«videoselektr yig‘ilishi» tegli maqolalar


Shahar va tuman markazlarida 16 mln dona ko‘chatlar ekiladi
24 avgust 2021, 16:40

Shahar va tuman markazlarida 16 mln dona ko‘chatlar ekiladi

Prezident topshirig‘iga ko‘ra, oktyabr-noyabr oylarida 55 mln dona, kelgusi yil bahor mavsumida 70 mln dona tut, pavlovniya, mevali va manzarali daraxtlar, shuningdek tez o‘suvchi va boshqa ko‘chatlar ekiladi. Shuningdek, yil yakuniga qadar shaharlar va tuman markazlarida 16 mln dona mevali, yong‘oq manzarali va daraxtlar buta ko‘chatlari ekish topshirig‘i berildi.

«Rektorning dunyoqarashi viloyat, shahar hokiminikidan baland bo‘lishi kerak» — prezident
16 iyun 2021, 19:12

«Rektorning dunyoqarashi viloyat, shahar hokiminikidan baland bo‘lishi kerak» — prezident

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida bo‘lib o‘tgan oliy ta’limga bag‘ishlangan videoselektorda rektorning dunyoqarashi viloyat, shahar hokiminikidan baland bo‘lishi kerakligini ta’kidlandi. «Sifat bilan shug‘ullanmagan, „talaba uchun men nima bera olaman“, degan savolga javobi bo‘lmagan rektorning kelajagi yo‘q», — deya qo‘shimcha qildi prezident. Shuningdek, davlat rahbari yaqin-yaqingacha davlat oliygohlari monopoliya bo‘lganiga ham e’tibor qaratdi.

Xizmatlar bozorini rivojlantirishga 500 mln dollar ajratiladi — prezident
22 aprel 2021, 18:41

Xizmatlar bozorini rivojlantirishga 500 mln dollar ajratiladi — prezident

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda xizmatlar bozorini rivojlantirishga 500 mln dollar ajratilishini ma’lum qildi. Bundan tashqari, davlat tomonidan tijorat banklari orqali qo‘shimcha 300 mln dollar, shundan 1 iyulgacha 150 mln dollar ajratiladi.

Surxondaryo viloyati hokimi o‘rinbosari Chori Begimqulov lavozimidan ozod etiladi — prezident
13 aprel 2021, 16:03

Surxondaryo viloyati hokimi o‘rinbosari Chori Begimqulov lavozimidan ozod etiladi — prezident

Prezident videoselektor yig‘ilishida viloyatlar hokimlari yoshlar bilan ishlashni paxta, g‘alla ekishdek deb o‘ylayotganini ta’kidladi. Ayni shu sabab yil davomida ikkinchi marotaba yoshlar masalasida yig‘ilish o‘tkazilayotgani qayd etildi. Davlat rahbari yoshlar bilan ishlashni munosib tashkil qilmagani uchun Surxondaryo viloyati hokimining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Chori Begimqulov ishdan olinishini ma’lum qildi.

Prezident raisligida xotin-qizlar muammolari va ularni hal etish yo‘llari muhokama qilindi
26 fevral 2021, 19:50

Prezident raisligida xotin-qizlar muammolari va ularni hal etish yo‘llari muhokama qilindi

Prezident raisligida ayni paytda o‘tayotgan yig‘ilishda xotin-qizlar salomatligi, aholi bandligi, ijtimoiy farovonlik va xavfsizlik muammolari muhokama qilinmoqda. “Eng achinarlisi, ayollarni xo‘rlash, o‘zini-o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish hamda omma oldida „sazoyi“ qilish holatlari oddiy holatga aylanib bormoqda”, — deya ta’kidladi prezident.

O‘zbekistonda jo‘natmalarni onlayn kuzatish tizimi joriy etiladi
5 oktabr 2020, 20:25

O‘zbekistonda jo‘natmalarni onlayn kuzatish tizimi joriy etiladi

Tumanlarda yakuniy manzilga yetkazish tizimi tajribadan o‘tkazilib, 2021 yil 1 martdan viloyat markazlarida, 1 iyuldan mamlakat bo‘yicha joriy etiladi. Prezident buning uchun jo‘natmalarni qabul qilish, saralash va onlayn kuzatuvchi avtomatlashgan axborot tizimini ishga tushirish kerakligini ta’kidladi.

Tadbirkorlarga berilayotgan imtiyozlarni tabaqalashtirish rejalashtirilmoqda
24 sentabr 2020, 21:54

Tadbirkorlarga berilayotgan imtiyozlarni tabaqalashtirish rejalashtirilmoqda

Prezident tadbirkorlik sub’ektlariga berilayotgan imtiyozlarni tabaqalashtirish kerakligini ta’kidladi. Yig‘ilishda o‘rta biznes toifasiga kirishi mumkin bo‘lgan korxonani aniqlab, Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan maqsadli mablag‘lar ajratish, mahsulotini sertifikatlash, ilm va innovatsiya xarajatlarini qisman qoplab berish kabi choralar orqali ularga ko‘maklashish muhimligi aytildi.

Uchta hududda suv tejovchi uskunalar ishlab chiqaradigan korxonalar tashkil etiladi
16 sentabr 2020, 21:05

Uchta hududda suv tejovchi uskunalar ishlab chiqaradigan korxonalar tashkil etiladi

Prezident Samarqand, Toshkent va Namangan viloyatlarida suv tejovchi texnologiyalar uchun uskunalar ishlab chiqaradigan korxonalar tashkil etish vazifasini qo‘ydi. Shuningdek, suv sarfini kamaytirish maqsadida dalalarni lazer yordamida tekislash texnologiyasi joriy etiladi. Buning uchun 250 mlrd so‘m miqdorida kredit mablag‘lari ajratiladi.

Shavkat Mirziyoyev mamlakatga kislorod konsentratorlarini yetkazish bo‘yicha topshiriq berdi
20 iyul 2020, 12:03

Shavkat Mirziyoyev mamlakatga kislorod konsentratorlarini yetkazish bo‘yicha topshiriq berdi

Prezident kislorod konsentratorlari va pulsoksimetrlarni O‘zbekistonga tezkor yetkazish bo‘yicha choralar ko‘rishni topshiriq berdi. Buning uchun, agar kerak bo‘lsa, maxsus samolyot ajratilishi, tadbirkorlar tomonidan kislorod konsentratorlarini O‘zbekistonga olib kirish tartib-taomillarini yengillashtirish choralari ko‘rilishi lozimligi qayd etildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting