Malayziyaning Five Petroleum kompaniyasi O‘zbekistonda yoqilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘ini yaratishni ko‘rib chiqmoqda. Kompaniya, shuningdek, hududlarida transport-logistika infratuzilmasini qurish masalasini ham o‘rganmoqda.
1-yanvardan O‘zbekistonda avvalroq xususiylashtirilgan eng yirik yonilg‘i quyish shoxobchalaridan bo‘lmish Carvon (UNG Petro) tarmog‘ida Ai-80 markali benzin 6900 so‘mdan 8150 so‘mgacha qimmatlashdi. Yillik hisobda narx deyarli 34 foizga oshdi.
O‘zbekistondagi eng yirik gaz qazib oluvchi “O‘zbekneftgaz” 2025-yilda qazib olish hajmi 26,5 mlrd kub metrgacha qisqarib borishini prognoz qilmoqda. Bu 2024-yil uchun prognozdan 2,8 mlrd, 2022-yilgi qazib olingandan 5,7 mlrd kub metrga kam. Avvalgi prognozlardan esa 7,6 mlrd kub metrga kamroq.
Prezident yig‘ilishida gaz zaxiralarini ko‘paytirish uchun istiqbolli hududlarda geologiya-qidiruv ishlarini boshlash va seysmik qidiruv maydonini kengaytirish reja qilingani aytildi. “O‘zbekneftgaz” loyihalari uchun 2 mlrd dollar xorijiy kredit jalb qilmoqchi. Korxonaga tannarxni 8 foizga kamaytirish topshirildi.
Raqobat qo‘mitasi “O‘zbekneftgaz”ning 4,8 mlrd so‘mga yaqin savdolarida “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunning 29-moddasi buzilganiga oid alomatlarni aniqlandi. AJga nisbatan ish qo‘zg‘atildi.
“O‘zbekneftgaz” UNG Petro yoqilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘i va Chinoz neftni qayta ishlash zavodini Daniyar Kamilov kompaniyasiga 519 mlrd so‘mga (42,3 mln dollar) sotgan bo‘lishi mumkin. Davaktiv va “O‘zbekneftgaz” haligacha kelishuv tafsilotlari haqida ma’lumot bermadi.
UNG Petro yoqilg‘i quyish shoxobchalari va Chinoz NQIZni sotish 2024-yil ikkinchi choragi uchun investitsiya dasturiga kiritilgan. Bir necha oy oldin “O‘zbekneftgaz"dan ushbu obyektlarni boshqa kompaniya sotib olgani xabar qilingandi. Ko‘rsatilgan narx (neft uskunalari bilan birga) — 70 mln dollar.
“O‘zbekneftgaz” Rossiyaning “Gazprom neft” kompaniyasi ko‘magida quduqlarni burg‘ulash muddatini 45 foizga, ularni qurish tannarxini esa 35 foizga qisqartirish imkonini beruvchi Burg‘ilash ishlarini boshqarish markazini ochdi. Kompaniya yetkazib beruvchi bilan 4,45 mln va 243,3 ming dollarlik ikkita shartnoma tuzdi.
“O‘zbekneftgaz”ning sof foydasi 2023-yilda 611,6 mlrd so‘mni tashkil etib, 2022-yilga nisbatan 52,6 foizga qisqardi. Oxirgi uch yilda uning daromadlari besh baravarga — 3,3 trln so‘mdan 611 mlrd so‘mgacha kamaydi. Moliyaviy ko‘rsatkichlarning pasayishi kapital, taqsimlanmagan va yalpi foydada kuzatilgan.
Daniyar Kamilovning Petroleum Technology Group kompaniyasiga tegishli 80 ta “O‘zbekneftgaz” yoqilg‘i quyish shoxobchalarining narxi kamida 100 million dollarni tashkil qilishi mumkin (yer narxidan tashqari). Davaktiv va “O‘zbekneftgaz” haligacha kelishuv tafsilotlarini oshkor qilmadi.
“O‘zbekneftgaz” rahbari Bahodirjon Sidiqov kompaniya bir hafta ichida hisob-kitoblar qilib, dizel yonilg‘isining birjaga qo‘yiladigan narxlarini 15 foizga kamaytirish choralarini ko‘rishini ma’lum qildi. Shuningdek, yonilg‘i o‘z vaqtida yetkazib berilishini ta’minlash uchun yangicha tartib o‘rnatiladi.
S&P “O‘zbekneftgaz” kredit reytingini past natijalar, yuqori qarz yuki va Uzbekistan GTL to‘liq quvvat bilan ishlamayotgani sababli nisbatan riskli bo‘lgan “B+” darajasiga tushirdi. Majburiyatlarning buzilishi va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanish ehtimoli kamaygani sababli prognoz “salbiy”ga o‘zgargan.
“O‘zbekneftgaz” kompaniyasi ijtimoiy tarmoqlarda 1-noyabrdan O‘zbekistonda Ai-80 benzini narxi oshishi haqidagi xabarlarni rad etdi. Ai-80 benzinini aksiz solig‘idan ozod qilish muddati 2023-yil 31-dekabrda yakuniga yetadi.
“O‘zbekneftgaz” konlarida quduqlarni qurish va undan foydalanish loyihasiga “Gazpromneft” operatorlik qiladi. Kompaniya texnologiyalari, tajribasi quduqlarni qurish vaqtini 20 foizdan ko‘proq muddatga qisqartirishga yordam berishi aytilmoqda. Bu bo‘yicha rus kompaniyasi va “O‘zbekneftgaz” shartnoma imzoladi.
Ustyurtda “Quyi Sharqiy Berdaq” konidagi yangi 5-izlov-qidiruv qudug‘idan kuniga 1 mln kub metr gaz olinmoqda. “O‘zbekneftgaz” kompaniyasi mazkur hududda yil oxiriga qadar yana 36 ta yangi gaz qudug‘ini ishga tushirishni rejalashtirmoqda.
“O‘zbekneftgaz” rahbari Bahodirjon Sidiqov, mamlakat rasmiy statistikasida aks ettirilganiga qaramay, gaz qazib olish kamaymayapti, deb hisoblaydi. Ishlab chiqarishning pasayishi haqida energetika vaziri gapirgan, “O‘zbekneftgaz” esa ishlab chiqarish prognozini pasaytirgandi.
“O‘zbekneftgaz” va Socar kompaniyalari O‘zbekiston va Ozarbayjonda neft-gaz sohasidagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga kelishib oldi.
UNG Petro yana Ai-92 benzin narxini 9200 so‘mga ko‘tardi. Chegirma e’lon qilinishidan oldin — mart oyida ham shu narxda sotilayotgan edi.
“O‘zbekneftgaz” konlarda quduq qazish jarayonidagi geologik xatarlarni kamaytirish, shuningdek, konlar, geologik va texnik ma’lumotlarni raqamlashtirish hisobiga 64,4 mln dollar iqtisodiy foyda ko‘rgani haqida ma’lumot berdi.
UNG Petro`ning ayrim yoqilg‘i quyish shoxobchalarida Ai-92 benzinini yetkazib berishda uzilishlar kuzatildi. “O‘zbekneftgaz” havo harorati keskin isib ketgani tufayli benzin tungi vaqtlarda yetkazib berilayotganini ma’lum qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting