«vladimir zelenskiy» tegli maqolalar


Tramp Zelenskiyni “saylovlarsiz diktator” deb atadi
19 fevral 2025, 23:36

Tramp Zelenskiyni “saylovlarsiz diktator” deb atadi

Donald Tramp Vladimir Zelenskiyni “saylovlarsiz diktator” va “kichik muvaffaqiyatga erishgan komediyachi” deb atadi, shuningdek, uni urushdan moliyaviy foyda olishda aybladi. Trampga ko‘ra, Zelenskiy AQShni “g‘alaba qozonib bo‘lmaydigan va boshlanishi kerak bo‘lmagan” urushga 350 mlrd dollar sarflashga “ko‘ndirgan”.

Tramp Rossiya dezinformatsiyasi pufagida qolib ketdi — Zelenskiy
19 fevral 2025, 18:41

Tramp Rossiya dezinformatsiyasi pufagida qolib ketdi — Zelenskiy

Ukraina prezidentiga ko‘ra, Trampning Zelenskiyning reytingi 4 foizgacha tushib ketgani haqidagi ma’lumoti “Rossiya dezinformatsiyasi”dir (Kiyev sotsiologiya institutiga ko‘ra, bu — 57%). U, shuningdek, saylov o‘tkazishga chaqiriqlarga javoban: “Meni hoziroq almashtirmoqchi bo‘lishsa, buning iloji yo‘q”, — dedi.

“Zelenskiyning reytingi — 4%”. Tramp Ukrainada saylovlar o‘tkazishga chaqirdi
19 fevral 2025, 12:39

“Zelenskiyning reytingi — 4%”. Tramp Ukrainada saylovlar o‘tkazishga chaqirdi

Donald Tramp Ukraina prezidenti Zelenskiyning qo‘llab-quvvatlanish reytingi 4% ga tushib ketganini aytib, mamlakatda saylovlar o‘tkazishga chaqirdi. U, shuningdek, urush boshlanishida Ukrainaning o‘zini aybladi va fevral oxirigacha Putin bilan uchrashishi mumkinligini qo‘shimcha qildi.

Vensning nutqi va Zelenskiyning chaqirig‘i. Myunxen konferensiyasi nimasi bilan yodda qoldi?
18 fevral 2025, 19:52

Vensning nutqi va Zelenskiyning chaqirig‘i. Myunxen konferensiyasi nimasi bilan yodda qoldi?

Kuni kecha yakunlangan Myunxen xavfsizlik konferensiyasi, birinchi navbatda, AQSh vitse-prezidenti Jey Di Vensning nutqi bilan esda qoldi, unda u Yevropani demokratik qadriyatlardan chekinishda aybladi, bu esa yevropalik siyosatchilarni hayratda qoldirdi. Forumning asosiy voqeliklari — “Gazeta.uz” obzorida.

Ukrainadagi urush: tomonlar tinchlik bitimidan nima kutmoqda?
15 fevral 2025, 12:09

Ukrainadagi urush: tomonlar tinchlik bitimidan nima kutmoqda?

Ukrainadagi urushni tugatish masalasi Myunxen xavfsizlik konferensiyasi diqqat markazida turibdi. Zelenskiy har qanday muzokaralarda Ukraina ishtiroki bo‘lishi kerakligini aytmoqda. Tramp va Putin o‘z jamoalariga muzokaralarni boshlashni buyurgan. Xo‘sh, tomonlar tinchlik bitimidan nimalar kutmoqda?

Zelenskiy AQSh bilan foydali qazilmalar bo‘yicha shartnoma imzolashdan bosh tortdi — WP
15 fevral 2025, 00:35

Zelenskiy AQSh bilan foydali qazilmalar bo‘yicha shartnoma imzolashdan bosh tortdi — WP

Vladimir Zelenskiy AQShga Ukraina mineral resurslarining 50 foiziga egalik qilish huquqini beruvchi hujjatni imzolashdan “xushmuomalalik bilan” bosh tortdi. Tramp avvalroq AQSh tinchlik kelishuvi muvaffaqiyatli bo‘lishidan qat’i nazar, Ukraina tabiiy resurslaridan foydalana olishi kerakligini aytgandi.

Zelenskiy Rossiya bilan hudud almashish haqida gapirgandi. Kreml bunday variantni rad etdi
12 fevral 2025, 17:15

Zelenskiy Rossiya bilan hudud almashish haqida gapirgandi. Kreml bunday variantni rad etdi

Vladimir Zelenskiy muzokaralarda Kursk viloyatining Ukraina nazoratidagi bir qismini Ukrainaning Rossiya anneksiya qilgan hududlari bilan almashtirishni taklif qilmoqchi ekani haqida gapirgandi. Kremlga ko‘ra, “bu imkonsiz: Rossiya hech qachon o‘z hududini ayirboshlash mavzusini muhokama qilmagan va qilmaydi”.

Ukrainada prezident saylovi harbiy holat bekor qilingach o‘tkaziladi — Zelenskiy
7 yanvar 2025, 01:09

Ukrainada prezident saylovi harbiy holat bekor qilingach o‘tkaziladi — Zelenskiy

“Ukrainada prezidentlik saylovi harbiy holat tugaganidan so‘ng darhol o‘tkaziladi”, — dedi Vladimir Zelenskiy. “Yoki parlament qonunchilikni o‘zgartirishi kerak”, — degan prezident qonun urush sharoitida saylov o‘tkazishni taqiqlashiga ishora qildi va jamiyat bunga qarshi ekanini bildirdi.

“Menda hamma Putin Rossiyasidan qo‘rqadigandek taassurot bor” — Zelenskiy
18 dekabr 2024, 13:50

“Menda hamma Putin Rossiyasidan qo‘rqadigandek taassurot bor” — Zelenskiy

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakatning kuchi Qrim va Donbassni qaytarib olishga yetmasligi, Putinga bosim o‘tkazish va bu urushni to‘xtatish uchun kuchli Amerika va Yevropa kerakligini aytdi. “Menda shunday taassurot borki, hamma Putin Rossiyasidan qo‘rqadi, u jazosiz qolmoqda”, — dedi Zelenskiy.

Ukraina armiyasining kuchi bosib olingan yerlarni qaytarishga yetmayapti — Zelenskiy
2 dekabr 2024, 16:43

Ukraina armiyasining kuchi bosib olingan yerlarni qaytarishga yetmayapti — Zelenskiy

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Ukraina armiyasining Rossiya tomonidan bosib olingan hududlarni ozod qilish uchun kuchlari yetarli emasligini aytdi. U Ukraina xavfsizlik kafolatlarini olishi va mojaroni diplomatik yo‘l bilan hal qilish kerakligini bildirdi.

Zelenskiy Ukraina uchun “matonat rejasi”ning mohiyatini tushuntirdi
19 noyabr 2024, 21:09

Zelenskiy Ukraina uchun “matonat rejasi”ning mohiyatini tushuntirdi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya bilan urushning 1000-kunida mamlakat uchun “matonat rejasi”ni taqdim etdi. U front, qurol-yarog‘, energetika, inson kapitali va madaniyat kabi yo‘nalishlarni qamrab olgan 10 banddan iborat.

Ukraina hukumati mamlakat uchun “matonat rejasi”ni e’lon qildi
15 noyabr 2024, 14:49

Ukraina hukumati mamlakat uchun “matonat rejasi”ni e’lon qildi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy kelgusi haftada mamlakat uchun urush davridagi “matonat rejasi”ni taqdim etishini bildirdi. U o‘nta bandni, jumladan, Ukrainaning “madaniy suvereniteti”, xavfsizlik, energetika va qurol-yarog‘ va boshqalarni o‘z ichiga oladi.

Ukrainada prezidentlik saylovi 2025-yil may oyida bo‘lib o‘tishi mumkin — Economist
13 noyabr 2024, 18:55

Ukrainada prezidentlik saylovi 2025-yil may oyida bo‘lib o‘tishi mumkin — Economist

Ukrainada prezident saylovi uchun “ma’lum tayyorgarliklar” boshlandi, muhokama qilinayotgan sana — 2025-yil 25-may, deb yozmoqda Economist nashri. Ukraina prezidenti ofisi buni rad etmoqda.

G‘arb OAV Trampning Putin bilan suhbati haqida xabar berdi. Kreml buni inkor etmoqda
11 noyabr 2024, 15:44

G‘arb OAV Trampning Putin bilan suhbati haqida xabar berdi. Kreml buni inkor etmoqda

AQShning yangi prezidenti Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi va uni Ukrainadagi eskalatsiyadan qochishga chaqirdi, deb yozmoqda Washington Post. Kreml suhbat bo‘lganini rad etmoqda.

“Ukrainani NATOga taklif qilish — urushni to‘xtatishning yagona yo‘li” — Zelenskiy
18 oktabr 2024, 22:26

“Ukrainani NATOga taklif qilish — urushni to‘xtatishning yagona yo‘li” — Zelenskiy

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘z mamlakatini NATOga taklif qilishni Rossiya bilan urushni tugatishning yagona yo‘li deb atadi. Uning fikricha, bu Kiyevning muzokaralardagi pozitsiyasini mustahkamlaydi va ukrainaliklarning ruhiyatini oshiradi.

Zelenskiy Radada Ukrainaning “g‘alaba rejasi”ni taqdim etdi
16 oktabr 2024, 22:35

Zelenskiy Radada Ukrainaning “g‘alaba rejasi”ni taqdim etdi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ilk bor o‘z “g‘alaba rejasi”ni ommaga taqdim etdi. U besh banddan iborat va NATOga taklifnoma, Ukrainada “noyadroviy to‘xtatishning keng qamrovli paketi”ni joylashtirish va Yevropadagi Amerika kontingentining bir qismini ukrain harbiylari bilan almashishni nazarda tutadi.

Ukraina Rossiya bilan urushni tugatish rejasini AQShga yuboradi
27 avgust 2024, 23:52

Ukraina Rossiya bilan urushni tugatish rejasini AQShga yuboradi

Ukraina Rossiya bilan urushni tugatish rejasini tayyorladi va AQShga taqdim etadi, dedi Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy. U bir necha banddan iborat, ulardan biri — Kursk viloyatidagi operatsiya.

Putin Ukrainadagi urushni hozirgi front chizig‘i bo‘ylab tugatishga tayyor, lekin u jang qilishga ham qarshi emas — Reuters
24 may 2024, 21:13

Putin Ukrainadagi urushni hozirgi front chizig‘i bo‘ylab tugatishga tayyor, lekin u jang qilishga ham qarshi emas — Reuters

Rossiya prezidenti Vladimir Putin hozirgi front chizig‘ini saqlab qoluvchi sulh tuzish orqali Ukrainadagi urushni to‘xtatishga tayyor, deb yozdi Reuters. Agar Ukraina va G‘arb bunga rozi bo‘lmasa, Putin urushni davom ettirishga ham tayyor.

Rossiya IIV Zelenskiyni qidiruvga berdi
4 may 2024, 18:08

Rossiya IIV Zelenskiyni qidiruvga berdi

Rossiya Ichki ishlar vazirligi Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyni qidiruvga bergani ma’lum bo‘ldi. Uning qachondan beri qidiruvdaligi va qanday jinoyatda ayblanayotgani noma’lum. Shuningdek, Ukrainaning sobiq prezidenti Pyotr Poroshenko ham qidiruvga berilgan.

Zelenskiy: urushning ikki yilida 31 ming Ukraina askari halok bo‘ldi
26 fevral 2024, 19:00

Zelenskiy: urushning ikki yilida 31 ming Ukraina askari halok bo‘ldi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiyaga qarshi ikki yildan beri davom etayotgan keng ko‘lamli urushda 31 ming ukrainalik askar halok bo‘lganini aytdi. Bundan tashqari, mamlakatning bosib olingan hududlarida yana o‘n minglab tinch aholi vafot etgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting