Toshkentdagi Bonum Factum galereyasida Van Gogning 200 dan ortiq suratlari reproduksiyasidan iborat ko‘rgazma ochildi. Suratlar sotuvga ham qo‘yilgan bo‘lib, tushgan mablag‘ning bir qismi saratondan davolanayotgan bolalar uchun “Ezgu Amal” fondiga yo‘naltiriladi. 15-dekabr ko‘rgazma va sotuvning oxirgi kuni.
«Vaqf» fondining Toshkent shahar filiali 2022 yilda xayriya, zakot, vaqf mulklari, ziyoratgohlar, diniy tashkilotlar va aksiyalar orqali kelib tushgan 981 million 994 ming so‘mni ehson tariqasida taqdim etdi.
Toshkent viloyatida yashovchi kam ta’minlangan oilalar ayollari floristika bo‘yicha bepul kursda ta’lim olishdi. Ayollar guldasta va kompozitsiyalarni yasash, sovg‘alar tayyorlash, xonaki gullarni parvarishlash sirlarini o‘rgandilar. Kurs tashkilotchilarining ta’kidlashicha, bu ko‘nikmalar ayollarga ish topishda va hayotlarini o‘z qo‘llariga olishda amaliy yordam beradi.
“Vaqf” xayriya jamoat fondi o‘tgan yili xayriya, zakot, diniy tashkilotlar, aksiyalar, homiylar va hamkor tashkilotlardan kelib tushgan 69 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ni xayriyaga yo‘naltirdi. Shundan 36 mlrd so‘mdan ko‘prog‘i masjidlar va ziyoratgoh xodimlarini moddiy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga, qariyb 7 mlrd so‘mi nochor, ko‘makka muhtoj fuqarolarga yordam berishga, yana 10 mlrd so‘mi pandemiya davrida diniy soha vakillarini moddiy qo‘llab-quvvatlashga sarflangan.
2020 yilda O‘zbekiston xayriya indeksi (World Giving Index) jahon reytingida 53-o‘rindan 29-o‘ringa ko‘tarildi. Pandemiya sharoitida odatda birinchi o‘ntalikka kiradigan mamlakatlar (AQSh, Buyuk Britaniya, Irlandiya, Kanada, Niderlandiya) o‘rniga Indoneziya, Keniya va Nigeriya yuqori o‘rinlarni egalladi. Mutaxassislar ushbu mamlakatlarda xayriya yordamining ko‘payishini kambag‘al aholi qatlamlarining ahvoli yomonlashayotgani, shuningdek, fuqarolik jamiyati va ko‘ngillilar harakati faollashgani bilan izohlashmoqda.
“Mahalla” jamg‘armasining Sergeli bo‘limi mansabdor shaxslari umumxalq xayriya hashari hisobidan kelib tushgan 95,8 mln so‘mni talon-taroj qilgani aniqlandi. Ularga qarshi jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting