Abdulaziz Kamilov AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi rahbari Samanta Pauer bilan muzokaralar o‘tkazdi. Vazir USAID rahbarini iyul oyining o‘rtalarida Toshkentda o‘tkazilishi rejalashtirilgan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” konferensiyasiga taklif qildi.
Mikaela Meredit o‘tgan yili ochilgan AQShning Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) ning O‘zbekistondagi missiyasi birinchi direktori bo‘ldi.
O‘zbekistonda «Sifatli dori-darmonlar qo‘llashni rag‘batlantirish plyus» dasturi amalga oshiriladi. Bu to‘g‘risidagi hujjat Sog‘liqni saqlash vazirligi qoshidagi Farm agentligi va USAID tomonidan imzolandi.
USAID, XMT va Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz tomonidan amalga oshirilgan «Qadr-qimmat va huquqlar» dasturi doirasida 1700 dan ortiq odam savdosi jabrdiydalari O‘zbekistonga qaytib kelib, reintegratsiya yordamini olishdi. Bundan tashqari, 95 mingdan ortiq fuqaroga odam savdosi xatarlari bo‘yicha maslahatlar berildi.
AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) O‘zbekistonda missiyasi ochganini e’lon qildi. Bunga qadar agentlik idorasi USAIDning Markaziy Ochiyodagi missiyasining bir qismi sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.
AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) Buxoro viloyatidagi Yomonjar kanalini qayta tiklash ishlarini moliyalashtirdi. 1978 yilda qazilgan kanalda gidropostlar qurilib, o‘zani betonlashtirildi.
AQSH O‘zbekistonga umumiy qiymati 2,6 mln dollar bo‘lgan 200 ta sun’iy nafas berish apparatini taqdim etdi. Ular mintaqaviy iqlimni hisobga olgan holda maxsus buyurtma asosida ishlab chiqarilgan.
AQSHdan O‘zbekistonga 200 ta o‘pka sun’iy shamollatish moslamasi yuborildi. Ular Donald Tramp ma’muriyati tomonidan e’lon qilingan insonparvarlik yordamining bir qismi sifatida taqdim qilinmoqda.
USAID O‘zbekistonda agrobiznesni rivojlantirish loyihasini ishga tushirmoqda, bu qo‘shimcha qiymat ishlab chiqaradigan tarmoqlar sonini ko‘paytirish hamda mazkur jarayonga yoshlar va ayollarni jalb qilishga yordam beradi. Loyiha 18,9 million dollarga baholanmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting