Kuzda Toshkent shahrida “O‘zbekistonliklar butunjahon forumi” o‘tkaziladi va xorijdagi eng faol vatandoshlar taqdirlanadi. Qolaversa, xorijdagi vatandoshlar orasida o‘zbek tilini keng targ‘ib qilish maqsadida maxsus onlayn mashg‘ulotlar tashkil etish ham rejalashtirilmoqda.
Turkiyaning so‘nggi 100 yillik tarixidagi eng kuchli zilzila bu mamlakatda yashovchi o‘zbekistonliklar hayotiga ham ta’sir qildi. “Uyim ko‘z oldimda quladi”, — deydi ulardan biri. “Uyda ovqatlanib, mashinada tunayapmiz”, — deydi boshqa bir vatandosh. “Gazeta.uz” Turkiyadagi o‘zbekistonliklar bilan suhbatlashdi.
«Gazeta.uz» Rossiyada xalqaro sanksiyalar e’lon qilinganidan so‘ng rubl keskin qadrsizlanib, naqd pul va valyuta taqchilligi kuzatilayotgan, narxlar keskin oshgan sharoitda yashayotgan o‘zbekistonliklar bilan suhbatlashdi. Ular sanksiyalar va kursning tushib ketishi daromadlari hamda ular ishlayotgan kompaniyalarga qanday ta’sir ko‘rsatgani, atrofidagi holat va Moskvadagi vaziyat haqida so‘zlab berishdi.
O‘zbekiston TIV Qozog‘istonning Nur-Sultondagi elchixona, Olma-ota va Aqtaudagi Bosh konsulxonalar odatdagi tartibda faoliyat yuritayotgani hamda o‘zbekistonliklar, shu jumladan, talabalar bilan doimiy muloqot o‘rnatilganini ma’lum qildi. Qo‘shni davlatdagi vatandoshlardan joriy etilgan cheklovlarga amal qilish so‘raldi. Nur-Sulton, Olmaota va Aktaudagi diplomatik vakolatxonalarning telefon raqamlari e’lon qilindi.
Xorijda vatandoshlar bilan hamkorlikni rivojlantirish, ularning huquq va erkinliklarini himoya qilish maqsadida prezident qarori bilan «Vatandoshlar» jamoat fondi tashkil etildi. Uning faoliyatini boshlash uchun 5 mlrd so‘m ajratiladi. Fondni Vasiylik kengashi boshqaradi, unga esa O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo‘rayev raislik qiladi.
Xorij mamlakatlarida doimiy istiqomat qilayotgan O‘zbekiston fuqarolariga davlat xizmatlaridan onlayn foydalanish imkoniyati yaratiladi. Ular davlat boji va boshqa to‘lovlarni chet el valyutasida xalqaro to‘lov tizimlari orqali to‘laydi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting