USAID Xalq ta’limi vazirligiga ona tili va o‘qish savodxonligi hamda 1−4-sinflar bo‘yicha matematika o‘qituvchilari uchun 500 mingga yaqin yangi darslik va qo‘llanmalar taqdim etdi. Ular Namangan va Sirdaryo viloyatlaridagi 919 ta maktabda sinovdan o‘tkazilib, so‘ng barcha maktablarda joriy etiladi.
Markaziy Osiyoning beshta davlati ombudsmanlari mintaqada inson huquqlarini himoya qilishga qaratilgan ikkita hujjatni imzoladi.
USAID tuberkulyozga qarshi kurashda yordam berish uchun Jizzax viloyatidagi tibbiyot muassasalariga qariyb $75 minglik asbob-uskunalar topshirdi. Ilgari boshqa viloyatlarga ham xuddi shunday jihozlar berilgandi.
AQSh xalqaro taraqqiyot agentligi O‘zbekistondagi, ayniqsa, Orolbo‘yi hududidagi qishloq ayollarini qo‘llab-quvvatlash uchun 2,4 mln dollar ajratadi. Mablag‘lar ayollarni tadbirkorlik ko‘nikmalari va kasb-hunarga o‘rgatish, ularning faoliyatini mikromoliyalashtirish, qolaversa, murabbiylik va bandlik dasturlarini amalga oshirishga yo‘naltiriladi.
AQSh o‘zining Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) orqali O‘zbekistonning milliy immunizatsiya tizimini mustahkamlash maqsadida O‘zbekiston SSVga sovuq zanjirli uskunalar va kompyuterlarni topshirdi. Uskunalar 671 ta sovutgich, 212 ta muzlatgich va 150 ta kompyuterdan iborat bo‘lib, umumiy qiymati 1,3 mln dollarni tashkil etadi.
AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi O‘zbekistonning barcha hududlarida qishloq ayollarining bilim va ko‘nikmalarini oshirish, ularni ishga joylashtirish yoki o‘z biznesini ochishda qo‘llab-quvvatlash dasturini ishga tushirdi. Dastur qariyb 1000 kishini qamrab oladi.
2022−2023-o‘quv yilida Namangan va Sirdaryo viloyatlaridagi 918 ta maktabda “Ona tili va o‘qish savodxonligi” hamda “Matematika” fanlaridan boshlang‘ich sinflar uchun yangi darsliklar sinovdan o‘tkaziladi. Ular USAID va Respublika ta’lim markazi tomonidan ishlab chiqilgan. Joriy o‘quv yilida xuddi shu hududlarda ingliz tili (1−11-sinflar) va informatika (5−11-sinflar) bo‘yicha yangi darsliklar joriy etilgandi.
24 mart — Butunjahon silga qarshi kurash kunida USAID Sog‘liqni saqlash vazirligiga 16 ta GeneXpert diagnostika uskunasini sovg‘a qildi. Ushbu tizimlar bir kun ichida sil kasalligini diagnostika qilish imkonini beradi, boshqa muqobillari esa natijalarni 80 kunda chiqarib beradi.
AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi O‘zbekistonda yoshlar bandligi va tadbirkorligini rivojlantirish bo‘yicha besh yillik dasturni ishga tushirdi. budjeti 10 mln dollar bo‘lgan dastur xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika kengashlari hamda Xalq ta’lim vazirligi tomonidan xalqaro va mahalliy ekspertlarni jalb qilgan holda amalga oshirilmoqda.
USAIDning agrobiznesni rivojlantirish loyihasi hunarmand ayollar (5−50 mln so‘m miqdorida qo‘shma moliyalashtirish) va ayollar hunarmandchiligi korxonalarining (50−200 mln so‘m) loyihalarini qo‘llab-quvvatlaydi.
O‘zbekiston COVAX dasturi doirasida AQShdan yana 300 ming doza Pfizer vaksinasini qabul qildi.
O‘zbekistonda 15 noyabrdan 7 dekabrgacha boshlang‘ich sinflarda o‘qish (EGRA) va matematika ko‘nikmalarini baholash (EGMA) bo‘yicha ilk tadqiqot o‘tkazilmoqda. USAID va Xalq ta’lim vazirligi o‘rtasidagi qo‘shma loyiha ushbu fanlar bo‘yicha o‘quv dasturlarini takomillashtirishga yordam beradi.
AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi O‘zbekistonga qo‘shimcha 2,5 mln dollar ajratdi. Bu mablag‘ dori vositalari sifatini ta’minlash va mamlakatda vaksinaga nisbatan ishonchsizlikni bartaraf etish uchun sarflanadi.
AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi Namangan va Sirdaryo viloyatlarining 208 ta maktabiga 385 ming dona darslik va o‘qituvchilar uchun qo‘llanmalarni taqdim etdi. Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatovning so‘zlariga ko‘ra, 2022 yildan Cambridge University Press tomonidan chop etilgan ushbu darsliklar O‘zbekistonning barcha maktablarida ijara asosida berila boshlanadi.
USAID Markaziy Osiyoda mintaqaviy savdoni rivojlantirish uchun 19 mln dollar yo‘naltiradi. Markaziy Osiyoda Savdo dasturi Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistonda amalga oshiriladi.
USAID ma’muri Samanta Pauer O‘zbekistonga tashrif buyurishi haqidagi rejalarini ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, AQSh prezident Shavkat Mirziyoyevning «Yangi O‘zbekiston» haqidagi qarashlarini olqishlaydi.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi va USAID qishloq xo‘jaligi bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan memorandum imzoladi. USAID shuningdek agrobiznesni rivojlantirish bo‘yicha loyiha doirasida qishloq xo‘jaligida band bo‘lgan ayollarni qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘shimcha 1 mln AQSh dollari ajratdi.
USIAD xalqaro nashriyotlar tomonidan ishlab chiqilgan O‘zbekistondagi maktablar uchun informatika va ingliz tili darsliklarini sotib oldi. Ular 2021−2022 o‘quv yilida mamlakatning 200 ta maktabida sinovdan o‘tkaziladi. Shuningdek, agentlik O‘zbekiston uchun maxsus ishlab chiqilgan ona tili, matematika va informatika bo‘yicha ta’lim standartlarini Xalq ta’limi vazirligiga topshirdi.
AQSh USAID agentligi orqali O‘zbekistonga 131 tonnalik oziq-ovqat yordamni taqdim etdi. U sog‘liqni saqlash va ijtimoiy himoya muassasalari hamda ehtiyojmand oilalar o‘rtasida taqsimlanadi. 2021 yildan buyon qariyb 1300 tonna shunday yordam yetkazib berildi.
AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi agrobiznes sohasidagi korxonalar uchun biznes g‘oyalar tanlovini o‘tkazmoqda. Unda ayollar va yoshlar boshqaruvidagi yoki ularni ish bilan ta’minlovchi korxonalar ishtirok etishi mumkin. Tanlovda qatnashish uchun ariza topshirish sanasi 16 iyulga qadar.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting