O‘zbekistonda TikTok, Twitter va «VKontakte» ijtimoiy tarmoqlar faoliyatiga cheklov qo‘yilganidan so‘ng, VPN dasturiga talab birdaniga ortdi. So‘nggi marta bunday holat 2018 yilning kuzida, Facebook va YouTube bloklanganida kuzatilgan edi.
Internetda Super VPN, Gecko VPN va Chat VPN kabi Android platformasida xizmat ko‘rsatuvchi ilovalar foydalanuvchilarining ma’lumotlari paydo bo‘ldi.
Internetda 20 mln bepul VPN xizmatlari foydalanuvchilari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ochiqlandi. Himoyalanmagan serverda foydalanuvchilarning elektron pochta manzillari, shifrlangmagan parollari, IP va uy manzillari, smartfon modellari va aloqa vositalarining identifikatorlari mavjud.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting