Bosh vazir Abdulla Aripov o‘zbekistonlik olimlar koronavirusga qarshi to‘rtta vaksina yaratish ustida ishlayotganini ma’lum qildi. «Dunyodagi hech qaysi vaksinadan nusxa olinmagan, alohida o‘zining strukturasi belgilangan vaksina turlari ishlab chiqilyapti», — dedi u.
Maxsus komissiya ish beruvchilar koronavirusga qarshi vaksina va buster doza olgan ishchilari qamrovini kamida 90 foizga yetkazishi kerakligini belgiladi. Vaksina va buster doza olmagan xodimlar vaqtinchalik ishdan chetlashtiriladi.
Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston Sputnik Light vaksinasining qariyb 136 ming dozasini qabul qilib oldi. Mazkur turdagi vaksinalarning umumiy miqdori 343 ming dozadan oshdi.
YTHlar soni yil davomida 43 foizga, o‘lim esa 24 foizga ko‘paygani, 3 yil bir postda ishlagan bojxonachilarning rotatsiya qilinishi, $100 ming pora bilan ushlangani aytilgan Jizzax pedinstitut xodimi, Markaziy Osiyoning eng qimmat futbolchisiga aylangan Shomurodov, rekonstruksiya qilinadigan Bobur ko‘chasi, MOQ raisligidan ketgan Rustam Shoabdurahmonov va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 17 fevraldagi eng muhim xabarlari dayjestida.
O‘zbekistonga COVAX global dasturi doirasida yana 2,8 milliondan ortiq Moderna vaksinasi keltirildi.
Yanvar oyida Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonalariga murojaat qilgan bemorlarning 96% koronavirusga qarshi vaksina olmaganligi aytildi. Kasallanganlarning faqat 4,1 foizi kovidga qarshi emlangan, ular orasida o‘lim holati qayd etilmagan. SSV vaksina olmagan bemorlarda kasallik og‘ir va o‘ta og‘ir darajada kechib, o‘lim holatlari ham kuzatilganligini ta’kidladi.
O‘zbekistonda 12 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarning jami 280 140 nafari koronavirusga qarshi to‘liq vaksina kursini olgan. Bu umumiy emlanishlarning 5 foizini tashkil qiladi.
«Gazeta.uz»ga koronavirusga qarshi ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi bilan emlangan homilador ayol murojaat qilib, vaksinaning homilaga ta’siri to‘g‘risida ishonchli ma’lumot so‘radi. Virusologiya instituti shifokori Jaloliddin To‘ychiyevning tahririyatga ma’lum qilishicha, shu vaqtgacha homilador ayollar va tug‘ilgan bolalarda vaksinaning salbiy ta’siri kuzatilmagan. SES vaksinalar bo‘limi boshlig‘i Diloram Tursunova esa JSST vaksina olganlik sababli homiladorlikni to‘xtatishni tavsiya etmasligini eslatdi.
27 yanvar kuni Toshkent shahrida 302 ta tadbirkorlik subyekti va 15 ta budjet tashkilotida xodimlarning emlanganligi bo‘yicha tekshiruv o‘tkazildi. Natijada 202 nafar hodim emlanmagani uchun vaqtinchalik ishdan chetlatildi, 196 ta tashkilot rahbariga ogohlantirish berildi.
Sanitariya-epidemiologik xizmati «Gazeta.uz»ga izoh berishicha, 25 yanvar kuni kuzatilgan elektr ta’minotidagi uzilishlar paytida hududlardagi vaksinalarni saqlash omborlari va vaksinalar mavjud poliklinikalar elektr toki bilan uzluksiz ta’minlangan. «Elektr energiyasi o‘chishi natijasida bironta ham vaksina yaroqsiz holga kelmagan», — deydi SES matbuot kotibi Muhammadjon Bozorov.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik xizmati 2021 yilning 1 oktabridan beri respublika bo‘yicha 56 mingdan ko‘proq budjet va xo‘jalik yurituvchi tashkilotlarda tekshiruvlar o‘tkazgan. Buning natijasida koronavirusga qarshi emlanmagan 41 179 nafar ishchi-xodimlar vaqtincha ishdan chetlatilgan, 4 139 ta holatda esa ish beruvchi jarimaga tortilgan.
Dushanba kuni Toshkent shahridagi 508 ta budjet tashkiloti va tadbirkorlik subyektlarida tekshiruvlar o‘tkazildi. Buning natijasida koronavirusga qarshi emlanmagan 1044 nafar xodim vaqtincha ishdan chetlatildi, 200 nafari esa jarimaga tortildi. Yana bir tashkilot faoliyati vaqtincha to‘xtatildi.
YUNISEF vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzadening ma’lum qilishicha, O‘zbekiston birinchi chorakda COVAX dasturi doirasida 11 mln dozadan ko‘proq vaksina qabul qilib oladi. COVAX orqali hozirgacha yetkazib berilgan vaksinalar hajmi 10 mln dozadan oshgan.
COVAX dasturi doirasida O‘zbekistonga yana 310 050 doza Pfizer vaksinasi olib kelindi. Mazkur turdagi vaksinalarning umumiy miqdori 2,6 mln dozaga yetdi.
O‘zbekistonga COVAX global dasturi doirasida beg‘araz yordam sifatida 500 ming dozadan ortiq Moderna vaksinasi olib kelindi.
2021 yilda koronavirusga qarshi 39,2 mln doza vaksina qo‘llanilgan. Jumladan, 13,5 mln nafardan ortiq fuqaro koronavirusga qarshi to‘liq emlandi. Vaksina olganlarning eng katta qismi Samarqand viloyatida.
O‘zbekistonga Xitoydan 1 mln doza ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi keltirildi. SSV ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda foydalanilayotgan vaksinalar soni 49 mln dozadan oshdi.
O‘zbekistonga Rossiyadan 200 ming doza yangi turdagi vaksina — Sputnik Light keltirildi. Shu bilan O‘zbekistonda koronavirucga qarshi qo‘llanilayotgan vaksinalar turi yettitaga yetdi. Sputnik Light bir komponentli vaksina bo‘lib, u bilan to‘liq emlanish uchun bir dozasini olish kifoya.
Pfizer-BioNTech kompaniyasi koronavirusning Omicron shtammidan himoya qila oladigan uchinchi doza ustida ishlamoqda. Ushbu doza bilan emlash antitanachalar himoyasini dastlabki ikki dozaga nisbatan 25 baravarga oshiradi. Pfizer mutasaddi tashkilotlar ruxsat bergach, 2022 yildan Omicron`ga qarshi 4 mlrd buster doza ishlab chiqarishni reja qilgan.
Argentinalik olimlarning kuzatuvlariga ko‘ra, olti oy muddatda «Sputnik V» bilan emlanganlarning atigi 31 foizida COVID-19 ga immun javob berish uchun yetarli miqdorda antitanachalar saqlanib qolgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting