Eron prezidenti Ibrohim Raisiy bo‘lgan vertolyot Eron-Ozarbayjon chegarasi yaqinida “qattiq qo‘ndi”. Qidiruv noqulay ob-havo sharoiti va qorong‘ilik tufayli murakkablashgan. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi zarurat bo‘lsa, yordam berishga tayyorligini bildirdi.
«Tolibon» harakatining muvaqqat hukumati avvalgi tuzum qulashi chog‘ida O‘zbekiston va Tojikistonga olib ketilgan vertolyotlarni qaytarish bo‘yicha muzokaralarni boshladi. Sobiq afg‘on uchuvchilari va rasmiylari qo‘shni davlatlarga 40 dan ortiq vertolyotni olib qochganligi aytilmoqda.
Toliblar O‘zbekistonni Afg‘oniston hukumati qulaganidan keyin afg‘on uchuvchilari mamlakatni tark etgan samolyot va vertolyotlarni qaytarishga chaqirdi. Avgust o‘rtalarida Afg‘onistonning 22 ta harbiy samolyot hamda 24 ta harbiy vertolyoti Termiz xalqaro aeroportiga majburiy ravishda qo‘ndirilgan edi.
Uzbekistan Helicopters tijoriy maqsadlarda foydalanishga mo‘ljallangan ikkita Airbus H125 vertolyoti taqdimotini o‘tkazdi. Yil yakuniga qadar yana ikkita vertolyot xarid qilish rejalashtirilgan. Bosh vazir o‘rinbosari, turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimovning so‘zlariga ko‘ra, 4 kishilik mazkur vertolyotda 1 soat parvoz qilish 12 mln so‘m atrofida bo‘ladi. Vertolyotlar tasnifi, sohadagi monopoliya va boshqalar «Gazeta.uz» fotoreportajida.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting