Qo‘qon shahrida bloger fuqarolarga soxta to‘pponcha o‘qtalib, buni videoga oldi. Sud unga nisbatan 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinladi. Bloger yil boshida ham avtomobil yo‘lida stolga o‘tirgancha ovqatlanayotgani uchun jarimaga tortilgandi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Xoliqjon Vines taxallusi bilan tanilgan vayner Xoliqjon Samadov 7 sutkaga, uning sheriklari esa 5 sutkaga qamaldi. Ular Buxoroda avtomobilda yo‘l belgisiga qasddan shikast yetkazish holati tasvirlangan video tarqatgan.
Toshkentda ikki vayner ayol eridan kaltak yeb, ota uyiga borganda otasi ham bunga qizining o‘zini aybdor qilib, ortga qaytarib yuborgani aks etgan video ishlagandi. Sud buni tazyiq, zo‘ravonlik va jins bo‘yicha kamsitishni targ‘ib qiluvchi mahsulot deb topib, ularga nisbatan 15 sutka qamoq jazosini tayinladi.
Ijtimoiy tarmoqlarda ishlatilgan mablag‘ning ma’lum qismi qaytarib berilishi, ya’ni keshbek olish Islom diniga zidligi borasida video tarqalgandi. Fatvo markazi bunday xulosani rad etib, ulardan foydalanish mumkinligini bildirdi.
Prokuratura vayner Farhod Mannopovning o‘limi bo‘yicha jinoyat ishini qayta malakaladi. Qalampir ma’lumotlariga ko‘ra, Mannopov operatsiya qilingan Toshkentdagi xususiy klinikada plastik jarroh, laborant va UZI-mutaxassisi malaka toifasini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim eta olmagan.
SSV vayner Farhod Mannopovning o‘limi yuzasidan Star Med Center klinikasida o‘tkazilgan tekshiruv natijalarini e’lon qildi. Xususan, bemorga tibbiy xizmat ko‘rsatishda qator litsenziya talab va shartlari buzilgani, uni operatsiya qilgan shifokorda malakaviy toifa bo‘lmagani aniqlandi.
Vayner Dili.me va uning sheriklari fuqaroni urib, jarohat yetkazgani aytilmoqda. Bosh prokuratura ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani va bloger 10 mart kuni ushlanganini ma’lum qildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
SSV vayner Farhod Mannopov o‘limi bo‘yicha laborator tahlil va MSKT tekshiruvlari natijalarini e’lon qildi. Aytilishicha, bemorga rinoseptoplastika amaliyoti uchun narkoz berilgan, biroq operatsiya davrida ahvoli yomonlashib, o‘lim qayd etilgan. Hozirda Star Med Center klinikasi faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting