«uzsuvta’minot» tegli maqolalar


“Ichimlik va oqova suv uchun respublika bo‘yicha yagona narx joriy qilish rejalashtirilmoqda” — “O‘zsuvta’minot”
17 fevral 2025, 14:34

“Ichimlik va oqova suv uchun respublika bo‘yicha yagona narx joriy qilish rejalashtirilmoqda” — “O‘zsuvta’minot”

Ichimlik va oqova suv uchun respublika bo‘yicha yagona narx joriy qilinishi kutilmoqda. “Bu ijtimoiy va geosiyosiy, qolaversa, texnik jihatdan katta tayyorgarlik ko‘rishni talab qiladi. Yaqin kelajakda jamoatchilik muhokamasini o‘tkazib, so‘ng yo‘lga qo‘yish choralari ko‘riladi”, — dedi “O‘zsuvta’minot” rasmiysi.

“O‘zbekiston aholisini ichimlik suvi bilan 100 foiz ta’minlashning imkoni yo‘q” — “O‘zsuvta’minot”
15 fevral 2025, 12:44

“O‘zbekiston aholisini ichimlik suvi bilan 100 foiz ta’minlashning imkoni yo‘q” — “O‘zsuvta’minot”

“O‘zsuvta’minot”ga ko‘ra, aholini ichimlik suvi bilan to‘liq ta’minlash imkonsiz. Ammo 2035-yilgacha bu ko‘rsatkichni 95 foizga yetkazish reja qilingan. “Qolgan 5 foizi olis va tog‘li, tarmoq tortish ishlari texnik va iqtisodiy jihatdan o‘zini oqlamaydigan hududlarga to‘g‘ri keladi”, — dedi tashkilot vakili.

“Naqd puldagi to‘lovlarning bazada qayd etilishiga kafolat bermaymiz” — “O‘zsuvta’minot”
14 fevral 2025, 10:47

“Naqd puldagi to‘lovlarning bazada qayd etilishiga kafolat bermaymiz” — “O‘zsuvta’minot”

2024-yil 1-dekabrdan ichimlik va oqova suv xizmatlari uchun to‘lovlarni faqat elektron shaklda amalga oshirish tartibi joriy etildi. “O‘zsuvta’minot”ga ko‘ra, nazoratchilarning uyma-uy yurib, to‘lovlarni yig‘ish va qarzdorlik qog‘ozlarini tarqatish jarayonlari to‘liq to‘xtatilgan.

1-dekabrdan ichimlik va oqova suv uchun to‘lovlar faqat elektron shaklda qabul qilinadi
11 noyabr 2024, 14:38

1-dekabrdan ichimlik va oqova suv uchun to‘lovlar faqat elektron shaklda qabul qilinadi

“O‘zsuvta’minot” aksiyadorlik jamiyati endilikda ichimlik va oqova suv xizmatlari to‘lovlari faqat elektron shaklda amalga oshirilishini ma’lum qildi. Ushbu tartib 1-dekabrdan boshlab joriy etiladi.

“O‘zsuvta’minot” Toshkent viloyatida o‘quvchilar suvdan zaharlanganini rad etdi
23 sentabr 2024, 15:26

“O‘zsuvta’minot” Toshkent viloyatida o‘quvchilar suvdan zaharlanganini rad etdi

“O‘zsuvta’minot” AJ Olmaliq shahridagi ixtisoslashgan maktabda 12 nafar o‘quvchining zaharlanishiga suv iste’moli sabab bo‘lganini rad etdi. Suvdan olingan namunalarda uning belgilangan talablarga javob berishi aniqlangan. Qo‘shimcha tekshiruv olib borilmoqda.

Ichimlik suvidan qarzdor iste’molchilarga kredit bermaslik taklifi ishlab chiqilmoqda
18 avgust 2024, 11:02

Ichimlik suvidan qarzdor iste’molchilarga kredit bermaslik taklifi ishlab chiqilmoqda

“O‘zsuvta’minot” ichimlik suvi va kanalizatsiya xizmatlaridan qarzdor iste’molchilarga kredit bermaslik taklifi ishlab chiqilayotganini ma’lum qildi. O‘zbekistondagi 5 mln xonadonning 50 foizga yaqinida qarzdorlik mavjud.

Yunusoboddagi quvur yorilishi oqibatida qariyb 85 ming kub metr ichimlik suvi yo‘qotilgan
9 iyul 2024, 20:39

Yunusoboddagi quvur yorilishi oqibatida qariyb 85 ming kub metr ichimlik suvi yo‘qotilgan

Yunusobodda suv quvuri yorilishi oqibatida 80−85 ming kub metr ichimlik suvi yo‘qotilgan. Bu poytaxtga bir kunda uzatiladigan ichimlik suvining 3,2 foizini tashkil qiladi. “Yo‘qotilgan suv zarari iste’molchilar tomonidan qoplanmaydi”, — dedi “O‘zsuvta'minot” vakili.

Sirdaryoda suv ta’minoti xodimlari gazdan zaharlangani bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
27 iyun 2024, 23:29

Sirdaryoda suv ta’minoti xodimlari gazdan zaharlangani bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Gulistondagi suv haydash nasos stansiyasida “Sirdaryo viloyati suv ta’minoti"ning 3 nafar xodimi gazdan zaharlanib, ulardan biri vafot etgani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

4 oyda suvga noqonuniy ulanish bo‘yicha 2600 ga yaqin holat aniqlandi
20 may 2024, 18:08

4 oyda suvga noqonuniy ulanish bo‘yicha 2600 ga yaqin holat aniqlandi

O‘zbekistonda yanvar-aprel oylarida ichimlik va oqova suv tizimlariga 2600 ga yaqin noqonuniy ulanish holati aniqlandi. Eng yuqori ko‘rsatkich poytaxt, Jizzax va Samarqand viloyatlarida qayd etildi. “O‘zsuvta’minot”ga ko‘ra, oqibatda jamiyat manfaatlariga 51 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazilgan.

“Iste’molchilarning ichimlik suvidan 1 trln so‘m qarzi mavjud” — “O‘zsuvta’minot”
17 may 2024, 18:15

“Iste’molchilarning ichimlik suvidan 1 trln so‘m qarzi mavjud” — “O‘zsuvta’minot”

O‘zbekistonda iste’molchilarning ichimlik suvidan qarzdorligi 1 trln so‘mni tashkil etmoqda. Shundan 740,5 mlrd so‘mi jismoniy, qolgani esa yuridik iste’molchilar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. “O‘zsuvta’minot” vakiliga ko‘ra, eng ko‘p qarzdor hududlar Toshkent shahri, Andijon va Toshkent viloyatlari hisoblanadi.

Qashqadaryoda dalasini ichimlik suvi bilan sug‘orib kelgan fermer 3 yilga qamaldi
19 oktabr 2023, 21:13

Qashqadaryoda dalasini ichimlik suvi bilan sug‘orib kelgan fermer 3 yilga qamaldi

Qashqadaryo viloyatida fermer 13 yil davomida noqonuniy ravishda dalasini ichimlik suvi bilan sug‘orib kelgani aniqlandi. Yetkazilgan zarar miqdori 282,7 mln so‘mni tashkil etdi. U 3 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi. Shuningdek, davlatga yetkazilgan zararni ham qoplaydi.

“O‘zsuvta’minot” va “ToshuyjoyLITI” aksiyalarini boshqarish vakolati Qurilish vazirligiga o‘tkazildi
31 avgust 2023, 18:04

“O‘zsuvta’minot” va “ToshuyjoyLITI” aksiyalarini boshqarish vakolati Qurilish vazirligiga o‘tkazildi

Prezident farmoniga ko‘ra “O‘zsuvta’minot”, “O‘zog‘irsanoatloyiha” va “ToshuyjoyLITI” AJlari aksiyalarini boshqarish vakolati Qurilish va uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligiga o‘tkazildi.

Toshkentda ichimlik suvi rejali o‘chiriladi — ro‘yxat
27 avgust 2023, 15:25

Toshkentda ichimlik suvi rejali o‘chiriladi — ro‘yxat

Toshkentning barcha tumanlarida 11-sentabr-13-oktabr kunlari rejali profilaktika-ta’mirlash ishlari o‘tkazilishi munosabati bilan ichimlik suvi navbatma-navbat vaqtincha o‘chiriladi. Hududlarga maxsus texnikalarda suv yetkazib beriladi.

O‘zbekiston hududlarida suv narxlarini oshirish boshlandi
26 iyul 2023, 10:51

O‘zbekiston hududlarida suv narxlarini oshirish boshlandi

1-avgustdan Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida, 20-avgustdan Toshkent viloyatida ichimlik va oqova suv xizmatlari tariflari oshiriladi.

“O‘zsuvta’minot”ga yangi rahbar tayinlandi
14 iyul 2023, 14:45

“O‘zsuvta’minot”ga yangi rahbar tayinlandi

Dilshod Azimov “O‘zsuvta’minot” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi v.b. etib tayinlandi. Avvalgi rahbar Sohib Saifnazarov prezident topshirig‘i bilan ishdan bo‘shatilgandi.

“Iste’molchilarning suvdan qarzdorligi 1,36 trln so‘mga yetdi” — “O‘zsuvta’minot”
4 may 2023, 17:33

“Iste’molchilarning suvdan qarzdorligi 1,36 trln so‘mga yetdi” — “O‘zsuvta’minot”

O‘zbekistonda suvdan qarzdorlik miqdori 1,36 trln so‘mga yetdi. Shundan 1,13 trln so‘m jismoniy, 224 mlrd so‘m yuridik iste’molchilar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Qarzdorligi eng yuqori hududlar poytaxt, Andijon va Toshkent viloyatlari bo‘lib turibdi.

Germaniyaning KfW banki O‘zbekistonda ichimlik suvi va oqova suv xizmatlari uchun 200 mln yevro ajratadi
3 may 2023, 11:42

Germaniyaning KfW banki O‘zbekistonda ichimlik suvi va oqova suv xizmatlari uchun 200 mln yevro ajratadi

Germaniyaning KfW banki O‘zbekistonda ichimlik suvi ta’minoti hamda oqova suv xizmatlarini yaxshilash uchun 200 mln yevro ajratadi. Mablag‘lar Qo‘qon, Marg‘ilon, Termiz shaharlarining suv tizimini rivojlantirish uchun yo‘naltiriladi.

Chirchiq shahridagi oqova suv tozalash inshooti $22,2 mlnga rekonstruksiya qilinadi
29 avgust 2022, 09:53

Chirchiq shahridagi oqova suv tozalash inshooti $22,2 mlnga rekonstruksiya qilinadi

O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida Chirchiq shahrida oqova suv tozalash inshootini rekonstruksiya qilish bo‘yicha umumiy qiymati $22,2 mlnga teng shartnoma imzolandi. Loyiha natijasida shahar aholisining markazlashgan oqova suv xizmatlari bilan qamrab olinganlik darajasi 84 foizga yetkaziladi.

Poytaxtning ayrim hududlarida suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi
22 iyul 2022, 18:20

Poytaxtning ayrim hududlarida suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi

«Qodiriya» bosh suv inshootida yuzaga kelgan elektr ta’minoti bilan bog‘liq nosozlik sababli poytaxtning ayrim hududlarida suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi.

Buxoroda suv ta’minoti uzilib qoldi
12 iyun 2022, 03:59

Buxoroda suv ta’minoti uzilib qoldi

Buxoroda markaziy quvurda ro‘y bergan nosozlik tufayli suv ta’minoti vaqtincha to‘xtab qoldi. Viloyat hokimi ta’mirlash ishlari bilan tanishdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting