O‘tgan 10 oyda Xalq qabulxonalariga jamoat transporti bo‘yicha 3 mingdan ortiq murojaat kelib tushgan. Hisob-kitoblarga ko‘ra, mamlakat bo‘yicha kuniga qariyb 20 mln yo‘lovchidan bor-yo‘g‘i 4,4 mlni yoki 22 foizi jamoat transportidan foydalanmoqda. 1,2 mingta qishloq tuman markazigacha bo‘lgan yo‘nalishda jamoat transporti bilan qamrab olinmagan. Prezident mazkur muammolarni tizimli hal etish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.
Davlat rahbari bugun o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishda mutasaddilarga koronavirusga ixtisoslashgan shifoxonalarni optimizatsiya qilish bo‘yicha topshiriq berdi. Shuningdek, prezident matbuot xizmati COVID-19 shifoxonalarida 6570 nafar bemor davolanayotganini qayd etdi. SSV esa 17 noyabr holatiga mamlakatda 2123 nafar koronavirus bemori borligini ma’lum qilgan.
9 oyda 55 ta hududiy loyiha ijrosi kechikkan, 144 ta loyihada ishlab chiqarish hajmi ta’minlanmagan. Oqibatda 720 mlrd so‘mlik mahsulot tayyorlash imkoniyati yo‘qotilgan. Davlat rahbari qolgan 3 oyda $7 mlrdlik 80 ta tarmoq va 44 ta hududiy loyihani ishga tushirish muhimligini ta’kidladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting