O‘zbekistonda «Sputnik V» vaksinasini ommaviy qo‘llash jarayoniga ruxsat berildi. Ushbu vaksinadan 1 million doza xarid qilish rejalashtirilmoqda.
O‘zbekistonda birinchi navbatda emlanadigan aholi soni ma’lum qilindi. Fuqarolar o‘zlari joylashgan hududlardagi tibbiyot muassasalarida tashkil etilgan emlash xonalarida emlanadi.
Xitoy vaksinasining O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan klinik sinovlarining dastlabki natijalariga ko‘ra, emlanganlar orasida 1-darajali nojo‘ya ta’sirlar 0,3% ni tashkil qildi. Vaksinadan favqulodda foydalanish uchun ruxsat berilsa, vaksina yaratilishida hamkor tomon sifatida O‘zbekistonga vaksina imtiyozli narxlarda yetkazib beriladi.
O‘zbekiston COVAX dasturi doirasida 2,6 mln doza AstraZeneca/Oxford vaksinasini oladi. Vaksinaning bir dozasi narxi taxminan 3 dollarni tashkil etadi.
Xitoy vaksinasining O‘zbeikstonda olib borilayotgan uchinchi sinov bosqichlarida ko‘ngillilar soni 9 ming kishigacha oshirildi. Bunga sabab, ikkinchi va uchinchi doza emlash bosiqichida ishtirokchilar soni kamayishi mumkinligi, hamda koronavirusning vaksina olganlarga ta’sirini o‘rganish murakkablashayotgani ekanligi aytilmoqda.
O‘zbekistonda 7 million aholini koronavirusga qarshi ikki marotaba emlanishi uchun 15 million doza vaksina olib kelinishi ma’lum qilindi. Dastlabki bosqichda 50 mingga yaqin aholi emlanishi rejalashtirilmoqda.
BMT bosh kotibi Antoniu Guterresh koronavirusga qarshi vaksinaning birinchi dozasini qabul qildi. «Bu pandemiya davrida barchamiz xavfsiz bo‘lmagunimizcha, hech birimiz xavfsiz bo‘lmaymiz», — degan bosh kotib.
Samarqand viloyati sanitariya-epidemiologiya xizmati rahbari hududda fevral oyining oxiri mart oyining boshida 15 ming nafar fuqaro emlanishini ma’lum qildi. Bunda, birinchilardan bo‘lib tibbiyot xodimlari va sog‘liqni saqlash tizimidagilar, surunkali kasalligi bor katta yoshdagi kishilar emlanadi. Bosqichma-bosqich tarzda maktab o‘qituvchilari va bolalar bog‘chalari tarbiyalovchilari ham vaksina qabul qilishi kutilmoqda.
Turkmanistonda rasman koronavirus infeksiyasi qayd etilmagan bo‘lsa ham fuqarolarni emlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Shu bilan birga, mamlakatda niqob taqish rejimi, transport, savdo markazlari faoliyatiga cheklovlar davom etmoqda.
2021 yilning ohirigacha Qozog‘istonda 6 mln aholi koronavirusga qarshi emlanishi rejalashtirilmoqda. Vaksinatsiya jarayonlariga faqat 18 yoshga to‘lgan fuqarolar o‘tkaziladi. Bundan tashqari elektron vaksinatsiya pasporti joriy etilishi kutilmoqda.
O‘zbekiston bo‘ylab COVID-19 ga qarshi aholini emlash jarayoni fevral oyining ohiri, mart oyining boshida rejalashtirilmoqda. Vaksinalar 1−1,5 oy ichida keltirilishi ko‘zda tutilgan.
O‘zbekistonga AQSHning Pfizer va Germaniyaning BionTech kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilgan 100 ming dona vaksina olib kelinadi. Mamlakatda emlash jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish uchun GAVI tashkiloti tomonidan 17 ta katta xajmdagi refrijeratorlar va 206 ta yuk tashuvchi miniven avtotransport vositalari taqdim etilgan.
Dunyo bo‘yicha umumiy 8,33 mlrd doza vaksina bo‘yicha kelishuvlar mavjud. O‘zbekiston esa 70 mln doza (110% qamrov) vaksina bo‘yicha kelishuvga ega. Eng ko‘p buyurtma berilgan vaksina turi AstraZeneca/Oxford kompaniyasiga tegishli bo‘lib turibdi.
Xitoy vaksinasi sinovining uchinchi bosqichida qatnashmoqchi bo‘lganlarning 30 foizida COVID-19ga antitanalar aniqlangan. Ular kasallikni alomatlarsiz o‘tkazgan. 7 yanvar holatiga ko‘ra, 1328 kishi emlangan.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Pfizer vaksinasini koronavirusga qarshi favqulodda ishlatishga ruxsat berdi. Vaksina JSSTning xavfsizlik va samaradorlik bo‘yicha talablariga javob bergan. Bu dunyo mamlakatlariga vaksinani import qilishga va aholiga tarqatishga imkoniyat beradi
Hindistonda ikkinchi va uchinchi klinik sinovlari o‘tkazilayotgan 3 turdagi vaksinalar O‘zbekistonga olib kelinishi kutilmoqda.
Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov koronavirusga qarshi vaksina sinovlari poytaxtdagi uchta poliklinikada bo‘lib o‘tayotganligini ma’lum qildi. U o‘zi ham bir oy oldin ushbu vaksinalar bilan emlanganligini, hozirgacha o‘zida nojo‘ya ta’sirini sezmaganligini aytmoqda.
O‘zbekiston Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining COVAX alyansi orqali 2 mln doza vaksina so‘rab murojaat qilgan va O‘zbekistonning arizasi qabul qilingan.
Jo Bayden rafiqasi bilan koronavirusga qarshi emlandi. Vaksinatsiya jaryoni jonli efirda namoyish etildi.
O‘zbekistondan Rossiyaga ketayotgan mehnat muhojirlari uchun 1 million doza «Sputnik V» vaksinasi yetkazib beriladi, dedi elchi Vladimir Tyurdenev. Bundan tashqari, kelgusi yilda Rossiyadan koronavirusga qarshi ikkinchi «Epivakkorona» vaksinasini sotib olish kutilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting