Iqtisodiyot va moliya vazirligiga O‘zbekistonda hokimliklar xodimlarining mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish miqdorini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish topshirildi. Viloyatlar hokimliklari boshqaruv apparatining yangi namunaviy tuzilmasi tasdiqlanmoqda.
Hukumat qarori bilan elektr energetikasi obyektlariga kiruvchi uskuna va inshootlarni nazorat qiluvchi korxonalar xodimlari hamda qurilish-montaj, ta’mirlash ishlarini bajaruvchilar dastlabki va davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.
22 sentabr kuni «Toshkent metropoliteni» tuzilmasi xodimi fuqaroni ishga kiritib qo‘yish uchun undan 1000 AQSh dollari pora olayotganda ushlangan. Xodim Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan o‘rnatilgan tartibda qamoqqa olindi.
SSV tibbiyot sohasidagi muammolar tashabbuskor, yangicha fikrlaydigan, professional va ijodkor kadrlarning yetishmasligi bilan bog‘liq, deb hisoblaydi. Shuni hisobga olib, vazirlik markaziy apparati xodimlarining 40 foizi ishdan bo‘shatildi. Ularga quyi bosqichdagi tibbiyot muassasalarida ishlash taklif qilindi. Kadrlar islohoti vazirlikning boshqa bo‘g‘inlariga ham ta’sir qiladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting