“Gazeta.uz” muxbiri Sanjar Said noodatiy marshrut orqali Surxondaryoga velosayohatga chiqdi. U ilk maqolasida shu kabi sayohatlarga tayyorgarlik ko‘rish, safar afzalliklari va qiyinchiliklari, xarajatlar haqida ma’lumot berdi, o‘z tavsiyalari va dastlabki taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
Dam olish kunlari Toshkentda velosipedchilar ishtirokida yana ikkita YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda jabrlanuvchilar “Gazeta.uz”ga ma’lum qilishdi. Ikkala holatda ham haydovchilar IIO xodimlari bo‘lgan.
“Gazeta.uz” og‘ir YTHga uchragan veloshosse bo‘yicha Osiyo chempioni Anna Kuskova va Velosport federatsiyasi bilan velosipedchilarni mashina urib yuborishi haqida suhbatlashdi. Hamma birdek jazoga tortilmasligi haydovchilarni qoida buzishga undab, O‘zbekistonda xalqaro musobaqalar o‘tkazishni havf ostiga qo‘ymoqda.
Velosipedchi Nikolay Sderjikovni yakshanba kuni ertalab Toshkent-Chorvoq yo‘lida mashina urib yubordi. U darhol o‘rnidan tura olmagani uchun mashinani eslolmagan. Velosipedchi hodisa tasvirlarini yuborgan kishiga 10 mln so‘m mukofot puli kafolatlanganini ma’lum qildi.
Velosipedchi Andrey Barishev Mustaqillik shoh ko‘chasida prezident korteji o‘tishidan sal avval fuqaro kiyimidagi shaxs tomonidan kaltaklandi. “U menga hech kim emasligimni aytib baqirdi, soqolimdan tortdi, yuzimga urib, haqoratladi… Nega ular odamlarga huquqi yo‘q hayvondek munosabatda bo‘lishadi?” — deydi u.
Farg‘ona yo‘li ko‘chasidagi rekonstruksiya ishlari 2020 yilning oxirigacha bitirilishi kutilgan edi. Lekin belgilangan muddatdan bir yil o‘tib ham bu yerdagi qurilish ishlari to‘xtagani yo‘q. Bundan tashqari, ko‘chadagi yangi yo‘l belgilari noto‘g‘ri o‘rnatilgan, veloyo‘lak ustida bekat qad ko‘targan, yangi yo‘llarning ba’zi qismlari allaqachon ta’mirtalab bo‘lib qolgan. «Gazeta.uz» Farg‘ona yo‘li ko‘chasidagi muammolar haqida reportaj tayyorladi.
O‘zbekistonda ilk bor YTH qurbonlari xotirasi yodga olindi. Yo‘l harakatining turli ishtirokchilari va muhandislar ko‘cha va yo‘llardagi xavfsizlik, bolalarga YHQni o‘qitish dasturlari, Toshkentda velosiped infratuzilmasi muammolari va ularni bartaraf etish yo‘llarini muhokama qildilar.
Yevropa mamlakatlari mintaqada 2030 yilga qadar velosipedchilar sonini oshirishni ko‘zda tutgan rejani imzoladi. Hukumatlar piyoda sayr qiluvchilar sonini oshirishni ham maqsad qilgan. Ushbu choralar yo‘llardagi tirbandliklardan xalos bo‘lish, shahar muhitidan samarali foydalanishga imkon beradi, deb hisoblamoqda ekspertlar.
Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumanida 25 yoshli haydovchi Nexia avtomobilida 20 yoshli velosipedchini turtib yubordi. Og‘ir tan jarohati olgan vilosipedchi shifoxonaning jonlantirish bo‘limida hayotdan ko‘z yumdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting