qonda Zamonaviy san’at muzeyi, Urganchda Lazgi muzeyi tashkil etiladi.
Urganchda kunduzi gavjum ko‘chada avtomobil haydovchisi shafqatsizlarcha o‘ldirib ketildi. Bir kishi qasddan odam o‘ldirishda, yana biri bezorilikda ayblanib hibsga olindi, bezorilikda ayblangan yana olti nafar shaxs tilxat asosida ozod qilindi.
Urganchda chorrahaga o‘rnatilgan reklama monitorida pornografik mazmundagi videolavha namoyish qilindi. Dastlabki tezkor-surishtiruv ishlarida uni monitorga egalik qiluvchi xususiy firma ishchisi «ehtiyotsizlik oqibatida» monitor xotirasiga yuklagani ma’lum bo‘ldi.
Prezident tashabbusi bilan Urganchda Al-Xorazmiy shaharchasi barpo etilishi rejalashtirilmoqda. Unda universitet, IT-park, turar-joy binolari, maktab, bolalar bog‘chasi va sport majmuasi bo‘ladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting