Samarqandda avtobusga “Ayollar oldinda, erkaklar orqada” plakatini osib qo‘ygan avtobus haydovchisi intizomiy jazoga tortildi. Yo‘nalishga xizmat ko‘rsatuvchi korxona haydovchilari bilan bunday xatti-harakatlarga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligi haqida suhbat o‘tkazildi.
Firibgarlikda ayblanib qidiruvda bo‘lgan 35 yoshli erkak Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi. Ushbu shaxsning xatti-harakatlaridan jabr ko‘rgan fuqarolardan Ichki ishlar vazirligiga murojaat qilishlari so‘raladi.
Sankt-Peterburgdan Namangangga uchayotgan samolyot bortdagi tug‘ruq tufayli Nijniy Novgorod aeroportiga qo‘ndi. Bolani styuardessalar qabul qilgan.
Toshkent davlat pedagogika universitetida dekan o‘rinbosari o‘z xonasida 3 kurs talabasiga tegajog‘lik qilgani aytilmoqda. Qiz qarshilik ko‘rsatgandan so‘ng dekan muovini uni derazadan itarib yuboradi va qiz tushib ketadi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dekan o‘rinbosari qo‘lga olindi.
Yunusobod tumanida Toshkent viloyati, O‘rmon xo‘jaligi tasarrufidagi 1 gektar yer maydonini 200 ming AQSh dollari evaziga olib bermoqchi bo‘lganlar ushlandi. Firibgarlik va pora berish moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Xorazmning Urganch tumanida 3 nafar erkak uylardan chiqqan kanalizatsiya suvlarini haydab chiqarish uchun mo‘ljallangan kanalizatsiya kamerasiga tushib, zaharlanish oqibatida vafot etdi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Pastdarg‘om tumanidagi kanaldan 17 yoshli qizning murdasi topilgani yuzasidan o‘zini o‘zi o‘ldirishga undash moddasi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Dekabr oyida akasini pichoqlab, tan jarohati yetgazgan fuqaroga sud hukmi o‘qildi. Marhumning rafiqasi qaynukasi oilani yagona boquvchi ekani, unga nisbatan hech qanday da’vosi yo‘qligi sababli ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlashni so‘radi. Sudlanuvchiga yengilroq jazo tayinlash moddasi bilan 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.
Toshkent viloyatida haydovchi qizil chiroqqa o‘tib ketganligi uchun uni to‘xtatgan YPX hodimiga hujjatlarni ko‘rsatishdan bosh tortgan. Ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilganda, haydovchi inspektorga tosh bilan hujum qilmoqchi bo‘ladi. Fuqaroga nisbatan 15 sutka qamoq jazosi belgilandi.
Poytaxt Ichki ishlar boshqarmasi yakshanba kuni Toshkent markazida ikki fuqaro kaltaklanganini tasdiqlovchi videoni e’lon qildi. Bir guruh erkaklar ko‘chadan o‘tayotganlarni LGBT tarafdorlari deb qabul qilishgan.
Ommaviy axborot vositalarida prezidentning kuyovi Otabek Umarov deyarli uch hafta oldin mototsiklda YTHga uchragani haqidagi ma’lumotni tasdiqlovchi xabar paydo bo‘ldi. Aytilishicha, u Janubiy Koreyada davolanmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting