«urush» tegli maqolalar


Ukrainaning Bucha shahrida sodir bo‘lgan fojia. Munosabatlar
4 aprel 2022, 16:52

Ukrainaning Bucha shahrida sodir bo‘lgan fojia. Munosabatlar

Ukraina shahar va qishloqlari 40 kundan beri aviatsiya va artilleriya o‘qlari ostida yashamoqda. Jahon OAV Rossiya qo‘shinlari tomonidan Kiyev viloyatida tashlab ketilgan, ko‘chalari tinch aholining jasadlari bilan to‘lib-toshgan, ba’zilarining qo‘llari orqasiga bog‘lab qo‘yilgan Bucha shahridan olingan kadrlarni chop etdi. Rossiya Mudofaa vazirligi fotosuratlar va videolavhalarni «navbatdagi provokatsiya» va «G‘arb ommaviy axborot vositalari uchun sahnalashtirish» deb atadi. Fojia haqida nimalar ma’lum va qanday munosabatlar bildirildi — sharhimizda.

Rossiya Ukrainadagi urushda 1351 nafar harbiylari halok bo‘lganini ma’lum qildi
25 mart 2022, 20:32

Rossiya Ukrainadagi urushda 1351 nafar harbiylari halok bo‘lganini ma’lum qildi

Rossiya Mudofaa vazirligi Ukrainadagi «maxsus operatsiya» davomida 1351 nafar harbiy xizmatchisi halok bo‘lganligini, 3825 nafari esa yaralanganini ma’lum qildi. Vazirlik harbiy operatsiyaning birinchi bosqichi asosiy vazifalari amalga oshirilganini aytdi. Ukraina va NATO Rossiya qo‘shinlarining yo‘qotishlari bundan bir necha barobar ko‘p bo‘lganligini aytmoqda.

«Bu bema’ni urushni to‘xtatish vaqti keldi» — BMT rahbari
23 mart 2022, 15:55

«Bu bema’ni urushni to‘xtatish vaqti keldi» — BMT rahbari

BMT bosh sekretari Antoniu Guterrish Rossiya Ukrainada olib borayotgan va oqibatlari butun dunyoda sezilayotgan «bema’ni urushni» to‘xtatishga chaqirdi. «Ukraina xalqi hozir haqiqiy do‘zzaxda yashayapti», mahsulotlar, energotashuvchilar va o‘g‘itlarga narxlarning oshishi esa «katta miqyosdagi oziq-ovqat defitsiti va ochlikka olib kelishi mumkin», deya ogohlantirdi u.

Har qanday urush va harbiy-siyosiy ziddiyatlar — og‘ir iqtisodiy oqibatlarga olib keladi
7 mart 2022, 12:22

Har qanday urush va harbiy-siyosiy ziddiyatlar — og‘ir iqtisodiy oqibatlarga olib keladi

Har qanday siyosiy ziddiyat, qurolli to‘qnashuv va urushlar ijtimoiy-iqtisodiy yo‘qotishlarga olib kelib, insoniyat taraqqiyotining bir necha yillar ortda qolishiga sababchi bo‘ladi. Urush natijasida xalq kambag‘allashadi, iqtisodiyot, ta’lim, sog‘liqni saqlash tanazzulga yuz tutadi, butun boshli avlodlar, umrlar boy beriladi. Urushning iqtisodiyot va inson kapitaliga salbiy ta’siri haqida — «Gazeta.uz» kolumnisti, iqtisodchi Muqaddamxon Saidrasulova maqolasida.

«Hech narsa qilib bo‘lmasligi — bu uyat». O‘zbekistonliklar ayni paytda Rossiyada sodir bo‘layotgan voqealar haqida
4 mart 2022, 12:03

«Hech narsa qilib bo‘lmasligi — bu uyat». O‘zbekistonliklar ayni paytda Rossiyada sodir bo‘layotgan voqealar haqida

«Gazeta.uz» Rossiyada xalqaro sanksiyalar e’lon qilinganidan so‘ng rubl keskin qadrsizlanib, naqd pul va valyuta taqchilligi kuzatilayotgan, narxlar keskin oshgan sharoitda yashayotgan o‘zbekistonliklar bilan suhbatlashdi. Ular sanksiyalar va kursning tushib ketishi daromadlari hamda ular ishlayotgan kompaniyalarga qanday ta’sir ko‘rsatgani, atrofidagi holat va Moskvadagi vaziyat haqida so‘zlab berishdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting