So‘nggi kunlarda poytaxtning qator tumanlarida kuzatilayotgan elektr ta’minotidagi uzilishlarning aksariyati oldindan rejalashtirilgan bo‘lib, ta’minot sifatini yaxshilashga qaratilgan ishlar tufayli sodir bo‘lmoqda, deya izoh berdi “HETK” Toshkent shahri filiali direktori o‘rinbosari Bekzod Kulibayev.
Mirzo Ulug‘bek tumanidagi «Temuriylar» mahallasida «zapravka» sabab aholi xonadonlarida gaz bosimi tushib ketgani aytilmoqda. Tuman gaz xodimlari esa gaz kelishini aytib, ish vaqtidan keyin qo‘ng‘iroqlarga javob bermayapti. Toshkentdagi shoxobchalar oldida esa ichki ishlar xodimlari navbatchilik qilishni boshladi.
Yakshanba kuni soat 09:30 dan 16:00 ga qadar Farg‘ona vodiysini elektr energiyasi ta’minoti bilan qisqa uzilishlar bo‘lishi mumkin. Bunga sabab bahorgi mavsumga tayyorgarlik ko‘rish uchun yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘ida ta’mirlash ishlar olib borilishi ekani aytildi.
Poytaxtni suv bilan ta’minlovchi «Qodiriya» suv inshootining yuqori kuchlanishli elektr ta’minotida nosozlik yuzaga kelib, nasos agregatlari o‘chib qolgan. Buning oqibatida shaharning ayrim tumanlarida ichimlik suvi ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda.
Adliya vaziri gaz va elektr ta’minotidagi uzilishlar sabab tadbirkorlar zarar ko‘rayotgani borasida fikr bildirar ekan, shartnoma shartini bajarmagani uchun ta’minotchi korxonalar ustidan sudga murojaat qilish kerakligini aytdi. «Shu yo‘l bilan hammasini tartibga solsa bo‘ladi. Mas’uliyati albatta oshadi, to‘lab ko‘rsin zararni keyin biladi qanaqa hal qilishini», — dedi Ruslanbek Davletov.
6-sentabrdan 8-oktabrga qadar Toshkent shahrining bir qator tumanlarida sovuq suv uzilishi kutilmoqda. Suv bo‘lmagan joylarga suv tashuvchi maxsus avtomashinalar yuboriladi. Uzilishlar jadvali.
Toshkent viloyatida iste’molchilarni asossiz ravishda elektr ta’minotidan uzib qo‘ygan Toshkent, Zangiota, Qibray tumani elektr tarmoqlari korxonalari rahbarlariga nisbatan choralar ko‘rilmoqda.
Farg‘ona viloyat prokuraturasi hududlarda 3 soatdan 28 soatgacha elektr uzilishlari kuzatilayotganini aniqlab, elektr tarmoqlari mansabdorlariga nisbatan ma’muriy ish qo‘zg‘atdi.
Sovuq ob-havo tufayli elektr energiyasi iste’molining keskin ortishi ta’minotda uzilishlarga olib keladi, deya ma’lum qildi Energetika vazirligi. Shu bilan birga, qisqa muddatli uzilishlar tizimdagi katta avariyalarning oldini olishga imkon berishi ta’kidlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting